16
Detallar va yig‘uv uzellari – mijozning yakuniy mahsuloti tarkibiy elementlaridir.
Mayda mexanizmlar, yarimo‘tkazgichlar va kondensatorlar, integratsiyalangan
sxemalar, qisqichlar, asboblar, materiallari, temir rudasi, don, baliq va ishlov
berilmagan neft – bularning barchasi xomashyodir.
Ishlov berilgan materiallar – qiymati ishlov berish hisobiga, ya’ni tozalash,
maydalash va kesish kabi jarayonlar hisobiga yuqoriroq bo‘lgan xomashyo. Ishlov
berilgan mahsulotlar odatda standart o‘lchamga va navga ega bo‘ladi. Ko‘plab
kimyoviy mahsulotlar havo, neft va ko‘mir kabi tarkibiy qismlarni birlashtirish va
ishlov berish yo‘li bilan yaratiladigan, ishlov berilgan materiallar hisoblanadi.
Kislotalar, yog‘ va moylar, erituvchilar, yoqilg‘i va po‘lat ko‘plab ishlab chiqarishlar
uchun bazaviy sanalgan, ishlov berilgan materiallar hisoblanadi. Bugungi kunda
«xomashyo» atamasi bilan.
Texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiya uchun asbob- uskunalar
korxonalar tomonidan uning odatiy faoliyati davomida foydalaniladi, biroq yakuniy
mahsulotning tarkibiy qismiga aylanmaydi. Bu tovarlar odatda bir-birini almashtira
oladi, ya’ni har bir elementni bir nechta turli ta’minotchilardan xarid qilish mumkin va
bir brendni osongina boshqasi bilan almashtirish mumkin. Bunday asbob-uskunalar
distributsiyasi marketing kanallari kengligi bilan tavsiflanadi. Ushbu toifadagi tovarlar
qatoriga moylash materiallari, moylash-sovutish suyuqliklari, qog‘oz mahsulotlar,
barcha turdagi idora mollari, zanjirlar, diskli arralar va boshqa abraziv, yoqilg‘i va
tozalovchi mahsulot turlari kiradi. Sanoat tovarlari mahsulotlari chakana narxi odatda
ancha past bo‘ladi, mahsulotlarning o‘zi esa ko‘pincha aynan hamma joyda mavjudligi
va istalgan ta’minotchidan xarid qilinishi mumkinligi sababli kichik miqdorda sotib
olinadi. Boshqa tomondan, ayrim sanoat xaridlari hajman kichik bo‘lishiga qaramay,
ular ko‘pincha xarid haqida bir yillik bitim asosida yoki unga ko‘ra ulgurji chegirmalar
va boshqa ba’zida mahsulot zaxiralari darajasi belgilangan chegaradan pasaygan
hollarda buyurtma rasmiylashtirish imkonini beradigan, murakkab bo‘lmagan
kompyuter dasturidan foydalanishni taqozo etadi.
Xizmatlar qatoriga garchi ularni tabiiy (jismoniy) mahsulotlar bilan birgalikda
xarid qilish mumkin bo‘lsada, barcha nomoddiy mahsulotlar kiradi. Misol uchun,
17
xizmat ko‘rsatish shartnomasi asbob-uskunalar xaridida qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Sanoat mijozlari va institutsional mijozlar tomonidan xarid qilinadigan eng tarqalgan
xizmatlar qatoriga mulkni va javobgarlikni sug‘urtalash, bank xizmatlari va boshqa
moliyaviy xizmatlar, qurilishda moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha xizmatlar, audit,
ma’lumotlarni qayta ishlash xizmatlari, shuningdek, barcha turdagi maslahat
xizmatlari (jumladan, arxitektura va muhandislik xizmatlari), transport tashkilotlari,
reklama va marketing agentliklarining xizmatlari kiradi. Garchi sanoat bozorlarida
xizmatlar harajatlarning iste’mol bozoridagi (bu yerda xizmatlar xarid qilish harajatlari
shaxsiy daromadning katta qismini tashkil qiladi) kabi katta moddiy qismini tashkil
qilmasada, ko‘pchilik tashkilotlar uchun ular baribir bir xilda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: