Toshkent davlat pedagogika universiteti qo‘lyozma huquqida


-rasm. O‘quvchilarning dastlabki va yakuniy bosqichdagi ijodiy va ijtimoiy loyihalarni amaliy bajarishi bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rtsatkichlari



Download 1,04 Mb.
bet12/15
Sana19.05.2022
Hajmi1,04 Mb.
#605143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3,1, lotin

3.4-rasm. O‘quvchilarning dastlabki va yakuniy bosqichdagi ijodiy va ijtimoiy loyihalarni amaliy bajarishi bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rtsatkichlari

3.5-rasm. Samaradorlik ko‘rsatkichlari
SHunday qilib, statistik tahlil o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar
O‘quvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo‘lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; o‘zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo‘nalganlik; emotsionallik; muammoni ko‘ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o‘z-o‘zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish dinamikasini mezonlar asosida tahlil etish tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, korreksion chora-tadbirlar asosida kamchiliklar bartaraf etib borildi.
Ma’lumotlarni to‘plash, miqdor va sifat jihatdan tahlil etishda turlim metodlardan foydalanish, olingan natijalarni statistik tahlil etish natijalarning ishonchliligiga asoslanib, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon berdi.
Tajriba-sinov ishlarining so‘nggi bosqichida tajriba sinflarida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanganligini aniqlash komponentlarining o‘sishini yaqqol kuzatish mumkin.

XULOSA
5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:

  1. 5 – 9 - sinf o‘quvchist o‘zining intellekt darajasi, bilish imkoniyatlari, qobiliyati bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turuvchi individual salohiyat egasidir. Tadqiqot jarayonida 5 – 9 - sinf o‘quvchilarning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirildi: aniq vaziyatlarda intellektual faoliyatning muvafaqqiyatini tavsiflovchi intellekt xususiyati hamda vazifalarni hal etish jarayonida axborotlarni qayta ishlash tezligi, g‘oyalarning originalligi va xilma-xilligi, ta’lim olganlikning yuqori sur’ati va chuqurligi, bilish usullarida individuallikning aks etishi.

  2. Tadqiqot jarayonida 5 – 9 - sinf o‘quvchilar bilan tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning quyidagi didaktik parametrlari aniqlashtirildi: o‘quv jarayonini yuqori darajadagi murakkablik asosida tashkil etish; o‘quv materiallari murakkablik darajasining aniq ifodala-nishiga amal qilish; o‘quv materiallarini jadal tarzda o‘zlashtirish imkonini beradigan usullar va texnologiyalarni qo‘llash.

  3. Tadqiqot jarayonida mantiqiy fikrlash intellektual qobiliyatlar; kreativlik; tirishqoqlik (motivatsiya, qat’iyat, matonatlilik) sifatlarining yaxlit tavsifini o‘zida aks ettirishi haqidagi xulosaga kelindi. Natijada o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning motivatsion, emotsional-irodaviy, intellektual-faoliyatli, kreativ komponentlari mazmuni va asosiy yo‘nalishlari takomillashtirildi.

  4. Bo‘lajak o‘qituvchilarni 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga tayyorlashning pedagogik mexanizmi ta’limni axborot-lashtirish sharoitida tyutor, edvayzer, fasilitator, moderator modeli asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Axborotlarning global-lashuvi va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchining innovatsion tayyorgarligi 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari va intellektual salohiyatiga uyg‘un bo‘lishi talab etiladi.

  5. O‘quvchilarning ijtimoiylashuvida adaptiv (moslashuv) – o‘quvchi tomonidan ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishi, interiorizatsiya qilinishi, qayta namoyon bo‘lishi; individuallashuv – o‘quvchini o‘z ustida mustaqil ishlashi va erkin fikrlashni ro‘yobga chiqarishda o‘zining nuqtai nazarini bildirish istagi, ijtimoiy xulq-atvor me’yorlariga nisbatan ijobiy munosabatni qaror topishi; integratsion – o‘quvchi jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, ya’ni shaxslilik sifatini tarkib topishi tarzidagi texnologik bosqichlarni hisobga olish alohida ahamiyat kasb etishi aniqlandi.

  6. Tadqiqot jarayonida 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ning diagnostik, konsultativ, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish va mafkuraviy-profilaktik kabi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari tizimi takomillashtirildi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish asosida 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda motivatsiya – intellekt – kreativlik triadasini yuqori darajada qaror toptirishga erishildi.

  7. 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari ularda o‘z faoliyatlarini ijodiy tarzda amalga oshirish, imkoniyatlarini aniq baholash, kasbiy rejalarini aniqlagan holda kasbiy tanlovni amalga oshirish, kasbiy ta’lim yo‘nalishini mustaqil tarzda to‘g‘ri tanlashga asos bo‘ladi.

  8. Tadqiqot natijalari asosida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda ularning qiziqishi va erishgan natijalarini hisobga olish – analitik; sinf va sinfdan tashqari ishlar jarayonida xilma-xil faoliyat turlariga jalb etish orqali o‘quvchining bilishga doir, ijodiy qobiliyatlarini individual baholash – diagnostik; o‘quvchilarning qobiliyatlarini shakl-lantirish, chuqurlashtirish va rivojlantirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab olgan taktikaga asoslanish lozim, degan xulosaga kelindi.

  9. 5 – 9 - sinf o‘quvchilarda “Men” qiyofasini va o‘z-o‘zini adekvat baholash, liderlik qobiliyati, ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish innovatsion shakli sifatida mentorlikni amaliyotga tatbiq etish, maktabdan tashqari ta’lim jarayonida 5 – 9 - sinf o‘quvchilar bilan ishlashda Internet texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.

  10. Tadqiqot natijalari asosida 5 – 9 - sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirish da mazkur jarayonni amalga oshirishga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish, ijodiy yondashuvga asoslanish hamda innovatsion dastur, shakl va texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tizimli tatbiq etish lozim, degan xulosaga kelindi.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish