Matnning mazmuni
Sulton Umarshayx bahodur so‘zim.
Devonxonalarga, barcha (3) Marg‘inan yurtining (4) tushim yig‘uvchilari, coliq idoralarining boshliqlariga!
Marg‘inan buzurglaridan Mir Sayid Ahmadga (5) Marg‘inan qasabasidan ilgari bir milk bog‘ bilan ikki qo‘shliq ekinning har ne (6) devonga chiqar har turli molini [ya’ni xazinaga to‘lanuvchi daromadni] suyurg‘al qilib berilgan edi. Endi sigir yilida (7) (bunga) rioyat qilib, qasabadan o‘ttiz oltin tavachi tartusini[ya’ni don-dun, uy hayvonlari va savdodan olinadigan daromadni?] yana suyurg‘al (8) qilib berildi. Endi bu sanada berilganni sigir yili shavval oyining yigirma yettisidan (9) boshlab avvalgi suyurg‘alni yana berilgan nishoni yo‘suni bilan musallam tutib, (10) har yili yangi nishon talab qilmay, bu nishon bilan yil bo‘yi har turli soliq (11) solmay, daftarlarga qayd etilsin. (Daromadlaridan) o‘zi foydalansin. Hech kishi (undan) mol, (12) don-dun talab qilmasin. Unga ziyon-zahmat yetkazmasin deb, bu muhrli nishonni sigir yili, (13) shavval oyining yigirma sakkizida Andiganda bitildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |