O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
|
|
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
|
Ro‘yxatga olindi № __________
|
|
Ro‘yxatga olindi № __________
|
“______” ___________2021 y.
|
|
“______” ___________2021 y.
|
“GEOGRAFIYA” KAFEDRASI
“IQTISODIY BILIM ASOSLARINI O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Ma’ruza o’tishda texnologik yondashuv va ma’ruza darsini texnologik xaritasini tuzish.
Bajardi: Usmonaliyeva Patila Jamoliddin qizi
Tabiiy fanlar fakulteti, IBAO’M yo’nalishi 302 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Jumanov X.T
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2021 y.
|
|
Kurs ishi taqrizga qaytarilgan sana
“____” _______2021 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2021 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(Imzo)
___________
(Imzo)
___________
(Imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT-2021
MUNDARIJA
Kirish……………………………..……………………….……..…………............3
I BOB. MA’RUZA O’TISHDA TEXNALOGIK YONDASHUVNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI…….………………..…………..…………6
1.1. Maruza o’tishda ta’lim tarbiyaning o’rni va ro’li………….…………........6
1.2. Maruza o’tish jaryoniga texnologik yondashuv…………….……………13
II BOB. MA’RUZA DARSINING TEXNOLOGIK XARITASINI TUZISH……………………………………………………….………….............20
2.1. Maruza darslarida texnologik xaritadan foydalanish………………………...20
2.2. Texnologik xarita tayyorlash ………………………………………...……...23
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………29
IQTISODIY FANLRNI O’RGANISHDA KO’RGAZMALI QUROLLAR,TARQATMA MATERIALLAR VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING TUTGAN O’RNI.
Mundarija
I.BOB.IQTISODIY FANLARNI O’QITISHDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1.Iqtisodiy fanlarni o’rganishda ko’rgazmali qurollar va ularning asosiy turlari.
1.2.Iqtisodiy fanlarni o’rganishda turli metodlarniqo’llashda ko’rgazmalilikni o’rni va ahamiyati.
II.BOB.TARQATMA MATERIALLAR VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH METODIKASI.
2.1.Tarqatma materiallar va ularni tayyorlash va dars jarayonida qo’llash.
2.2.Iqtisodiy fanlarni o’rganishda texnik vositalardan foydalanish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Har bir davlatning iqtisodiyotining rivojlanishi avvallambor ta’lim tizimiga borib taqaladi. Bugungi islohotlar davrida o`qitishning samarali usullarini yaratishni, o`qituvchi va o’quvchi- talabalar o`rtasida hamkorlikni yanada kеngaytirishni, inson shaxsini shakllantirishda tarbiyaning yеtakchiligini ta'minlashni, o`quvchi va talabalarni yosh xususiyatlarini, milliy xis tuyg`ularini e'tiborga olib tarbiyaviy, ta'limiy tadbirlarni amalga oshirishni takozo . Bugungi kunda ta`limning ko`rgazmalilik metodidan foydalanish dolzarb masala sababi ta`limda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo`lga qo`yilmoqda. Bu texnologiyada ko`rgazmalilikdan foydalanmaslikning iloji yo`q. Ko`rgazmali qurollardan foydalanishda to`g`ri tashkil qilish materiallardan o`z o`rnida foydalanishni o`rgatish ta`lim oldidagi dolzarb masalalar qatoriga kirmoqda. Shunga e`tibor qaratilgan holda ko`pgina amallar qilinmoqda. Ya`ni oliy ta`limda ham, o`rta maxsus ta`limda ham deyarli barcha ta`lim turlarida keng foydalanilmoqda. Buning uchun kerakli bo`lgan barcha qonun-qoidalar ishlab chiqilgan va barcha ta`lim muassasalari bu qonun-qoidaga bo`ysungan holda o`z ish faoliyatlarini yuritmoqda. ilmoqda.
Iqtisodiy fanlarni o’qitishda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim sifatini oshirishda, belgilangan maqsadga erishishda eng optimal variantlardan biri hisoblanadi.Ko’rgazmali qurollar xilma-xil. Taraqqiyotning o’zi bir tomondan fanni chuqur o’zlashtirishni zarur qilib qo’ysa, ikkinchi tomondan turli tuman yangi metodlar, ko’rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo’llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam beradi. Ko’rgazmalilik, odatda, xayolan ko’z o’ngiga keltirish bilan yoki namoyish qilish bilan ta’minlanadi.
Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi
Ta’lim vositalari bir-birini to’ldiradi va dars jarayonida uyg’unlashadi. Ta’lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o’quv jarayoniga faol qatnashishiga ko’maklashadi.
Ta’lim sohasi rivojlanishi o’qitish jarayonida turli xildagi ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalanishni taqozo qiladi.
Ko`rgazmalilik metodidan foydalanishda o`qituvchidan katta mahorat va ijodiylik, tashabbuskorlik, diqqat e`tiborlilikni talab qiladi.Iqtisodiy fanlarni o`qitishda ta`limning ko`rgazmalilik metodidan foydalanishning maqsadi-avvalo o`quvchilarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash, ta`lim samaradorligini oshrish, o`quvchilarning mavzularni oson va tez, hamda sifatli o`zlashtirishni ta`minlash, pedagoglarning mahoratini oshirish, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ta`limtarbiyaning har xilligini ta`minlash, ya`ni, noan`anaviy ta`lim tizimini yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasida do`stona munosabatni shakllantirish, o`quvchilarga ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda o`zining bilimini, fikrini erkin bayon qilishga imkon yaratish kabilardan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |