TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarga bugun darsda tabiatda uchraydigan o‘zgarishlar haqida
suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. Kuz faslida ob-havodagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tushunchalar
beriladi hamda ushbu tushunchalarni mustahkamlash maqsadida “Birgalikda chizamiz” o‘yini
o‘ynaladi. O‘yinning borishi: o‘qituvchi kuz fasliga oid bo‘lgan, lekin ichidagi rasmlari bo‘yalmagan
rasmni qo‘yadi. O‘quvchilar birma-bir chiqib rasmlarni bo‘yashlari kerak. Bu o‘yinda tayyor bo‘yalgan
rasmlardan ham foydalanish mumkin. O‘qituvchi tayyor bargchalarni yoki yomg‘ir tomchilarini
tarqatib chiqadi, o‘quvchilar esa ularni doskadagi suratga qo‘yib chiqishlari kerak.
Jismoniy daqiqa. “Quyosh nurlari” o‘yinida noverbal muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi
o‘yindan foydalaniladi. O‘yinning borishi: o‘quvchilar aylana bo‘ylab turib oladilar. Qo‘llarini oldinga
markaz tomon cho‘zib turadilar. Har bir o‘quvchi o‘zini quyoshning iliq nuri ekanini his etishi kerak.
Mustahkamlash. Kuz faslida pishadigan meva yoki sabzavotlardan foydalangan holda
“Mazasiga qarab top” o‘yini o‘ynaladi. O‘yinning borishi: o‘qituvchi 2 tadan o‘quvchini yoniga
chaqiradi. Ularning birini ko‘zini bog‘lab, ko‘zi bog‘lanmagan o‘quvchiga biron-bir sabzavot yoki
mevaning kichik bo‘lagini o‘rtog‘iga berishini aytadi. Ko‘zi boylangan o‘quvchi ta’miga qarab nima
ekanini topishi kerak. Agar to‘g‘ri topsa, uning ko‘zlari yechilib yonida turgan hamrohining ko‘zlari
bog‘lanadi va birinchi o‘quvchidan ko‘zi bog‘langan hamrohiga meva yoki sabzavotni yedirish
vazifasi yuklatiladi.
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa.
Kartochkada berilgan kuz fasliga oid she’rni yod olish. Rag‘batlantirish. O‘quvchilarning faoliyatiga
ko‘ra baholanadi.
“Alifbe” darsi. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga o‘quv qurollari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni asrash, tozalikka rioya etish
qoidalari bilan tanishtirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro
muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida so‘rash.
Kichik she’r bilan o‘quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
Mehmon bo‘lib keldi kuz,
Kuz emas u oltin kuz.
Bog‘larda mevalar pishgan,
Barchamizni xursand etgan.
O‘quvchilardan qaysi faslning ta’rifi keltirilgani so‘raladi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Kun tartibi” mavzusi “Oyna” noverbal o‘yini asosida
takrorlanadi. O‘yinning borishi: o‘quvchilar orasidan bir o‘quvchi chiqib o‘zining kun tartibini
pantomimika orqali ko‘rsatadi, boshqa o‘quvchilar o‘z akslarini ko‘rgandek harakatlarni qaytaradilar.
Yangi mavzuning bayoni. O‘quvchilarga bugun darsda ular ta’lim olishlarida yordamchi bo‘lgan o‘quv
qurollari haqida suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. O‘quv qurollarining har biri nima vazifani bajarishi
birma-bir tushuntiriladi. “To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yini orqali o‘quvchilar bilimi tekshiriladi. O‘yinning
borishi: o‘qituvchi doskaga uchta o‘quv qurollariga oid va bitta o‘yinchoq rasmini qo‘yadi, uchta
o‘quv quroliga oid, bitta meva yoki sabzavotlarga oid rasmlarni qo‘yadi. O‘quvchilar o‘quv qurollari
orasidagi ortiqcha rasmni topishlari kerak. Jismoniy daqiqa. “Sumkangizni maktabga tayyorlang”
o‘yinidan foydalaniladi. O‘yinning borishi: stol ustiga turli xil predmetlar qo‘yiladi. O‘quvchilar birma-
bir chiqib, faqat maktabda foydalaniladigan o‘quv qurollarini ajratib, sumkaga solishlari kerak.
Shuningdek, o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib, har bir guruhga alohida-alohida stol ustida
predmetlar qo‘yib, ular ichidan maktabga kerakligini kim tez joylashtirib berishi so‘raladi.
Mustahkamlash. “Amaliy topshiriqlar” o‘yinidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘quv
qurollaridan qanday foydalanish, ularning boshqa predmetlardan farqini bilib oladilar. Bu o‘yin
yordamida bolaning aniq amaliy vaziyatni tushunishi aniqlanadi. Vaziyat yechimining mantiqiy
34
Do'stlaringiz bilan baham: |