TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
moddasida internatlarda maxsus psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarni
rivojlantirishga eʻtibor qaratilgan, 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoyishi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi
1
. Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega, shunga ko‘ra
atrofidagi insonlar bilan o‘ziga xos munosabatga kirishadi. Muloqot - insonlar o‘rtasida o‘zaro
munosabatni o‘rnatuvchi ko‘p tarmoqli murakkab jarayondir. Muloqot jarayoni insonlarga boshqa
odamlarni tushunishga, ularning his-tuyg‘ularini, harakatlarini baholashga yordam beradi, bu esa o‘z
navbatida uni hayotda o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
ko‘maklashadi. Xususan, muloqot insonning asosiy faoliyat turlaridan bo‘lib, boshqa insonlar bilan
munosabatga kirishish orqali o‘zini baholay olish imkonini beradi, ya’ni shaxs sifatida shakllanishiga
zamin yaratadi. L.S.Vigotskiyning e’tirof etishicha, insonning bilish jarayonlari o‘zaro faoliyat va
muloqot asosida rivojlanadi. Muloqot jarayonidagi nuqsonlar shaxsning rivojlanishiga ta’sir etadi.
Bolalar o‘zlarini shaxs sifatida anglashga qiynaladilar, bu esa o‘zaro munosabatga kirishishda
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi
2
. Muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj tug‘ma hisoblanmaydi. U hayot
davomida atrofdagi insonlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishdagi amaliy tajriba davomida
shakllanadi. Har bir insonni shaxs sifatida shakllanishida atrofidagi yaqin insonlari, ya’ni ota-onasi,
qarindoshlarining taʻsiri kattadir. Pedagog va tarbiyachilar ham aqli zaif bolalarning atrofidagi
insonlar bo‘lib hisoblanadi, ular ham bola shaxsini rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Shuningdek, aqli zaif bolalar har kun hayotlarida to‘qnashadigan oddiy odamlar ham bolaning shaxs
sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aqli zaif bolalar bosh miyasining organik jarohatlanishi
natijasida kelib chiqqan bilish jarayonlaridagi o‘ziga xos nuqsonlar boshqa insonning emotsional
holatini idrok etishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, bu esa o‘z navbatida o‘zaro muloqot
jarayonida boshqa inson haqida noto‘g‘ri noadekvat ma’lumotga ega bo‘lishiga olib keladi.
Intellektida nuqsoni bo‘lgan inson eng ko‘p farqlay oladigan emotsional holat bu xursandchilik va
qayg‘u-g‘am holatidir. E.G.Fedoseyevaning e’tirof etishicha, intellektdagi nuqsonlar nafrat, zarda,
hayratlanish kabi emotsional holatlarni aniqlashlari qiyindir. Balki bu oddiy hayotiy jarayonda ushbu
emotsional holatlarni nisbatan kam namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Chunki aqli zaif bolalarda
emotsional-iroda doirasi yetarlicha rivojlanmagan, hayajonlanish, ta’sirlanish holatini yaqqol
ifodalanmaganligi biron-bir emotsional holatga tashvishlanish imkoniyatlarini chegaralaydi
3
.
Asosiy vazifa shundaki, aqli zaif bolalarning muloqot qilish xarakteristikasiga ko‘ra o‘zaro
muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha korreksion ish tizimini tashkil etish lozim.
Korreksion psixologiya va pedagogikada muloqot qilish muammolariga eʻtiborning qaratilishi sababi
shuki, anomal rivojlanish jarayonida muloqot o‘ziga xos rivojlanishga ega bo‘ladi. L.I.Dargevichene,
N.L.Kolominskiylarning tadqiqotlarida maxsus maktablarning boshlang‘ich va katta sinf
o‘quvchilarining o‘zaro shaxsiy munosabatlarining o‘ziga xosligi o‘rganilgan
4
. Intellektida nuqsoni
bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muloqotidagi muammolar bo‘yicha yirik tadqiqot
o‘tkazganlardan biri bu V.G.Petrovaning (2004) ishlaridir, u maxsus maktab o‘quvchilarining idrok
qilishi va tushunishining o‘ziga xos tomonlarini ochib bergan. Aqli zaif o‘quvchilarga aniq ifodalangan
asosiy insoniy hissiyotlar tushunarli bo‘lib, biroq intellektual hissiyotlarini idrok etish bir qancha
mushkuldir. J.I.Namazbayevaning ishlarida ilk bor intellektida nuqsoni bo‘lgan yuqori sinf
o‘quvchilarida ishbilarmonlikka oid muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini
1
“Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари
тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5270-сонли 2017 йил 1 декабрдаги Фармони.
2
Выготский Л.С. Основные проблемы современной дефектологии. М.: 1995. С. 147-173.
3
Федосеева Е.Г. Формирование коммуникативных умениий у детей старшего дошкольного возраста с ОНР: Автореф. дис…
канд. пед. наук. – М., 1999. - 18 с.
4
Давлетшин М.Г., Дўстмуҳамедова Ш, Мавлонов М., Тўйчиева С. Ёш даврлари ва педагогик психология. Т., 2004 й. – 51б.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |