TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
6
-
pedagogik konferensiyalar va ilg‗or tajriba maktablari ishlarida
ishtirok etish; ilg‗or korxonalarda ish tajribasini o‗rganish;
-
o‗quv - ishlab chiqarish ishlaridan namunalar tayyorlash.
-
o‗quv darslarida, mehnat muhofazasi me‘yorlari va qoidalari
talablariga mos holda o‗quv ustuxonalari, laboratoriyalari, o‗quv ishlab
chiqarish maydonchalarini o‗quv yiliga tayyorlashda ishtirok etish;
-
moslamalar, jihozlar, ko‗rsatmali qo‗llanmalar hamda ta‘limning
texnik vositalarini tayyorlash va ta‘mirlashni o‗rganish.
Oliy ta‘lim muassasalarining professor-o‗qituvchilari har bir talabada o‗quv-
bilish faoliyati bilan birgalikda barcha aql-idrok, fikrlash sifatlarini ham
rivojlantirishga harakat qilishlari shart. Rivojlantirish masalasi haqida gap ketar ekan,
asosan, talaba shaxsning psixik sifatlarini rivojlantirishni ham nazardan chetda
qoldirib bo‗lmaydi. Bu sifatlar intellekt, diqqat, xotira, fikrlash va bilish
qobiliyatlaridir[2]. Fikrlashni rivojlantirish: muhim belgilar va xususiyatlarni ajrata
bilishni, voqelikdagi hodisalar o‗rtasida aloqa va munosabatlar o‗rnatish va
hokazolarni shakllantirish yagona, umumiy belgilarni aniqlash mahoratini
rivojlantirish, o‗rganiladigan material rejasini tuzish, biror qurilma va shu kabilarning
ishlash prinsipini bilib olish; faktlarni tasniflash malakalarini rivojlantirish,
umumlashma xulosalar chiqarish, umumiy va muhim belgilarni, bog‗lanish va
munosabatlarni belgilash, bilimlarni amalda qo‗llash mahoratini o‗stirish;
fikrlashning ijodiy komponentlarini rivojlantirish-nostandart yechimlarni topa bilish.
Umumkasbiy
politexnik
malakalarni
rivojlantirish
konstruktiv-texnik
malakalarni rivojlantirishni eng turli-tuman vazifalarni hal qilishga shablon tarzda
emas ijodiy yondoshishni, shart-sharoitlarni analiz qilish, umumlashmalar qilish,
asosiy fikrlar tuzish, ularni eksperement qilish, modellashtirish eskizlashtirish va
hakozo; tashkiliy-texnologik malakalarni o‗stirish-faoliyat vazifasini aniqlab olish,
biror murakkab vaziyatda yo‗l topa olish, zarur vositalar tanlash, ish rejasini ishlab
chiqish, ishlab chiqilgan rejani baholash,pribor va asboblardan foydalana bilish
malakalarini baholash, o‗z xatti-harakatini tartibga solish va nazorat qila bilish
mahoratini rivojlantirishni o‗z ichiga oladi[3].
O‗quv-bilish faoliyatini rivojlantirish lozim darajadagi sur‘at bilan ishlash,
o‗qish, yozish, hisoblash chizish, konspekt olish, o‗quv mashg‗ulotlariga tayyorlik,
uyushqoqlikni rivojlantirish, ta‘limining zarur metodlaridan foydalanish, xotirada
saqlab qolish, materialni ma‘no jihatidan guruhlariga ajratib, tayanch nuqtalariga
e‘tibor qaratish kabi harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan. Iroda va mustaqillikni
rivojlantirish tashabbusini, o‗z kuchiga ishonchni rivojlantirishga; qat‘iyatlikni
o‗stirish, ko‗zlangan maqsadga erishish uchun qiyinchiliklarni yenga bilish
malakasini rivojlantirish; mustaqil harakat qilish malakasini o‗stirish; bilimlarni
egallash, qanday harakat qilish faoliyatini shakllantirish, uni qanday amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |