Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Mazmuni Muqaddima [Bilga xoqon so‘zi]: Ka (1) Ko‘kday (ulug‘vor) Tangridan (inoyat) topgan [



Download 3,07 Mb.
bet119/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Mazmuni

Muqaddima

[Bilga xoqon so‘zi]:

Ka

(1) Ko‘kday (ulug‘vor) Tangridan (inoyat) topgan [ya’ni Tangrining inoyatiga erishgan / Tangrining inoyati bilan] turk [ya’ni bahodir] Bilga xoqon bu taxtga o‘tirdim. So‘zimni tugal eshitgil ketimdagi ini, jiyanim, o‘g‘lonim, ittifoq, urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxanlar, buyruq beklar, o‘ttiz ......(2) to‘qqiz o‘g‘uz beklari, xalqi, bu so‘zlarimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla.



Oldinga – kun chiqarga, o‘ngga – janubga, orqaga – kun botarga, chapga – shimolgacha bo‘lgan oraliqdagi xalq butunlay menga qaraydi. Shuncha xalqni (3) shod etdim. U endi yovuz emas. Turk xoqoni O‘tukan yishda tursa, elda tashvish yo‘q.

Sharqqa – Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz yetmadim. Janubga – To‘quz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir oz yetmadim. G‘arbga – Yinchu o‘guzni (4) kechib, Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdim. Shimolga – Yer Bayirqu yerigacha qo‘shin tortdim, shuncha yerga qadar yurish qildim. O‘tukan yishda yaxshi hokim yo‘q ekan. Elni tutg‘uchi yer O‘tukan yish ekan. Bu yerda o‘tirib, tabg‘ach xalqi bilan (5) murosa qildim.

Oltin, kumush, ichkilik, ipakni son-sanoqsiz berayotgan tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, ipakligi nafis ekan. Shirin so‘zi, nafis ipakligi bilan avrab, yiroq xalqni shunday yaqinlashtirar ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz bilimini u yerda ko‘rsatar ekan. (6) Yaxshi, dono kishini, yaxshi, bahodir kishini tinch qo‘ymas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi-yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis shoyisiga aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding. Turk xalqi, ayriming janubga Chug‘ay yish, To‘g altun (7) dashtiga manzil qilay desa, turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo‘lsa, yomon ipaklik berur, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipaklik berur, deya shunday pishiqlar ekan. Bilimsiz kishi u so‘zni olib, [o‘sha gapga inonib] yaqin borib, ko‘p kishi o‘lding. (8) U yerga borsang, turk xalqi, o‘lajaksan. O‘tukan yerda turib karvon yuborib tursa, hech bir tashvish yo‘q. O‘tukan yishda turilsa, mangu elni tutib turajaksan. Turk xalqi, to‘kis ishonuvchisan. Sodda bilan ayyorni ajratmaysan. Bir tutoqsang, soddani ham ayamaysan. O‘shandayliging (9) uchun (seni) ardoqlagan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga tarqab ketding. U yerda xo‘p g‘oyib bo‘lding, badar ketding. O‘shandan qolganing har yerda xo‘p o‘lib-­tirilib yurar eding. Tangri yorliqagani uchun, qobiliyatim, baxtim bor uchun xoqon bo‘ldim. Xoqon bo‘lib, (10) yo‘q, qashshoq xalqni butunlay oyoqqa qo‘ydim. Qashshoq xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim. Yoki bu so‘zimda yolg‘on bormi?


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish