ACTIVITIES
Boratova M.G. – senior teacher of Navoiy statе pedagogical institute
Annotation.
The role and importance of self-study in the systematic, sequential and
continuous development of research activities of students in higher educational institutions of
pedagogyre analyzed in the article. Students self-study methods and research opportunities are
based.
Key words:
scientific research, independent work, activity, professional competence, a
personal-active approach, a systematic approach, classroom activities, types of tasks, practical
work.
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar oliy ta’lim tizimi oldiga
raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash, jahon standartlariga mos kasbiy kompetensiyalarni
egallash, ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Zamonaviy taraqqiyot bo‘lg‘usi pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil
ta’limning o‘rni va rolini oshirish, ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishning samarali metod,
shakl va vositalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimiz prezidenti
ta’kidlaganlaridek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirishda mustaqil ta’limni to‘g‘ri
tashkillashtirish, shaxsiy-faoliyatli yondashuv asosida mustaqil va ijodiy fikrlashga, ilmiy
izlanishga undash, ilmiy duyoqarashlarini yanada kengaytirishga oid topshiriqlar tizimini ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish o‘qituvchi oldiga ta’lim-fan-
ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini
rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratish kabi vazifalarni qo‘yadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim tizimida o‘qitish jarayonini yanada
takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirish, mustaqil ta’limni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish, talaba-yoshlarni mustaqil va ijodiy faoliyatini tarkib toptirgan holda ilmiy-tadqiqotchilik
ishlariga yo‘naltirish va bu boradagi ishlarni tizimli tarzda tashkil etish, uzluksizligini ta’minlash
hamda nazorat va monitoringni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu esa talaba-yoshlar orasidan mustaqil va
ijodiy fikrlash ko‘nikmasiga ega, iqtidorli, intellektual salohiyatli yoshlarni tanlab olish, ularni
ijodiy faoliyatga yo‘naltirishga imkon yaratadi.
O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan pedagogika oliy ta’lim muassasalari
uchun 2018-yil 25-avgustda tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejaga muvofiq talabalarning 4 yillik
umumiy o‘quv yuklamasi 9234 soatni tashkil etadi. Unda o‘quv fanlarining umumiy hajmi 6588
soatni, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishlari va attestatsiyalar esa 2646 soatni tashkil
etadi. Agar umumiy auditoriya soatlari 6588 soat tarkibidan mustaqil ta’lim uchun ajratilgan
2898 soatni ajratadigan bo‘lsak, faqat 3690 soatgina auditoriyada bevosita o‘qituvchi
rahbarligida o‘quv mashg‘ulotlari sifatida o‘qitiladi (1-jadval).
50
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: |