η = Qbaj / Qumum x 100
To‘liq amalga oshirilgan talablar hissasini ikkita usul bilan oshirish mumkin:
zaxiralar miqdorini oshirish bilan talabnomalar qabul qilish va tovar yetkazib berish tizimini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin.
talabnoma haqidagi axborotlarning tezkor harakat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bilan talab etilgan tovarni tez orada yetkazib berib, bunda zaxiralar miqdorini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish darajasining birinchi yo‘li ekstensiv bo‘lib, harajatlarning ortishini talab etadi, ya’ni zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq harajatlar ortib boradi.
Ikkinchi yo‘l zaxiralarning ortishini talab etmaydi. Raqobatbardoshlik bu yerda axborotlar va moddiy vositalarning harakati bo‘yicha aniq logistika hisobiga ortib boradi.
chizma. Xizmat ko‘rsatish harajatlarining xizmat darajasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi
Logistikadan foydalanish natijasida harajatlar egri chizig‘i o‘ng tomonga siljishi mumkin, bunda xizmat ko‘rsatishning ushbu darajasiga erishish bilan zaxiralarni ushlab turish uchun kam harajatlar sarflash mumkin.
Harid hajmining xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liqligi
Bozor vaziyatining xizmat ko‘rsatish darajasiga ta’sir ko‘rsatish vazifalarini aniqlash reklama tadbirlaridan ko‘riladigan iqtisodiy samarani aniqlashga nisbatan murakkabroqdir.
Bozor vaziyatining egri chizig‘i S shaklidagi xususiyatda bo‘lib, ikkita asosiy sabablar bilan tushuntiriladi.
Bozorlarning ko‘pchiligi sotuvchilardan oz miqdorda xizmat ko‘rsatish darajasini talab etadi.
Ostonadagi faoliyat sezilarli darajada daromad keltirmaydi, chunki sotuvchi bozor tomonidan qabul qilinmaydi.
Ostona sohasidagi faoliyatning xizmat ko‘rsatish darajasi xizmat ko‘rsatishdagi harajatlari tufayli, shuningdek daromadning kamligi uchun zarar keltirishi ham mumkin.
Ma’lum darajadagi xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng uning bundan buyon ko‘tarilishiga bozor ta’sir ko‘rsatilmaydigan bo‘lib qoladi.
Bozor vaziyatining egri chizig‘iga eng yuqori xizmat ko‘rsatish nuqtasi xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘rsatadi, undan so‘ng xizmat ko‘rsatishning oshirilishi sotishning ko‘payishi bilan birgalikda seziladi.
3 min – xizmat ko‘rsatish darajasining eng kichik ostonasi. 3 max – xizmat ko‘rsatish darajasining eng yuqori ostonasi.
Bozor vaziyatining logistik xizmat ko‘rsatish darajasiga nisbatan o‘zgarishini haridorlarning bir qismining xizmat ko‘rsatishning yomonlashuvi natijasida kamayishi bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |