Bitigning mazmuni
(1) Sulton Abu Said Ko‘ragan so‘zim.
(2) Hasan begga salom degach, so‘z ul-kim, (3) Tangridan inoyat yetib Sohibqiron (4) Temur beg tamom mamlakatlarni musahhar qilib [egallab] yurganda ulug‘ (5) otang [ya’ni, bobong] Usmon beg chin ko‘ngil bilan (6) Beg davlatiga panoh keltirib [ya’ni, beg davlatining tinchligi uchun kurashib], o‘z ixlosini bildirgani uchun (7) Beg ham inoyatlar qilib, (uni) barcha ulusdan ortiq darajada ko‘rib, (8) Diyorbakir viloyatini berdi. Barcha bola-chaqasi(9)ning tinchligi uchun Hamid tag yerni ham (10) suyurg‘al qilib, yurt qilib bergan edi. Usmon beg ham (11) Begning ul inoyat shafqatini unutmayin (12) Begdan so‘ngra (uning) o‘g‘lonlariga chin ixlosi bilan xizmat qilib, burun (13) Beg chog‘ida-da qilgan xizmatlarini hargiz o‘zga qilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |