2-bo‘lim. 10 000 ICHIDA RAQAMLASH. SONLI IFODALAR. TENGLAMALAR. - 43-45-mavzular. Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari (3 soat).
- 46-48-mavzular. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Rim raqamlari (3 soat).
- 49-51-mavzular. Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Yechimlarni kalkulyator yordamida tekshirish (3 soat).
- 52-53-mavzular. Uch xonali sonni bir xonali va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish usullari (2 soat).
- 54-55-mavzular. Uch xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish usullari (2 soat).
- 56-57-mavzular. To‘rt xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish usullari (2 soat).
- 58-60-mavzular. Ko‘paytirishni bo‘lish bilan, bo‘lishni ko‘paytirish bilan tekshirish. Qoldiqli bo‘lishni tekshirish (3 soat).
- Nazorat ishi (1 soat).
- 61-62-mavzular. Ikki o‘zgaruvchili ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topish (2 soat).
- 63-64- mavzular. Ifodaning qiymatini topish (2 soat).
- 65-67- mavzular. Tenglamalarni yechish (3 soat).
- 68-69-mavzular. Tengsizlik. Katta emas va kichik emas (≤ va ≥) belgilari (2 soat).
- 70-72-mavzular. Bir nechta yechimli va yechimga ega bo‘lmagan masalalar. Masalalar yechish (3 soat).
- 73-74-mavzular. Vaqt o‘lchovi birliklari: soat, minut, soniya, Ular orasidagi munosabatlar: 1 soat = 60 daq, 1 daq = 60 s, 1 sutka = 24 soat, 1 asr = 100 yil, 1 yil = 12 oy (2 soat).
- Nazorat ishi (1 soat).
- Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi; - sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
- 6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha oladi;
- arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;
- murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
- ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.
- Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
- o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
- o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
- o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |