TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
175
Bundan tashqari, o‗qituvchining shaxsiy blogda tizimli ishlashi uning kasbiy
faoliyatiga yangi maqom – innovatsion faoliyatni beradi va uni zamonaviy, ijodiy,
raqobatbardosh professional shaxs sifatida shakllantiradi.
Blog deganda, shaxsan o‗qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatdagi auditoriya
va auditoriyadan tashqari soatlarda amaliy vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan,
shuningdek, o‗quv jarayoni ishtirokchilarining intellektual va aqliy rivojlanish
darajalarini hisobga olgan holda foydalanuvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq
to‗ldirilgan shaxsiy axborotlar tushuniladi [6].
Bloglarning ko‗p jihatdan afzalliklari mavjud bo‗lib, jumladan mustaqil
ravishda maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilish, taʼlimga oid yagiliklar to‗g‗risida sharhlar
berish, elektron taʼlimiy resurslar bilan boyitib borish mumkin. Bloglardan taʼlim
muassasalarida har bir fanni o‗qitishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, ular
nafaqat o‗qituvchi va talabalar o‗rtasida taʼlimiy muloqot jarayonini tashkil qilish
vositasi bo‗lib xizmat qilishi, balki talabalarga o‗z fikrlari bilan o‗rtoqlashish, kreativ
qobiliyatlarini rivojlantirish va maʼlumotlar almashish imkoniyatini beradi.
Blog taʼlim jarayoniga moslashuvchan vosita bo‗lib, ham individual ham
jamoaviy vosita sifatida ishlatilishi mumkin [7].
O‗quv maqsadlarining yangi yechimi (ularning shaxsiy ehtiyojlari,
intellektual rivojlanish vazifalariga yo‗naltirilganligi) muayyan taʼlim muassasalarida
taʼlim mazmuni muammolarini taʼlim standartlari asosida hal qilishni talab qiladi.
Polsin, Snayder va Gunislarning fikrlariga ko‗ra, kelajakdagi informatika
o‗qituvchilarini tayyorlashda dasturlash tillarini o‗qitish doirasida taʼlim jozibador va
bilimlarni amaliyotga qo‗llashni taʼminlash maqsadida yangi bilim, usul va shakllarni
joriy etish muhimdir [8].
Dasturlash tillarini anʼanaviy tarzda o‗qitish, odatda, talabalar tomonidan
qabul qilinadigan murakkab vazifalar va savollarni o‗z ichiga oladi, bu esa o‗quv
materiallarining noto‗g‗ri tushunilishiga olib keladi. Anʼanaviy usullar bilan
dasturlash tillarini o‗rganish muayyan dasturlash tilining sintaksisini o‗rganishga
asoslangan bo‗lib, u talabalar orasida qiziqish uyg‗otmaydi yoki o‗zlashtirishda
qiyinchiliklar tug‗diradi. Dasturlash tillarini o‗qitish vositalari boshqa fanlarni
o‗qitishdan ko‗ra mutlaqo boshqacha rol o‗ynaydi.
Respublikamizda
o‗qitish
texnologiyalarini
zamonaviylashtirish,
jadallashtirish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb
ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy taʼlim tizimining salohiyati tizimli
rivojlanishinig yanada yuqori pog‗onasiga ko‗tarilmoqda.
Biz taklif etayotgan zamonaviy metodik tizimda Blog-texnologiyasini yangi
usul sifatida, blogni o‗zini esa vosita sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq bo‗lar
edi. Blog-texnologiyasini joriy qilish pedagoglarga nafaqat o‗z kasbiy sohasidan
yaxshi xabardor bo‗lish, balki talabalar salohiyatini: ijodkorligi, hamkorlikda ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |