KUL TIGIN BITIGI
Kul tigin (yoki Ko‘l tigin) Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘ining asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘lidir. U 731 yili 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik esa uning og‘asi Bilga xoqon tomonidan 732 yili tiklangan. Lekin matn muallifi xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigindir.
Yodgorlik Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida Ko‘kshin urxun daryosining qirg‘og‘idan topilgan. Hozir ham o‘sha tiklangan joyida turibdi. Yozuv marmartoshning to‘rtala tarafi va taroshlangan qirralarida. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matni ham bor. Turkiysi ko‘k turk (urxun-enisey) xatida yozilgan (nashrlariga qarang: Maлов 1951; Aбдураҳмонов, Рустамов 1982,86–121; Содиқов 2004, 96–112).
Quyida keltirilayotgan matn bitigning Orhun kitobida berilgan fotosi va ko‘kturkcha harfterma nashri asosida tayyorlandi (Orhun.18–27,70–71).
Do'stlaringiz bilan baham: |