TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/1(22) Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlik”
rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatda mintaqada transport infratuzilmasi va
tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, yangi avtomobil va temir yo‘llar, aviaqatnovlarni
ochish orqali barcha transport turlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish ko‘zda
tutilgan
13
.
2018-yil kuzda Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari
tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro
konferensiya tashkil etildi. 40 dan ziyod mamlakat, xalqaro tashkilot, moliya
institutlari, yirik transport kompaniyalari vakillari ishtirok etgan anjuman mintaqa
mamlakatlari transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish
imkonini berdi. Tadqiq etilgan materiallar tahlilidan O‘zbekistonning so‘nggi yillarda
Markaziy Osiyo davlatlari bilan transport kommunikatsiyalari tizimida bir qator
yutuqlarni qo‘lga kiritganligining guvohi bo‘lamiz. Jumladan, O‘zbekiston va
Tojikiston poytaxtlarining o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi. Toshkent – Olmaota
yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar poyezdlar harakati, qo‘shimcha parovozlar, Markaziy
Osiyoda ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga chiqadigan Toshkent – Andijon – O‘sh –
Irkishtom – Qoshg‘ar avtomobil yo‘lagi bo‘yicha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Tranzit
tashishlar hajmini oshirish maqsadida 2018-yilda O‘zbekiston bilan Tojikiston
chegarasida Samarqand va Panjikentni birlashtiruvchi “Jartepa” nazorat-o‘tkazish
punkti, G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l liniyasi ishga tushirildi. Sakkizta
avtomobil va bitta “Amuzang” temir yo‘l o‘tkazish maskani, O‘zbekiston –
Qirg‘iziston chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati qayta tiklandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasidagi transport kommunikatsiya
masalalariga 2017-yil mart oyidagi ikki mamlakat rahbarining bo‘lib o‘tgan
uchrashuvida ham alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakatning o‘zaro
integratsiyalashgan avtomobil va temir yo‘llari nafaqat ular o‘rtasidagi transport-
kommunikatsiyalarni mustahkamlaydi, balki uchinchi davlatlar uchun ham tranzit
vazifasini o‘taydi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha
O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon xalqaro transport-kommunikatsiya
koridorinining muhim uchastkasini amalga oshirishga kirishildi: Amudaryo orqali
Turkmanobod – Farob temir yo‘li hamda avtomobil yo‘li ko‘priklari (2017-yil 7-mart)
ochildi. O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Bokuga chiqish orqali
Janubiy Kavkaz – Tbilisi – Kars yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport-
kommunikatsiya magistralini yaratish g‘oyasini amalga oshirish hamda Gruziya,
Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengiz bo‘yidagi portlariga chiqish
13
Халқ сўзи. – 2019. – 23 ноябрь.