Toshkent davlat pedagogika universiteti qo‘lyozma huquqida


-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi o‘quvchilarning mezonlar bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi



Download 1,04 Mb.
bet10/15
Sana19.05.2022
Hajmi1,04 Mb.
#605143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3,1, lotin

3.1-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi o‘quvchilarning mezonlar bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi

3.2-rasm. Barcha ta’lim muassasalardagi o‘quvchilarning mezonlar bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichi
Tajriba-sinov ishlari jarayonida 5 – 9 - sinf o‘quvchilarni izlanishli-tadqiqotchilikka doir o‘quv malakalariga egaliklarini o‘rganish jarayonida ular tomonidan loyihalarni ishlab chiqishda aksariyat hollarda yo‘l qo‘yiladigan umumiy xatolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari taklif qilindi (3.9-jadval).
Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida iqtidorli o‘quvchilarning amaliy harakatlarini kuzatish, ularning o‘quv hamda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayoniga bo‘lgan munosabatlari ham sinchiklab o‘rganildi. O‘rganish natijalari ham 5-9- sinf o‘quvchilari mantiqiy tafakkurini rivojlantirish da samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
3.9-jadval
O‘quvchilar tomonidan loyihalarni ishlab chiqishda yo‘l qo‘yiladigan umumiy xatolarni bartaraf etish yo‘llari

Yo‘l qo‘yiladigan umumiy xatolar

Xatolarni bartaraf etish yo‘l va usullari

Ishning bajarilishi bo‘yicha tavsiya etilgan texnologik jarayonning buzilishi

Texnologik buzilish sabablarini aniqlash va uni izohlashni taklif etish. Xatoni bartaraf etishning usuli sifatida tavsiya, taklif etilgan texnologiyaning maqbulligini asoslash. Texnologik xaritalar, tavsiyalar mohiyatini qayta o‘rganish va ularni amalda qo‘llashni tavsiya etish

Faoliyatni amalga oshirish jarayonida axborotlardan to‘liq va to‘g‘ri foydalana olmaslik

Takroriy yo‘riq berish, yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning kelib chiqish sabablarini talabalar bilan birga tahlil qilish, axborotlardan foydalanish bo‘yicha maxsus treninglarni qayta tashkil etish, talabalarning o‘zaro nazoratini yo‘lga qo‘yish va mustaqil ta’lim olishlariga erishish

Loyihalarni ishlab chiqish va o‘quv portfoolarini yaratishda axborot texologiyalari samarali foydalanilmaslik

Axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishga oid tavsiyalarni qayta ko‘rib chiqish, guruh asosida axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini mustaqil ravishda ko‘ra olishga oid topshiriqlarni bajarish

Loyiha va o‘quv portfolosining sifatiga qo‘yiladigan talablarga amal qilmaslik

Loyiha va o‘quv portfoliolarni rasmiylashtirish hamda ularga qo‘yiladigan estetik, etik talablarni qayta tushuntirib berish, faoliyat jarayonida qadamlar ketma-ketligiga rioya qilish lozimligiga ishonchni qaror toptirish

Berilgan vaqtdan unumli foydalanilmaslik, ish bosqichlari bo‘yicha umumiy vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik

Ish vaqtini tejash yo‘llarini qayta tushuntirish, ishlarni qismlarga bo‘lib bajarishga oid texnologik tavsiyalarni berish, texnologik o‘tishlarning vaqt me’yorlarini aniq belgilash

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni mustaqil aniqlay olmaslik

Yo‘l qo‘yilgan xatolar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini qayta tushuntirish, xatolarni bartaraf etishga oid maxsus mashqlarni bajarish, talabalarning o‘zaro nazoratini yo‘lga qo‘yish, ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish

Loyihalarni ishlab chiqish jarayonida o‘quvchilarning ham individual, ham guruhli faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqilgan o‘quv loyihalarini baholashda aniq mezonlar va baholash me’yorlariga rioya etildi.


O‘quv loyihalarini baholashning umumiy mezonlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
- muammoning dolzarbligi va ahamiyatini yoritib berish;
- muammoning to‘liq yoritilganligi;
- muammoni hal etishdagi originallik;
- artistizm va ifodaning yorqinligi;
- axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
- loyiha yuzasidan savollarga javob bera olish.
Mazkur umumiy mezonlar asosida besh ballik shkala bo‘yicha baholashga doir me’yorlar shakllantirildi:
“5” ball: agar talabaning bajargan ishi loyiha mavzusiga to‘liq mos kelsa; muammo to‘la yoritilgan bo‘lsa; daliliy materiallar to‘g‘ri bo‘lsa; muammo izchil, muayyan ketma-ketlikda bayon etilgan bo‘lsa; nutqi ravon hamda stilistik va orfografik xatolar mavjud bo‘lmasa qo‘yiladi.
“4” ball: agar talabaning bajargan ishi loyiha mavzusiga to‘liq mos kelsa; daliliy materiallar to‘g‘ri bo‘lsa; muammo izchil, ketma-ketlikda bayon etilgan bo‘lsa; matn tushunarli va yorqin ifodaga ega bo‘lsa, ishda juz’iy bir yoki ikki kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa qo‘yiladi.
“3” ball: agar talaba loyiha muammosidan ba’zi o‘rinlarda bir oz chetga chiqqan bo‘lsa; loyihada ayrim daliliy materiallar etarli bo‘lmasa; ba’zi holatlarda loyihani bayon etish ketma-ketligi buzilgan bo‘lsa; matnda ayrim g‘alizlik va nutq yorqin ifodaga ega bo‘lmasa qo‘yiladi.
“2” ball: agar ish loyiha muammosiga to‘g‘ri kelmasa; dalillar etarli bo‘lmasa; fikrlarni bayon etishda ketma-ketlik va izchillikka rioya etilmagan bo‘lsa, matn qisqa va to‘liq bo‘lmagan ko‘rinishdagi gaplardan tuzilgan bo‘lsa, yaxlitlikda loyiha mazmunida olti, nutqda esa ettita xatolik mavjud bo‘lsa, qo‘yiladi.
Pedagogik tajpiba-sinov natijalapini tahlil etishda o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ijodiy va ijtimoiy loyihalarni baholash asosida tajriba va nazorat sinflaridagi natijalar matematik-statistika metodi yordamida tahlil etildi. Hisoblash uchun qulay bo‘lishi uchun reprezentativ ravishda tajriba sinfining 261 nafar va nazorat sinfining 254 nafar o‘quvchisining natijalari asos sifatida olindi (3.10-jadvalga qarang).

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish