Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Iqtisodiy fanlarni o’rganishda turli metodlarni qo’llashda ko’rgazmalilikning o’rni va ahamiyati



Download 47,91 Kb.
bet3/6
Sana27.06.2022
Hajmi47,91 Kb.
#707930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi .NAMUNA

1.2.Iqtisodiy fanlarni o’rganishda turli metodlarni qo’llashda ko’rgazmalilikning o’rni va ahamiyati.

O’qituvchi biror-bir mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurol tayyorlar ekan, o’quvchi -talabalar mavzuning mazmunini tushunib etishlari uchun uni qanday tasvirlashni ko’rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni o’rganishda sarfxarajatlarni, ularni o’zgarishini o’rganish o’ta muhim. Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o’zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va boshqalarni og’zaki gapirib o’tgandan mana bunday chizmani slayd qilib tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi hamda yodida qolishiga yordam beradi.


Metodlarni qo‘llashning turli-tuman modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ular dars o‘tish shakllari va vositalari bilan ko‘shilib ketadi. O‘qish, o‘rganish idrok kilish, xayolan qayta jonlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Hayot tajribasi ko‘rsatadiki, inson o‘zi ko‘rib, tasavvur qilgan narsani to‘liq o‘zlashtiradi. Avtomobil yoki traktor haqida qancha o‘qigan, og‘zaki eshitgan bo‘lmang, o‘zini ko‘rib, mashq qilmay o‘rganib bo‘lmaydi. Inson tabiatan shunday yaratilgan ekanki, u biron narsani o‘rganishi uchun uni tasavvurida jonlantira bilishi kerak ekan. Shuning uchun ham iloji boricha o‘rganilayotgan predmetni turli vositalar, tasvir, maket, rasm, chizma va boshqalardan foydalaniladi, ya‘ni ta‘limning ko‘rgazmaliligi ta‘minlanadi.
Ko’p miqdorda raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni, taqqoslanishi lozim bo’lgan har xil qarashlarni turlicha jadvallarda bergan ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish osonlashadi.
Ayniqsa, Power Point dasturi mehnatni ancha engillashtiradi va ularni nihoyatda turlituman tarzda tasvirlash imkonini beradi.
Dasturdan foydalanilganda o’quvchi-talabalar diqqatini mavzuga qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda mavzuning nomi, rejasi, o’rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni tushunish uchun zarur bo’lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish imkoniyati katta.
Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta kichikligiga, ranglarning didaktik funktsiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni o’quvchitalabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur.
Ta‘limning ko‘rgazmaliligini ta‘minlashni shartli ravishda ikki katta guruhga: ko‘rgazmali va namoyish qilish usullariga bo‘lish mumkin. Ko‘rgazmalilik o‘quvchi-talabalarga turli qo‘llanmalar, jumladan, xarita, plakat, chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Namoyish qilish esa, odatda, qurilma, asboblar, tajribalar, turli tipdagi apparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Ta‘limning ko‘rgazmali uslublarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular og‘zaki ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg‘unlashib ketadi. So‘z va ko‘rgazmalilikning chambarchas bog‘liqligi shundaki, ob'ektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo‘llashni taqozo etadi. Demak, so‘z va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta‘lim vazifasining o‘ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning xarakteri, o‘quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, oqilona uyg‘unlashtiriladi.
Darsni ko’ngildagidek o’tishida ko’rgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega.
Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilinishi kerakki;
hamma o’quvchitalabalar namoyish qilinayotgan ob’ektni ko’rishlari, iloji boricha faqat ko’rish emas, sezish organlari bilan his qilishlari kerak.
ob’ektning muhim, asosiy tomonlari talabalarda katta taassurot qoldirishi, maksimum darajada diqqatlarini jalb qilishi kerak;
o’rganilayotgan ob’ektni sifatini mustaqil ravishda o’lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Real narsalarni namoyish qilish metodi ko’proq tabiiy, texnika va texnologiya bilan bog’liq fanlarni o’rganishda qo’l keladi. Ayniqsa, talabalarning o’zi shu predmetlar, buyumlarni o’z qo’llari bilan ushlab ko’rib, uni xossalarini o’rganishlari bilish jarayonini faol amalga oshishiga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o’rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o’rganishda, sarf xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o’rganishda katta yordam beradi.
Namoyish qilish metodining o’ziga xos davomi illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilishda ko’proq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish bo’lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Illyustratsiyaning o’ziga xos turi adabiyot, kinofilm qahramonlari bo’lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.
Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytida ko’rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida foydalanish keng qo’llanilmoqda.
Illyustratsiyaning samaraliligi ko’p jihatdan uni qanday tarzda qo’llashga bog’liq. Ko’rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o’rganishda qanday rol o’ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o’ylash kerak. Chunki haddan tashqari ko’rgazmali materiallar ko’pligi, talabalarni mavzuni o’rganishdan chalg’itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko’rsatiladi.
Ko’rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o’qituvchiga bog’liq.
O’qituvchi ko’rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o’qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo’ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni echishda ko’rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlashi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin (gipoteza)ni, ilgari surilayotgan fikrni tasdiqlash maqsadida foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham ko’rgazmali qurollardan foydalanish darajasi o’qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog’liq.
Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari :
- Talabalarga raqamlarda ifodalangan ma‘lumotlarni og‘zaki yetkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga ham imkon bermaydi.
- Miqdor jihatdan ko‘p malumotlarni doskaga yozib, tushuntirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan ta‘lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi.
- Bu jihatdan ko‘rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
O‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma‘lumotlar talabalar qo‘lida bo‘lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini osonlashtiradi.
Iqtisodiyotni o’rganishda tadqiqot metodini qo’llash talabalarning puxta bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga tanlov muammosini qo’yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo’lmaydi.
Dars berishning bu metodi oldiga ikki maqsad qo’yiladi:

  • Mavzuning mazmunini o’zlashtirish va ilmiy metodlardan foydalanishni o’rganish;

  • Axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida tadqiqot o’tkazish jarayonida qatnashish orqali talabalarni axborot to’plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o’rgatish.

Metodni qo’llash uchun o’qituvchi puxta tayyorgarlik ko’rishi kerak:


Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo’yiladi.
O’qituvchi talabalarga bironbir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning o’zlari muhokama qilayotgan masalaning echimini mumkin bo’lgan variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari lozim.
Talabalar ma’lumotlar, axborotlar to’plashadi. Mustaqil ravishda adabiyotlar o’qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalarni o’rganib, shaxsan tadqiqot o’tkazadi yoki darsda tadqiqot o’tkazishda qatnashadi.
Olingan ma’lumotlar asosida qo’yilgan masala bo’yicha xulosa chiqariladi.
Aytilgan gipoteza to’g’rimi yoki yo’qligi, aniqlanadi. Noto’g’ri bo’lsa chiqarilgan xulosa bo’yicha yangi ta’rif beriladi.
Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qilishchda deduktiv taxminlar keng qo’llaniladi. Ular masalani, muammoni echishda odamlarning sa’yharakati qanday bo’lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog’liqligini anglay bilishimizga bog’liq. Tadqiqot o’tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida xulosa chiqaramiz.
Tadqiqot metodini afzallik tomoni shundaki, aynan shu metodni qo’llab chizma, grafik, jadvallarning tahlilini o’rganishimiz mumkin. Bu esa iqtisodiy fanlarni o’rganishda juda qo’l keladi. Masalan, pul taklifi bilan talabining muvozanatini ushbu metodni qo’llab ko’rib chiqishimiz mumkin.

Download 47,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish