TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
17
Key words:
learners, informal learning, activism, responsibility, public
speaking, leadership, fairness, efficiency.
Hozirgi davrda har bir mamlakat taʼlim - tarbiyani rivojlantirish orqali
iqtisodiy barqarorlikka erishayotganligi va bunda inson omilining roli ortib
borayotganligi kuzatilmoqda. Jamiyat taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‗ziga
xos xususiyatga egaki, unda jismoniy kuch emas, balki intellektual salohiyat, aql-
idrok, ijodiy fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Bu esa inson resurslarining samarali boshqarish jarayonini yangi bosqichga olib
chiqish zaruriyatini tug‗dirmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
taʼkidlaganidek: ―Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi,
saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‗q
joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‗g‗ri yo‗ldan adashish bo‗ladi. Eng katta boylik -
bu aql zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu
bilimsizlikdir[1]!‖ Аlbatta taʼlim - tarbiya masalasi ko‗tarilganda ko‗proq
yoshlarimizni befarqlik yoki loqaydlikda ayblash, ularni internet o‗yinlari bilan
ko‗proq band bo‗lishlarini, vaqtlarini bexuda o‗tkazishlarini biz kattalar tomonidan
qoralash holatlari yo‗q emas. Аmmo yoshlarni shu holatga tushurmaslik uchun biz
qanday alternativ variantlarni ularga ko‗rsatyapmiz. Biz ularga internet
mahsulotlaridan qiziqroq bo‗lgan mashg‗ulotlarni taqdim qilsakkina ularni bo‗sh
vaqtlarini samarali va foydali o‗tkazishga hissa qo‗shishimiz mumkin. Demak,
yoshlarimizni har bir daqiqa vaqtini unumli o‗tkazishlarida asosan biz kattalar
masʼulmiz. Shu sababli ham bugungi jamiyatda kattalarni o‗qitish dolzarb masalaga
aylanib qolmoqda. ―O‗qitish‖ deganda, faqat taʼlim muassasalardagi o‗qitishni
nazarda tutmasligimiz kerak, aksincha hayot davomida muntazam ravishda o‗z
bilimlarini takomillashtirib borish har bir shaxsning asosiy vazifasiga aylanishi zarur.
Lekin ―kattalarni o‗qitish‖ yoshlarni o‗qitishga nisbatan ancha murakkab jarayon
hisoblanadi. O‗quvchilar ko‗p holatlarda ota - onasi va ustozlarini yo‗naltirishi va
majburiy taʼlim bo‗lganligi uchun maktablarga borishadi. Darslarda ham intizom
talablarini bajargan holda o‗tirish kerakligini tushunishadi.
Katta yoshdagilar esa biror - bir yo‗nalishda qisqa kurslarda yoki o‗quv
markazlarida bilim olmoqchi bo‗lsalar, albatta, pedagogdan yangiliklar, qiziqarli dars
o‗tish uslubini kutadilar. Аgar dars yoqmasa, shu zahoti auditoriyani tark etishni
boshlaydi. Chunki u vaqt qimmatini biladi va hayotiy tajribaga ega bo‗lganligi uchun
pedagoglarni tanlash va taqqoslash ko‗nikmasiga ega bo‗ladi. Аmmo ushbu pedagog
auditoriyani ushlash, darsni muvaffaqiyatli tugatish, asosiysi o‗tilgan o‗quv kursdan
natija olishi uchun o‗z faoliyatiga tanqidiy nazar solishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |