TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
9
An‘anaviy ta‘lim shunday mexanizmga asoslangan ediki, unga ko‗ra bir
qarashda ta‘lim oluvchilarning o‗z ustida ishlashlari, qo‗shimcha bilimlarni
o‗zlashtirish maqsadida mustaqil harakat qilishlariga hojat yo‗qdek. Biroq, mana shu
holatning o‗zi ularga yangi bilimlarga ega bo‗lish orqali erkin fikrlash, mushohada
yuritish, o‗z nuqtayi nazarlarini ilgari surish, turli nazariya va qarashlarni o‗zaro
taqqoslash, to‗g‗ri qaror qabul qilish, o‗z g‗oyalarini ilgari surish imkoniyatiga ega
bo‗lishdan mahrum etardi.
Ta‘lim oluvchilarning mustaqil o‗qib-o‗rganish, erkin fikrlash, muayyan
g‗oyalarni ilgari surish, amaliy izlanishlarni olib borish, murakkab vaziyatlarda
muammoni to‗g‗ri, oqilona hal qilishda jiddiy to‗siqlarga duch kelishi keyingi
bosqich ta‘limiga zarur darajada tayyor bo‗lmasliklari, mutaxassis sifatida to‗la
shakllanmasliklariga olib keldi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‗nalish bo‗yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning o‗zlashtirilishini nazarda tutadi[5]. Talabalar tomonidan tahsil olayotgan
ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha umumiy va kasbiy fanlar asoslarining puxta o‗zlashtirilishi ularni
mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardoshli qilib tayyorlash imkonini beradi. Mutaxassis
sifatida talabalarning to‗laqonli shakllanishi faqat o‗qituvchi va uning faoliyatigagina emas,
balki o‗quv mashg‗ulotlari jarayonida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishlariga ham bog‗liq. Shu sababli oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Oliy ta‘lim muassasasida kasb-hunar ta‘limi talaba va madaniyat o‗rtasidagi
muayyan munosabatlarni o‗rnatadi, muayyan tarzda ikkinchisini o‗zgartiradi,
shuningdek, uning maqsadi va mazmuni, kasbiy ta‘lim strategiyasi, uning xarakteri
va o‗zaro ta‘sir shakllari bilan talabalarning faoliyatini belgilaydi[6].
Oliy kasbiy pedagogik ta‘limga bo‗lgan zamonaviy talablar kelajakdagi
o‗qituvchini rivojlanishning subyekt pozitsiyasini ta‘minlaydigan texnologiyalardan
foydalangan holda professional ta‘limni maxsus tashkil etish zarurligini belgilaydi.
Bu pedagogik vazifalarni talabaning shaxsiy ma‘nosiga aylantirish imkonini beruvchi
shaxsiy va faol yondashuvni amalga oshirishni o‗z ichiga oladi.
Ikkinchisi kasbiy tayyorgarlikni shaxsiylashtirish, o‗qituvchilar va
talabalarning shaxsiy tajribasining pedagogik hamkorligiga qo‗shilishi bilan bog‗liq
bo‗lgan noyob shaxs sifatida qaraladi.
Kasbiy faoliyatni rivojlantirishning dastlabki bosqichida professionallikning
asosiy belgisi kasbiy mahoratni o‗z kasbiy vazifalarini malakali va ijodiy bajarish
qobiliyati sifatida namoyon etadi. Kasbiy mahorat-bu mahorat shakllanishining
muayyan darajasidir.
Kasbiy kompleks hodisa sifatida insonning nafaqat o‗z vazifalarini ijodiy
bajarish, balki o‗z asosiy kuchlarining professional faoliyatida o‗z-o‗zini anglash,
Do'stlaringiz bilan baham: |