Logistik xizmat ko‘rsatish darajasining qulay hajmini aniqlash
O‘tgan bo‘limning ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, xizmat ko‘rsatish darajasining o‘sishi bir tomondan xizmatlar uchun harajatlarning ortishi, boshqa tomondan sotish hajmining o‘sishi, binobarin, daromadlarning o‘sishi bilan birgalikda ortib boradi. Logistika xizmatining vazifalari xizmat ko‘rsatish darajasining qulay ko‘rsatkichlarini topishdan iborat bo‘ladi.
Logistik xizmat ko‘rsatishning past ko‘rsatkichlaridagi savdo jarayonlarining zarar keltirish xizmat bozorining rivojlanganida vujudga keladi.
Aytaylik, ulgurji savdo korxonasi ulgurji xizmatning rivojlangan bozorida ishlashni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsin.
Xizmat ro‘yxatlarini barpo etish bo‘yicha harajatlar, haridorlarning xizmat yuzasidan qiziqishlarining kamayishi, binobarin, sotish hajmining pasayishi natijasida o‘zini qoplamasligi mumkin.
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
tovar yetkazib berishning ishonchliligi;
talabni olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetkazib berishga qadar bo‘lgan to‘liq vaqt;
tovar yetkazib berishning ixchamliligi;
tovar yetkazib beruvchining omboridagi zaxiralarning mavjudligi; kreditlarni berish imkoniyatlari shuningdek boshqa imkoniyatlar.
Tovar yetkazib berishning ishonchlilik deyilganida tizimning kompleks
xususiyatlari tushunilib, uning belgilangan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlaridan iborat bo‘lib, ularning xususiyatlarini belgilangan doirada saqlab qoladi.
Tovar yetkazib berishning ishonchliligi – bu yetkazib beruvchining belgilangan tarzda shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilib berish xususiyatlarini bildiradi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi ayrim ish turlari bo‘yicha bajarish muddatlarini saqlashning ishonchliligi bilan belgilanib, tovar yetkazib berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Tovar yetkazib berishning to‘liq ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri bo‘lib, shartnomada belgilangan majburiyatlarning mavjudligi (kafolati) hisoblanib, uning natijasida tovar yetkazib beruvchi yetkazib berish muddatlari buzilganda mas’uliyatli bo‘ladi.
Tovarlar talabini bajarish uchun talabnima olingandan boshlab, tovar to‘plamlarini yetkazib berishga qadar bo‘lgan davr o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
talablarni rasmiylashtirish uchun ketgan vaqt;
tovarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt (bu vaqt tovarni yetkazib berish muddatiga qoshiladi, agar talab qilinadigan tovar avvalo, tayyorlanishi lozim bo‘lsa);
o‘rash bog‘lash uchun sarflanadigan vaqt; jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt; yetkazib berish uchun sarflanadigan vaqt.
Tovarni yetkazib berish muddatining shartnomada ko‘rsatilgan muddatiga
amal qilish shunga bog‘liqki, ushbu muddatni tashkil etuvchi tarkibiy qismning sanab o‘tilganlariga qanchalik aniq amal qilinishiga bog‘liqdir. Masalan, shunday holat ham bo‘lishi mumkinki, olingan talab harakatsiz qolishi ham mumkin. Tovarlarni tayyorlashning belgilangan muddatlariga e’tibor berilmasligi yoki
ekspeditor tomonidan e’lon qilingan transportda olib kelish muddatlari saqlanmasligi yoki amal qilinmasligi ham mumkin.
Tovar yetkazib berishning ixchamligi – bu tovar yetkazib beruvchi tizimning mijozlar bo‘yicha alohida qoidalarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
talablar shaklining o‘zgarish imkoniyatlarini; talablarni berish usulining o‘zgarish imkoniyatlarini;
idishlar va o‘rash, bog‘lash turlarining o‘zgarish imkoniyatlarini;
mijoz tomonidan uning talabi qaysi holatda ekanligi haqida axborotni olish imkoniyatlarini;
butlanmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda e’tirozlarga munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatlarining nisbatlari o‘zgarib borishi mumkin. Masalan, to‘lov vositalarining tanqisligi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi sharoitida kreditlar berish yuqori ahamiyatga egadir.
Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotlari turlicha bo‘lgan mamlakatlarda muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib tovar yetkazib berishning ishonchli bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |