Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalardan foydalanish



Download 47,91 Kb.
bet5/6
Sana27.06.2022
Hajmi47,91 Kb.
#707930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi .NAMUNA

2.2.Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalardan foydalanish
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan turli - tuman yangi metodlar, ko‘rgazmali-likni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. O‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda.
Iqtisodiy fanlarni o’qitishda texnik vositalardan foydalanish alohida o’rin tutadi. Texnik vositalardan foydalanish usuliga ko’ra universal va maxsus texnik vositalarga bo’linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o’z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtai nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audiovideo kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo’lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.
Tа’lim vositalari – o‘quv mazmunini ko‘rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o‘qitish samaradorligini oshiririsga xizmat qiluvchi chop etilgan o‘quv materiallari yordаmchi mаtеriаllаr, real va texnik vositalarni o‘z ichiga olаdi.
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar, hamda chop etilgan o’quv materiallarini o’z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo’ladi
Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiy yo’nalish bo’yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi. Lekin texnik va chop etilgan o’quv materiallari juda keng qo’llaniladi.
Ta’lim vositalari bir-birini to’ldiradi va dars jarayonida uyg’unlashadi. Ta’lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o’quv jarayoniga faol qatnashishiga ko’maklashadi.
Tа’limning texnik vositalari (TTV) – o‘quv materialini ko‘gazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o‘quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkoniyat yaratadi.
Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo’llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko’p marta foydalanish mumkin. Doska bo’lmaganda zarur bo’lgan narsalarni flomaster yordamida to’ppa-to’g’ri yozib ko’rsatiladi.
O’qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo’llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.
O’quv jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan va eng kam chiqim talab qiladigan vosita oddiy doska hisoblanadi.
Doskadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin:
notanish so’z, iboralarni yozish;
turli chizmalar, diagramma, sxemalar chizish;
rasmlar yordamida illyustratsiya qilish;
misollar echish;
formulalar yozish va boshqalar.
Doska har bir auditoriyada bo’lishi kerak. Dars paytida doskadan foydalanish uchun uni darsga tayyorlash lozim. Agarda o’qituvchi ilgari dars o’tmagan auditoriyada dars o’tadigan bo’lsa, doskaning o’lchamlari,uning qandayligi bilan tanishishi kerak. Darsda doskadan optimal darajada foydalanishga harakat qilish lozim:
zarur jumlalarni yozish, grafiklar chizish, birbiridan ajratish, chiziqlarni rangli bo’r bilan chizish;
agar murakkab chizmalar chizilishi kerak bo’lsa, avval xomaki nusxasini chizib ko’rish;
doskadagi tasvir iloji boricha tushunarli, taassurot qoldiradigan bo’lishi kerak;
Doskaga aniq, talabalar o’qiy oladigan qilib yozish kerak. Yozayotganda tushuntirishni to’xtatib, yozib bo’lgach, gapirish kerak. Chunki auditoriyada talabalarga orqa o’girgan holda doskaga qarab yozib turib, gapirilgan fikrni ilg’ash qiyin.
Doskada ishlashning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishlatishning osonligi, tayyorligi; o’zgartirishlar kiritishning osonligi,
darsni o’tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;
qo’shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarni moslashtirish; murakkab nisbatlarni ko’rgazmali ifodalash mumkin;
chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko’rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;
yaxshi yodda qoladi;
doskadan konspektga ko’chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusidarslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.
Kamchiliklari:
doskaga yozayotganda talabalarga orqa o’girib turiladi, Auditoriya bilan ko’z qarash kontaktini yo’qotiladi;
bir marta yozilgan narsa o’chiriladi; yozish, chizishga vaqt ketadi.
Doska-stend mashg’ulotlarda o’quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitish vositasi.
Stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharxlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doskastendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izohsharhlar va hokazo kartochkada aks etirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikrmulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo’ladi.
Doska-bloknot bu varaqlanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning afzalligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o’quv xonasiga osib qo’yish mumkin.
Ko’rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Ana shu ko’rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan (bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazib qo’yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo’llaniladigan texnik vositalardan kodoskop,
proektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositalardan biri bo’lib, darsda ko’rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Dars o’tishda keng qo’llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o’tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko’proq ishlatiladi. Boshqa vositalar kabi proektorning ham o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Proektor bilan ishlashning afzalliklari:


dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;
plenkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo’lishi mumkin;
turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,
bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;
kerak bo’lmagan qismini yopib qo’yish mumkin.
Proektor bilan ishlashning kamchiliklari:
talabalar butun diqqatni tasvirga qaratishadi;
plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko’p vaqt talab qiladi;
proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong’i bo’lishi kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mumkin.
3. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi paytda o’quv materiallari, axborotlarni ekranda ko’rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o’quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funktsiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:
o’quvchi talabalarga o’rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish;
o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish;
talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;
o’qituvchining o’quvchi, talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish;
talabao’quvchilarni o’zlashtirishi bo’yicha ob’ektiv hisobot, to’la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.
Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi.
Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (ob’ektlarning fazodagi, ekrandagi harakati)jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Axborotning xilmaxil turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Mutimediada ishlashning quyidagi afzalliklari bor:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoni yaratiladi;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;
olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi.
POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multimedia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda. Multimediadan o’quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turlituman multimedia mahsulotlarini, oxiroqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo’l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim ob’ektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining etishmasligidir. Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash iqtisodiyotni o’rganadigan, qo’llangan choratadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q. Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini
yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.
Xulosa
Ma`lumki har bir o`qituvchi-pedagog o`z oldiga ta`lim-tarbiyani maqsad
qilib qo`ygan ekan, o`z oldiga ma`lum bir usul, yo`llarni tanlab oladi. Bu usul va
yo`llarni tanlashda o`qituvchining mahorati, qobiliyati katta ahamiyatga ega.
O`qituvchi qanday usul va vositalarni tanlashi o`qituvchining bilimiga bog`liq
bo`ladi.
O`qituvchi qanday usul va vositalarni, metodlarni tanlamasin, ularning
bolalar, o`quvchilar yoshiga mosligini inobatga olishi, unga ya`ni o`quvchilarga
bu usulning qay tartibda o`tkazilishi, qo`llanilishi o`quvchilarga aniq qilib
tushuntirish lozim. Dars vaqtida o`qituvchi pedagogikaning tamoyillaridan,
metodlaridan, tushunarlilik, ilmiy, ko`rgazmalilik, ko`rsatmalilik, tizimlilik,
bilimlarni o`zlashtirishi kabi usul va metodlaridan foydalanishi mumkin. Bu
metod va usullardan foydalanishning, metod va usullarning ishisida
ko`rgazmalilik metodi ahamiyatli hisoblanadi.
Ko`rgazmalilik metodi bola uchun ancha ahamiyatliligi barcha uchun,
o`quvchilar uchun mavzuni o`zlashtirishda ancha osonlashtiradi.
Ta`limdagi ko`rgazmalilikni faqat buyum va qoidalarni ko`rib idrok
qilish emas, balki ularning inson sezgi a`zolariga ta`sir etadigan, inson idrok
qiladigan bo`lishini talab etar ekan shunga qarab pedagog ko`rgazmali
metodlarni tanlashi, dars paytida ulardan unumli foydalanishi lozim.
Ko`rgazmalilik metodini foydalanishda didaktika qonun-qoidalariga asosan,
bolaga sezgilar orqali idrok qildirish mumkinligini har bir pedagog juda yaxshi
biladi albatta. Har bir darsda har xil ko`rgazmali metodlardan foydalanish ham
ta`lim samarasini oshirishga yordam beradi. Pedagog foydalangan ko`rgazmali
metodlardan, qurollardan bolalar albatta, o`zlari uchun biron-bir ma`lumot
olishlari zarur. Foydalanilayotgan ko`rgazmali qurollar bolalarga o`quvchi
tarbiyachilarga har tomonlama ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlanuvchi ta`limda ijobiy
ta`sir qilishiga pedagog diqqat-e`tiborini qaratishi lozim. Bu esa, juda ahamiyatli
yurtimiz kelajagi yoshshlar qo`lida ekan. Ularga ta`lim-tarbiya berish jarayonida
faqat ko`rgazmali qurollarning, metodlarning ahamiyati katta ekan. Nafaqat bu
ko`rgazmalilik metodi, balki boshqa metodlarni ham usul va vositalari ham juda
muhim sanaladi. Bulardan o`qituvchi o`z o`rnida oqilona foydalana olishi ham
muhim. Buning uchun esa pedagog davr talabi bilan, yangi pedagogik
ma`lumotlardan xabardor bo`lishi kerak.
Dars jarayonida ko`rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ularni tayyorlashni ham
o`rganish zarur. Ko`rgazmali qurol va tarqatma materiallarni tayyorlayotganda
ularni nima maqsadda tayyorlayotgani, qanday shakl va mazmunda etkazish
ta`qul ekanini hamda ularni tayyorlash qoidalariga rioya qilishni yoddan
chiqarmaslik kerak.


Download 47,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish