1.1 Oila- bolani ma’naviy-ahloqiy shakllanishidagi ijtimoiy institut sifatida
Oila bola shaxsini shakllanishida ma’naviy-ahloqiy muhit bо‘lgan va bо‘lib kelmoqda, shuningdek, xalqning ijtimoiy shakllanishiga javob beradigan bosh ijtimoiy institutdir. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, ilmiy-texnikaning rivojlanishi va urbanizatsiyaning ta’siri natijasi oila pedagogikasining bola tarbiyasidagi rolini kamayishiga olib kelmoqda. Ammo, bola shaxsini shakllanishida oilaning tarbiyaviy funksiyasi о‘zining ta’sirini yо‘qotgani yо‘q 4.
Oilani tarixiy jihatdan kichik ijtimoiy guruxni tashkil etuvchi sifatida kо‘rib, uning a’zolari nikoh yoki qarindoshlik aloqalari bilan bog‘langan, hayot tarzi umumiy bо‘lgan, о‘zaro ma’naviy javobgarlikka ega zveno deb qaraladi5.
Halq tomonidan yaratilgan,qomusiy ahamityaga ega bо‘lgan “Pandnoma”lar, buyuk allomalardan Abu Rayxon Beruniy, Imom Al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muxammad Zaxriddin Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Axmad Donish, Abu Ali ibn Sino, Al Forobiy, Abdulla Avloniy va boshqa о‘nlab buyuk shoir va mutaffakirlar maktab va oilada bolani xush-xulq, ahloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, о‘zining alohidaligi bilan ajralib turadi.
Abu Ali ibn Sino о‘zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bо‘lib qolishini ta’kidlaydi6.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy har bir kishining baxt-saodatga erishishida yolg‘iz о‘zi emas, balki kо‘plab kishilarning birgalikdagi sa’i-harakati, odamlar faoliyati, bu davlatda yashovchi insonparvar,insonga muhabbatni, yuksak ahloqiy kishilar ta’sirida bо‘lishga intilish kerakligini kо‘rsatgan.
Musurmonova O.zamonaviy milliy pedagogikada kо‘rib о‘tilayotgan masalaning dolzarbligiga alohida ahamitya qaratgan holda, yangi tug‘ilgan bolaga ham xuddi nihol kabi parvarish zarurligini, pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqligini ta’kidlab, quyidagicha xulosalaydi: “Oila tarbiyasida hikmat (falsafiy-pedagogik yо‘nalishlar) kо‘p”7.
Har bir ota-onaning bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi ilmiy-pedagogik bilimlarni takomillashtirish davssasasir taqozosi ekanligi, bunday dolzarb, murakkab ish maktabgacha tarbiya muassasasi hamda oila hamkorligida amalga oshiriluvchi yagona, yaxlit tarbiya tizimi mavjud bо‘lgandagina ijobiy natija berishini kо‘rsatib о‘tadi.
Sharipova D.J. nogiron bolalarga qonunchilikda belgilangan kafolotlarni tо‘laqonli yetkazish, tibbiy-ijtimoiy ishlarni keng kо‘lamda о‘tkazish, ularni kelajak hayotga, jamiyatga moslashtirish va о‘z о‘rinlarini topishlarida yordam berish hozirgi kundagi dolzarb muammolarligidan biri ekanligini alohida qayd etadi.
Oila bolaga bо‘lgan ta’sirining chuqur о‘ziga xosligi uchun bolani tarbiyalashda asosiy omil bо‘lib xizmat qiladi. Oilaning ishtirokisiz tarbiyalanayotgan bolalar oilada tarbiyalanayotgan bolalarga qaraganda u yoki bu tomondan rivojlanishdan orqada qoladilar.
Oilada tarbiyalashning zaruriyati quyidagilar bilan asoslanadi:
1. Oilada tarbiyalash boshqa tarbiyalarga qaraganda ancha hissiy gabо‘lib, uning “о‘tkazuchi yо‘li” ota-onalarning farzandlariga bо‘lgan sevgisi va bolalarining ota-onalariga bо‘lgan javob hislari (bog‘langanlik, ishonch) bilan ajralib turadi.
2. Bola, ayniqsa ilk yoshda boshqa ta’sirlarga qaraganda oilaning ta’siriga moyil bо‘ladi.
Z. Oila kichik guruxni, о‘ziga xos ijtimoiy mikrokosmni tashkil etib bolani ijtimoiy hayotga asta-sekin yо‘naltirish va uning dunyoqarashi va tajribasini oshirishga bо‘lgan talablarga javob beradi.
4. Shu bilan birgalikda oila bir xil bо‘lmagan, differensirlashgan ijtimoiy gurux bо‘lib, unda turli yoshdagi, turli jinsdagi , hatto turli kasbiy tizimlar yotadigan ijtimoiy guruxdir. Bu bolaga о‘zining hissiy va intellektual imkoniyatlarini faol namoyon etishga, ularni tezroq amalga oshirish imkonini beradi8.
Oila faqatgina bolalarnigina emas, balki kattalarning ham ijtimoiylashuvining muhim omili bо‘lib, unga insonning butun hayoti davomida jismoniy, hissiy va ijtimoniy rivojlanishi bog‘liq bо‘ladi. Jismoniy rivojlanish oilaning mavjudligi va xarakteri bilan bog‘liq.
Hissiy rivojlanishda oiladagi muhim va munosabatlar muhim rol о‘ynab, u о‘zining a’zolari uchun “ekologik zona” hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanish jarayonida oila ma’qullashi, qо‘llab-quvvatlashi, e’tiborsizligi yoki qoralashi bilan insonning ijtmoiy bog‘lanishiga ta’sir qiladi, unga murakkab hayotiy vaziyatlarda yordam, yoki vaziyatdan chiqish yо‘lini izlashga, yangi ijtmoiy muhitga moslashuvida halaqit berishi mumkin 9.
Oilada tarbiya bola shaxsini ijtimoilashuvi uchun faqatgina jamoatning manfaatlariga emas, balki ota-onalarning ma’naviy ta’siriga, farzandlarning qо‘llab-quvvatlash, himoyalanishga bо‘lgan manfaatlariga, ota –onalarning ma’naviy yordamlariga imkon yaratadi.
Oilaviy hayotda ijtimoiy-biologik, ahloqiy-xuquqiy, psixologik va estetik munosabatlar yotadi10 .
Oilaning tarbiyaviy potensialini uning pedagogik imkoniyatlarini belgilovchi omillar va sharoitlar tashkil etadi. Oilaning tarbiyaviy potensiali komponetlari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
- oila a’zolarining soni va tuzilishi;
- oiladagi ahloqiy- psixologik muhit, oila a’zolari о‘rtasidagi muloqotning xarakteri;
- ota-onalarning hayotiy va kasbiy tajribasi, ularning ma’lumoti darajasi va pedagogik madaniyati;
- oiladagi vazifalarning taqsimlanganligi (tarbiyaviy vazifalarning ham);
- oiladagi moddiy va maishiy sharoit;
- oilada dam olishning iashkil etilishi, oilaviy an’analarning mavjudligi11;
- oilaning maktab va boshqa ijtimoiy institutlar bilan о‘zaro aloqasi.
Bolaning tarbiyasida oiladagi ahloqiy-psixologik muhit, avlodlar bilan va er-xotin о‘rtasidagi munosabatlar yetakchi rol о‘ynaydi. Rus pedagogi V. A. Suxomlinskiyning kо‘rsatishicha,bolaning tarbiyasidagi asosiy maktab – bu er va xotinning, ota va onaning о‘zaro munosabatlaridir. «Bolalarni tarbiyalash bu alohida kuchlarni, ma’naviy kuchlarni berishdir. Insonni biz sevgi bilan, otaning onaga, onaning otaga bо‘lgan sevgisi, xurmati orqali dunyoga keltiramiz. Ota va onasi bir –birini hurmat qilgan shuningdek odamlarni sevgan va hurmat qilgan sevgan oilalarda tarbiyali bolalar ulg‘ayadi»12.
Oila pedagogikasining muhim va ajralmas qismi bu ota-onalarning farzandlarini sevishidir. Ayniqcha ilk yoshlarida ota-onalarning farzandlariga bо‘lgan sevgisi, e’tibori bо‘lmagan oilalardagi bolalarda о‘smirlik yoshga kelib nevrotik о‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Bolaning tо‘laqonli rivojlanishi uchun ham otaning ham onanining farzandga bо‘lgan sevgisi zarur.
Oiladagi bо‘sh vaqt sferasi eng avvalo bolaning tarbiyasi, oila a’zolarining ma’naviy rivojlanishi, ularning kelajakdagi mehnat faoliyatiga psixik va jismoniy tayyorgarligi uchun sharoit yaratadi. Oiladagi avlodlar о‘rtasidagi muloqot, munosabatlar (otaonalar-farzandlar, buvi va buvalar- nabiralar) tarbiyaviy xarakter tusini oladi vabshsh vaitlarini shunga qartishni nazarda tutadi13 [19, 37-38].
Oilada bо‘sh vaqtni tashkil etishda bir oila a’zosining manfaatlarini, qiziqishlarini oilaning boshqa a’zolari qiziqishlariga ham tо‘g‘ri kelishini, ya’ni ma’lum bir psixologik kelishuvni e’tiborga olish lozim. Oilaviy bо‘sh vaqt undagi qarama-qarshiliklar va muammolarni ochadi, bu muammolar boshqa faoliyat doiralarida keyinga planga surilishi mumkin. Bunday muammolar (obyektiv va suyektiv) er-xotinning individual xususiyatlari, oila qadriyat sifatida qarashga bо‘lgan psixologik ustanovkalari bilan bog‘liq bо‘ladi. Bо‘sh vaqtlardagi muloqot oilaning bir qator funksiflarini samarali amalga oshirishga imkon yaratadi [19, 81]
Oilada bola tarbiyasining samaraliligi unga ota-onalar va pedagoglar tomonidan qо‘yiladigan talablarning birligiga bog‘liq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |