Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish



Download 155,91 Kb.
bet6/15
Sana21.09.2021
Hajmi155,91 Kb.
#181404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari

1.3. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shakllanishida maktab va oilaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish

Ta’lim tizimining demokratlashuvi, innovatsion dasturlar maxsus muassasalarning ham oila bilan о‘zaro hamkorligi muammosini hal etish, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan farzandni tarbiyalayotgan ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish sharoitlarini yuzaga keltirish yо‘llarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqmoqda15 Tadqiqotchilar va amaliyotchilar bunga bog‘liq quyidagi qarama-qarshiliklarni aniqlaganlar:

— ota-onalarning huquqlari va burchlari о‘rtasidagi va ulardan foydalanishni bilmaslik;

— ota-onalarning ta’limga bо‘lgan ehtiyojlari va ularni qondirishning imkoniyatini mavjud emasligi;

—ota-onalarda pedagogik madagniyat darajasining pastligi va bolani tarbiyalashda psixologiya asoslarini bilmasliklari hamda maxsus muassasalarda ta’lim tizimining talab darajasida emasligidir.

Turli ijtimoiy institutlar о‘rasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlanishi va rivojlanishi (maktab, oila, jamoatchilik) rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning hayot tarzi va tarbiyalanishini yaxshilanishiga olib keladi.

Hozirgi vaqtda oila va maktabning о‘zaro faoliyatiga quyidagi tamoyillar asos bо‘ladi:

1) bolani tarbiyalash va о‘qitishda ota-onalar va pedagoglar partner (sherik) bо‘ladilar;

2) bu pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolalarni tarbiyalash va о‘qitishdagi hamfikrlilik;

3) pedagoglar va ota-onalar tomonidan bolani hurmat qilish, yordam berish va unga ishonish;

4) pedagoglar va ota-onalar tomonidan rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalash va о‘qitishda oila va maktabning imkoniyatlarini bilishlari va ulardan maksimal darajada foydalanishlari;

5) oila va maktabning о‘zaro hamkorligi jarayonini, uning oraliq va yakuniy natijalarini doimo taxlil qilish.

Jamoatchilik va oilada tarbiyalashning о‘zaro aloqadorligi, shuningdek pedagoglar, ota-onalar va jamoatning о‘zaro ma’suligi bir qator meyoriy –huquqiy hujjatlarda о‘z aksini topgan 16.

Masalan, “Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonun” da ota-onalar birinchi pedagoglar deb kо‘rsatilgan. Ular farzandlarining jismoniy, ahloqiy va intellektual rivojlanishiga asos solishlari lozim.

Bunga bog‘liq ravishda maktabning oila bilan ishlashdagi mavqei о‘zgaradi. Har bir maktab bolani tarbiyalab qolmasdan, balki ota-onalarga bola tarbiyasi bо‘yicha maslahatlar beradi. Bunga bog‘liq ravishda ta’lim muassasasi ota-onalar bilan ish olib borish sharoitlarini aniqlash, uning mazmunini boyitishi, maktab va oilaning rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalashda va о‘qitishdagi hamkorligining formasi va metodlarini takomillashtirishi lozim. Defektolog –faqatgina bolalarning tarbiyachisi bо‘lmay, balki ularni tarbiyalash bо‘yicha hamkordirlar 17.

Maktab va oilaning mustahkam hamkorligini amalga oshirish lozimligi haqida: « Bolalarni tarbiyalamasdan, maktab hayotida ota-onalarning ishtirokisiz, kattalar va bolalarning doimiy ma’naviy muloqotisiz oila jamiyatning dastlabki yacheykasi bо‘la olmaydi, maktab esa о‘quv-tarbiyaviy maskini bо‘lmaydi va jamiyatning ma’naviy rivojlanishi tо‘xtab qoladi» deb kо‘rsatgan .

«Ota-onalar bilan ish olib borish masalasi –juda muhim va dolzarb muammo. Bunda ota-onalarning bilim darajasi, ularning о‘z bilimlarini oshirishga yordam berish, ularni ma’lum bо‘lgan pedagogik bilimlar bilan qurollantirish bо‘yicha ishlar olib borish lozim»18.

Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan farzandni tarbiyalayotgan oilaga nisbatan maktabning rahbarlik va tashkillashtiiruvchi roli bir qator omillar bilan belgilanadi:

—ota-onalar о‘rtasida pedagogik bilimlarni rejaga asosan, faol ravishda yoyish ;

— bola tarbiyasida oilaga yordam berish;

— jamiyatda va oilada tarbiyaning ijobiy tajribasini tashviqot qilish;

— ota-onalarni pedagogik faoliyatga jalb etish;

— ota-onalarning pedagogik bilimlarni egallashlarini faollashtirish va boshqalar.

V.A. Suxomlinskiy pedagogika barcha uchun, ya’ni о‘qituvchilar va ota-onalar uchun ilm bо‘lishi kerak deb kо‘rsatgan. Biror-bir muvaffaqiyatli tarbiyaviy ish pedagogik ta’limsiz, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish tizimisiz bо‘lmaydi, chunki pedagogik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ota-onalarning pedagogik madaniyati deganda bola tarbiyachisi sifatidagi shaxs tomonlarining rivojlanganligi, bola tarbiyasiga tayyorligi tushunilib, ular oilada va jamiyatda bola tarbiyasi jarayonida namoyon bо‘ladi. Ota-onalarning pedagogik madaniyatining asosiy komponenti bо‘lib psixologik-pedagogik, fiziologik-gigiyenik va huquqiy bilimlarining ma’lum bir summasi, shuningdek rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalash amaliyoti jarayonida yuzaga kelgan kо‘nikma va malakalar, ularning pedagogik tayyorgarligi xizmat qiladi19.

Bunda ota-onalarning tarbiyaga bо‘lgan munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalik burchiga ma’suliyat bilan yondoshish, о‘z farzandlarini iloji boricha yaxshi tarbiyalashga bо‘lgan hoxish - ota-onalarning pedagogik madaniyatini ajralmas qismidir.

Korreksion pedagogika sohasida ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalash va о‘qitishning asosiy qonuniyatlari va xususiyatlarini bilishlari, tarbiya mazmuni va metodlari bilan tanishishlari, bolaning atrofdagilar bilan munosabatlari va ijtimoiy qimmatga ega bо‘lgan xulq formalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan bolalar faoliyatini, muloqotini tashkil etish formalari va metodlarini e gallashlari muhim.

Pedagogik madaniyatni tarbiyada jamiyatning ota-onalar shaxsiga bо‘lgan asosiy talablar, oiladagi munosabatlarni regulyatsiya qiluvchi g‘oyaviy, ahloqiy munosabatlar, oiladagi shaxslararo munosabatlar ijtimoiy-pedagogik shartlari bilan birgalikda kо‘riladi.

Bunga bog‘liq ravishda ota-onalar bilan ish olib borish quyidagi hamkorlik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.

Hamkorlik belgilariga quyidagilar kiradi:

— jarayonning har bir ishtirokchisi faoliyat maqsadini anglashi;

—ishtirokchilar о‘rtasida mehnatni aniq bо‘linishi va kooperatsiyasi;

—jarayon ishtirokchilari о‘rtasida ma’lumot alamashishdagi shaxsiy aloqalar, о‘zaro yordam;

— ijobiy shaxslararo munosabatlar20.

Shuni ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda ota-onalarning faolligi oshib, ular bola tarbiyasida faol ishtirokchilarga aylandilar. «...Shunday qilish lozimki, maktab ota-onalarning о‘rnini bosmasin, ularni ota-onalaridan uzoqlashtirmasdan, balki ularni bir-biri bilan bog‘lab, aloqasi va о‘zaro harakati uchun sharoit yaratsin »21 .

Ota-onalar bilan ish olib borish – defektolog faoliyatining murakkab va muhim qismi bо‘lib, u о‘ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‘nikma va malakalarini oshirish, oiladagi tarbiyada pedagoglar tomonidan ota-onalarga yordam berish, bola tarbiyasi uchun muvofiq sharoit yaratish,bolani tarbiyalashda ota-onalar va tarbiyachilar, pedagoglarning о‘zaro harakatlarini kiritadi.

YE.A. Arkin, ota-onalar bilan ishlashning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritgan:

1) bolalaning oilasini о‘rganish;

2) maktab faoliyatida ota-onalarning faol ishtirok etishga jalb etish;

3) rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalash va о‘qitishdagi oila tajribasini о‘rganish;

4) ota –onalarga korreksion pedagogika va psixologiya sohasida tushunchalar berish 22.

Maktab va oilaning hamkorligi vazifalarini hal etishda asosiy muammolardan biri bu soha faoliyatini yaxshi bilmaslik bir tomondan, ikkinchi tomondan oila bilan ishlashda faqat an’anaviy metodlarni qо‘llash bо‘lib, kо‘p vaqtda pedagoglar va ota –onalar hamkorligining boshqa shakllarini qо‘llash zaruriyati kelib chiqmoqda.

Bunday hamkorlikni Angliyada о‘rganish ajribasi qiziqarli. Masalan, Lindon bolalarning tarbiyasida ota-onalarning ishtirokini о‘rgangan.

G. Pag i B. Tayzardlar о‘z tadqiqotlarini ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish masalalariga qaratganlar. Bu tadqiqotlar asosida hamkorlikning 5ta asosiy yо‘nalishlari kо‘rsatib berilgan, bulardan 3tasi mutaxassislarga, ikkitasi ota-onalarga tavsiya etilgan. posvyatili ryad rabot podklyucheniyu roditeley k deyatelnosti shkol.

1. «Tarbiyasiz bolalarga yordam berishga harakat qilayotgan mutaxassislar ota-onalarni bolalarni rivojlanishidagi muhim potensial, shu bilan bir vaqtda “muammoning bir qismi deb qaraydilar”.

2.Bolalardagi qiyinchiliklar oiladagi qiyinchiliklar sifatida qaralib, oila muammolaridan ajratib qaralmaydi. Oilaning boshqa a’zolarini о‘zgartirishlar kiritish lozimligiga ishontirmasdan muammoni hal etib bо‘lmaydi

3. Mutaxassislar bolani uyda о‘qitishga ota-onalarni jalb etib, ular ishga halaqit bermasdan, balki farzandlarining muvaffaqiyatlariga yordam beradilar. Ota-onalar farzandlariga yordam berish maqsadida yangi malakalarni egallab olishlari mumkin.

4. Hamkorlikning yana bir tomoni: ota-onalarning ma’lumotga ega bо‘lish huquqlari va maktabga bolalarining hayotiga samarali ta’sir etish uchun murojaat qilishlaridir.

5. Ota-onalar о‘zlarini har narsaga qodir kattalar deb hisoblaydilar 23.

1. Oila faqat bolalarnigina emas, balki kattalarning ham ijtimoiylashuvida muhim omil bо‘lib, unga insonning butun hayoti davomida jismoniy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishi bog‘liq bо‘ladi.

2. Oiladagi tarbiya bola shaxsini ijtimoiylashuvining faqat jamoat uchungina emas, balki ota-onalarning individual ravishda о‘zlarini ma’naviy tomonini farzandlarida namoyon bо‘lishida, bolalar himoyalashda kо‘rinadi.

3. Ota-onalar bilan ishlash bu defektolog faoliyatining murakkab va muhim tomoni bо‘lib, u о‘ziga ota-onalarning pedagogik bilim, kо‘nikma va malakalarining darajasini kо‘tarish; ota-onalarga oilada tarbiya bо‘yicha pedagoglarning yordamini talab etadi.




Download 155,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish