7
KIRISh
Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish va raqobat bozori
sharoitida korxonalar hamda tashkilotlar amaliy faoliyatining muhim bo‘lagi
hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan.
Sanoat tovarlari va xizmatlar marketingi bozorda vujudga kelgan iqtisodiy
munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni hamda xizmatlarni ishlab chiqarish
va sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan
o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh
yangi tovarlarni hamda xizmatlarni ishlab chiqarishni tashil etish, kon’yunkturani
o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini
o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
O‘zbekistonda marketing faoliyati jadal rivojlanmoqda. Marketing bugungi kunda
tadbirkorlikning eng muhim funksiyalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Xaridorlar talablari va qiziqishlarini o‘rganish, shu asosda tovarlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, talabni takror ishlab chiqarish korxonalarning
asosiy vazifasidir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning maqsadi tovarlar va xizmatlar marketingini
o‘rganayotgan barcha talabalarga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy
bilimlar va amaliy knikmalar bilan boyitish, ishlab chiqarish hamda servis sohasida
vujudga kelayotgan murakkab marketing vaziflaarini hal qilishga tayyorlash
hisoblanadi.
“Tovarlar va xizmatlar marketingi” fani sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchi va
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar iqtisodiy faoliyatida marketingning nazariy va amaliy
tomonlarini o‘rganish bilan birga, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali faoliyat
yuritish amaliyotida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilishda va ularning
yechimini topishda, shuningdek, sababiy bog‘liqlikda xulosalar yasashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarni sanoat tovarlari va xizmatlar marketingining
o‘ziga xos xususiyatlari, uning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishtirish, sanoat va
8
xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing vazifalarini tashkil qilish, boshqarish va
amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirishdir.
Mazkur o‘quv qo‘llanma korxonalarda marketing faoliyatini shakllanishiga
yangicha, O‘zbekistoning sanoat tovarlari va hizmatlar bozori konsepsiyasi asosida
yondashilib, unda iste’mol va sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchi va xizmatlar
ko‘rsatuvchi korxonalarning marketing faoliyati jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar
markaziy o‘rinni egallashi asoslandi. Shu bilan birga o‘quv qo‘llanmada, chet ellarda
chop etilgan adabiyotlardan foydalanib, tovarlar va xizmatlar marketingning nazariy
tushunchalari, rivojlangan bozor sharoitida korxonalar tomonidan qo‘llanilayotgan
yangi konsepsiyalar hamda uslublari va boshqalarga alohida ahamiyat berildi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma marketing majmuasini mantiqiy yo‘nalishida va bozor
amaliyotiga mos ravishda yozildi. Ko‘pchilik mavzular nazariy tushunchalar bilan
birga amaliyotdan olingan lavhalar-tajribalar bilan izohlandi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma marketing fanini o‘rganuvchi magistratura mutaxassisligi
5A230401 – “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” talabalari uchun
mo‘ljallangan.