Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi



Download 47,91 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi47,91 Kb.
#707930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi .NAMUNA

Tadqiqot maqsadi: ta’lim jarayonida ko’rgazmali metodlarni qo’llanishning
mazmuni va mohiyatini o`rganish va pedagogik omillarini aniqlash.

I.BOB.IQTISODIY FANLARNI O’QITISHDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1.Iqtisodiy fanlarni o’rganishda ko’rgazmali qurollar va ularning asosiy turlari.
Darsni tashkil etishda ko’rgazmali qurollar muhim o’rin tutadi. Didaktikaning asosiy prinsiplaridan biri darsning ko’rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o’qitishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish talabalarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o’rganishda katta yordam beradi.
Ko‘rgazmali qurollar - axborot olishni ko‘rish (sezgisi) orqali, tasvirni idrok qilish, xotirada jonlantirishga qaratilgan vosita.
Ko’rgazmali qurollar yordamida bir vaqtning o’zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko’rish orqali qabul qilish shubhasiz talabalarni puxta bilim olishlariga yordam beradi.
Ko’rgazmali qurollar xilma-xil. Taraqqiyotning o’zi bir tomondan fanni chuqur o’zlashtirishni zarur qilib qo’ysa, ikkinchi tomondan turli tuman yangi metodlar, ko’rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo’llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Ko’rgazmalilik, odatda, xayolan ko’z o’ngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan ta’minlanadi. Ko’rgazmali qurollar: nomoddiy va moddiy turlarga bo’linadi.
Nomoddiy ko’rgazmali qurol- dars jarayonida so’z orqali yodga tushirish.
Moddiy ko’rgazmali qurol- tasvirlangan ko’rgazmali qurollar, eshitiladigan va audio visual ko’rgazmali qurollarga bo’linadi.
Dars jarayonida so’z bilan o’qituvchi tomonidan yodga tushirish, talabalarning xayolida gavdalantirish mumkin bo’lgan ichki, xayoliy ko’rgazmali qurollar: adabiyot, san’at asarlari, badiiy film, badiiy asar qaxramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng foydalaniladi.
Darsni boshlaganda o’qituvchi o’tilgan mavzuni talabalarning yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, talabalar diqqatini unga jalb qilish, fikrini yo’naltirish uchun adabiyot, sa’nat asarlari yoki hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni o’rganishga talabalar ruhi, kayfiyatini tayyorlaydi. Masalan: «Tovar – pul nazariyasi» mavzusini boshlashdan avval auditoriyaga murojat qilish mumkin: suvni hamma biladi. Usiz hayot yo’q. Shunga qaramay u tekin yoki narxi juda arzon. Brilliantni ko’z o’ngizga keltiring. Usiz yashash mumkin. Lekin juda qimmat, nima sababdan?
Bugungi darsda ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz. O’qituvchi mavzu, uning maqsadi xaqida gapirib, so’ngra dars rejasini beradi.
Mashg’ulot jarayonida ko’rsatib, izohlash mumkin bo’lgan ko’rgazmali qurollar jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish talabalarning bilimini puxtalashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Darsda doskani ishlatish ko’p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yo’q auditoriyalarda plakat, sxemalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
An’anaviy ko’rgazmali qurollar bu sxema va plakatlar bo’lib, odatda sxemalar standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma, boshqalar chizilgan bo’ladi. Plakatlar esa nashr qilingan ko’rgazmali qurol hisoblanib o’tiladigan mavzular bo’yicha tanlab olinadi.
Sxema, plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda ko’p vaqtni oladi. Xato qilinsa, o’zgartirish qiyin. Shuning uchun hozirgi paytda vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan ko’rgazmali qurollar o’rniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay zamonaviy turlari, ayniqsa, dars jarayonida slaydlardan foydalanish keng yoyildi.
Slaydlar ta’lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy o’quv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istagan paytda foydalanish, ish o’rni o’zgarganda oson ko’chirish mumkin.
Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal:

  • avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida ko’rsatilishi;

  • vatman kog’ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti yo’q auditoriyada foydalanish;

  • kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish; disketga kiritib, kompyuter orqali ko’rish, tahlil qilish mumkin.

Ko’rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars o’tishning barcha shakllari, uslublarida qo’llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko’rgazmali qurollarsiz o’tib bo’lmaydi.
Boshqa bir adabiyotlarda ko`rgazmali qurollar va vositalarning turlari quyidagicha keltiriladi:
1. Tarbiyaviy ko`rgazmali qurollar-ob`ektlar, narsalar, jarayonlar,
va boshqalar;
2. Ta`sirli ko`rgazmali qurollar-chizmalar, suratlar, jadvallar, kino,
diafil`m, diagramma va boshqalar;
3. Hajmli ko`rgazmali qurollar-geometrik shakllar, figuralar va
boshqalar;
4. Shartli va timsolli ko`rgazmali qurollar-karta, globus va boshqalar;
5. Har xil modellar, maxsus priborlar, asboblar va boshqalardan, shu
kabi turlarga bo`linadi.
Bu kabi ko`rgazmali qurollarning turlaridan har bir fanga o`ziga xos
tarzda, fan va mavzuga moslab ularni tanlash, ulardan bilim berish jarayonida
foydalanish bolalarning bilimini boyitishda katta foyda beradi. Ayrim mavzularni esa umuman
namoyish qilinadigan materiallarsiz, ko`rgazmali qurollarsiz o`tib bo`lmaydi.
Darsni tashkil etishda ko`rgazmali qurollar muhim o`rin tutadi. Didaktikaning
asosiy printsiplaridan biri darsning ko`rgazmaliligini ta`minlash


Download 47,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish