TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
eksperimental tasdiqlab berilgan
1
. L.S.Vigotskiy
2
, A.A.Leontev
3
, V.G.Petrova
4
larning ta’kidlashicha,
bola atrofdagi insonlar bilan qanchalik oson muloqotga kirisha olsa, hayotining keyingi davri, ya’ni
o‘quv, ish faoliyati, taqdiri va hayotda o‘z o‘rnini topishi shunchalik osonroq kechadi. Aynan shu
davrda atrofdagi insonlar bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan, o‘z nutqini to‘g‘ri ifodalashga bo‘lgan
mas’uliyat ko‘nikmalari rivojlana boshlaydi. Shuningdek, qonun-qoidalarga rioya etish, alohida
shaxsiy va guruhli faoliyatlarni tashkil etish, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro faoliyatda muloqot va
munosabatning qimmatligini tushunish shakllanib boradi. Aynan shu yoshda uning hayoti davomida
qo‘llaydigan muloqot qilish qoidalari va me’yorlari rivojlanadi. Nutqiy va ekspressiv muloqot qilish
xarakteri bolani hayoti davomida boshqa insonlar bilan mustaqil muloqot qilishga bo‘lgan darajasini
belgilaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini muloqot qilishdagi qiyinchiliklarini
aniqlash hamda vaqtida bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf aqli zaif
o‘quvchilarning nutqi hamda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish bo‘yicha umumiy
va maxsus psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan ta’kidlovchi eksperiment
natijalari asosida, aqli zaif o‘quvchilarning lug‘ati va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim
jarayonida rivojlantirishga qaratilgan o‘yin texnologiyalari ishlab chiqdik
5
. “Texnologiya” yunoncha
so‘z bo‘lib, “teche” – “mahorat”, “san’at” va “logos” – “tushuncha”, “o‘rganish” demakdir.
Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirishdagi usul va vositalar xususidagi bilimlar
yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar yotadi. “Ta’lim texnologiyasi” -
ta’limdagi maqsadga erishish instrumentariysi, ya’ni ilgaridan loyihalashtirgan ta’lim jarayonini yaxlit
tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning uslub, usul va
vositalar tizimi ta’lim jarayonini boshqarishdan iborat
6
. Ta’lim berishning eng samarali yo‘li bu –
o‘yin texnologiyalaridir. Didaktik, harakatli, syujetli – rolli o‘yinlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda
insoniy fazilatlarga xos bo‘lgan o‘zaro muloqotga kirishish, hamkorlik va raqobat, rahmdillik va
qattiqqo‘llik kabi ijtimoiy-amaliy tajribalarni shakllantirib bordik. Har bir mavzuga mos verbal va
noverbal o‘yin texnologiyalarini tanlab takomillashtirdik, hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-
internatlarning darslari davomida ushbu o‘yin texnologiyalarini qo‘lladik. Misol tariqasida bir necha
mavzular yuzasidan dars ishlanmalarini ko‘rsatib o‘tamiz.
“Nutq o‘stirish” darsi. Dars mavzusi: Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar.
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: tabiatni asrash, xazonlarni yoqmaslik, tozalikka rioya etish qoidalari bilan
tanishtirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro muloqotga
kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida so‘rash.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “O‘zbekiston mening vatanim” mavzusi “Loto” o‘yini asosida
takrorlanadi. O‘yinning borishi: O‘quvchilarda bir nechta predmetlar tasvirlangan rasmlarning bir
qismi bo‘ladi. Ushbu predmet tasvirining bir qismi esa o‘qituvchida bo‘ladi. O‘qituvchi doskaga
biron-bir predmetning bir qismni joylashtiradi, o‘quvchilar esa o‘zlaridagi predmetlar tasviri
orasidan doskadagi predmetning qismini topishlari kerak. Topilgan predmetning qismi doskadagi
predmet bilan birgalikda birlashtiriladi. Masalan: bayroqning 3 xil rangini qismlarga ajratish mumkin,
bayroqning katta tasviri doskaga ilinadi hamda o‘quvchilar yulduzchalarini qo‘yib chiqishlari taklif
etiladi.
1
Петрова В.Г. Психология умственно отсталых школьников. – М.: Академия, 2002. - 160 с.
2
Выготский Л.С. Психология развития человека. М.: Изд-во Смысл; Эксмо, 2005. -1136 с.
3
Леонтьев А.А. Психология общения. – М.: Смысл, 1999. -365 с.
4
Петрова В.Г. Развитие речи учащихся вспомогательной школы. - М.: 1997, - 199 с.
5
Мусаева Н.С. Ақли заиф ўқувчиларнинг вербал ва новербал мулоқотга киришиш кўникмаларини таълим жараёнида
ривожлантириш. Автореферат. Т., 2018.
6
Абдуқодиров А., Пардаев А. Педагогик технологияларга оид атамаларнинг изоҳли луғати. –Т.: Фан ва технологиялар, 2012. –
44 б.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |