Toshkent davlat iqtisodiyot


    I BOB. SANOAT MARKETINGINING MOHIYATI



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

 



I BOB. SANOAT MARKETINGINING MOHIYATI 

1.1.

 

Sanoat marketingining mazmuni   

Iqtisodiyotning  rivojlanishi  va    xaridorning  xatti-harakatlarining  hozirgi 

evolyutsiyasi  (masalan,  faol  mijozlar,  mijozlarning  jamoaviy  harakati  va  sotib  olish 

xatti-harakatlaridagi  his-tuyg‘ulari)  va  boshqaruv  amaliyotlari  (masalan,  marketingni 

kuchayishi,  tarmoqlar  va  sohalarning  o‘ziga  xos  bo‘lgan    marketingi  va 

differensiatsiyalashuv)  bozorni  o‘ziga  xos  bo‘lgan  B2B  va  B2C  kabilarga  bo‘lib 

o‘rganishni taqozo etmoqda. 

  Marketing  fanining  bunday  ikki  yirik  soha  bo‘yicha  bo‘linishi  esa  ularning  fan 

olamida  nazariy  jixatlarini  o‘rganish  va  takomillashtirishga  bo‘lgan  metodologik 

asoslarni yaratishni taqozo qilmoqda.   

B2B  va  B2C  kabi  marketingning  o‘zaro  ajralishi    marketing  ilmi  uchun  yangi 

dinamik  logikani  boshlab  berdi  va  bu  esa  fanni  o‘ziga  xos  bo‘lgan  turli  jabhalarini 

o‘rganishni  yanada  osonlashtirdi.  Shu  nuqtai  nazaridan,  aksariyat  olimlarning 

tadqiqotlarida  B2B  va  B2C  marketingi  nazariyalarini  o‘rganish  odatda  ularning  farqli 

jixatlarini asoslashga asosiy etibor qaratilgan.  

“B2B”  iborasi  marketing  ingliz  tilidagi  “Business  to  Business”,  ya’ni  ingliz 

tilidagi  “biznesdan-biznesga”  iborasiga  mos  kelib,    o‘z  mahsulotlarini  yoki 

xizmatlarini  faqat  yakuniy  iste’molchilarga  emas,  balki  boshqa  korxonalarga  sotishni 

istaydigan  tadbirkorlik  faoliyati    uchun  amal  qiladi.    “B2C”  iborasi  esa,    biznesdan  

yakuniy  iste’molchiga,  ya’ni  ingliz  tilidagi  “Business  to  Consumer”  iborasiga  mos 

kelib, “Biznesdan yakuniy iste’molchiga” degan ma’noni anglatadi. 

Ishlab chiqarish yoki sanoat marketingi (B2B) bozorlarida bir korxona (tashkilot) 

boshqa korxonaning (tashkilotning) mahsuloti va xizmatini o‘zining ichki foydalanishi 

yoki  boshqa  korxonalarga  (tashkilotlarga)  sotish  uchun,  shuningdek,  ular  ham  sotib 

olingan  mahsulot  va  hizmatni  huddi  shunday  maqsad  uchun  sotadi  va  sotib  oladi. 

Bunday tovarlar  iqtisodiyotning tijorat,  notijorat  va davlat sektorlarida  mavjudir. Ular 

iste’mol  bozorlaridan  shu  bilan  farqlanadiki,  bu  holatda  so‘ngi  xiridor  korxonaning 

egasi  yoki  hodimi  hisoblanadi,  ular  esa  mahsulotni  va  hizmatni  o‘z  yakka  yoki  o‘z 

ishlatishi uchun emas, balki uni o‘zining korxonasida ishlatish uchun sotib oladi.  




 

10 


 

Demak, B2B marketingi – bu korxonalarga boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish 

yoki qayta ishlash uchun yoki shunday faoliyatni ta’minlash uchun tovarlarni sotishdir.  

B2S marketingi esa  - bu korxona mahsulotlarini boshqa korxonaga. Ya’ni ulgurji 

korxonaga iste’molchiga qayta sotish uchun yoki chakana savdo korxonasiga xiridorlar 

iste’moli uchun sotishdir.  

Marketingning  B2B  va  B2C  kabi  sohalarga  ajralishi  esa  sanoat  va  iste’mol 

tovarlari  bozorini  o‘ziga  xos  jixatlarini  o‘rganish  va  ularni  farqlash  bo‘yicha  ilmiy 

tadqiqotlar olib borishni taqoza etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada avvalo sanoat bozori 

va uning o‘ziga xos jixatlarini o‘rganiladi.    

Sanoat  –  moddiy  ishlab  chiqarishning  bosh  tarmog‘i,  iqtisodiyotning 

poydevoridir.  U  butun  ishlab  chiqarishni  globallashtirish  muammolarini  xal  etishning 

kalitidir. Sanoat -  milliy  iqtisodiyot  va  moddiy ishlab chiqarishning  yetakchi tarmog‘i 

bo‘lib,  unda  moddiy  ne’matlar  yaratiladi  va  u  ishlab  chiqarish  hamda  ishlov  berish 

bilan  band  bo‘lgan  korxonalar  majmui  hisoblanadi.  Sanoat  tovar  ayirboshlash 

jarayonini  boshlang‘ich  bo‘g‘ini  hisoblanib,  bu  zanjirning  uzluksizligini  ta’minlovchi 

vosita  hisoblanadi.  Barcha  mamlakatlarning  siyosiy,  iqtisodiy  va  tashkiliy  intilishlari, 

xalqaro  hamkorliklari sanoatda o‘z ifodasini topadi. Sanoat  moddiy  ishlab chiqarishni 

asosini  tashkil  etgani  holda,  undagi  barcha  jarayonlar  sanoat  korxonalarida  amalga 

oshiriladi. 

Sanoat korxonalari marketingga ma’lum bozor segmentlari bo‘yicha muayyan bir 

davrga belgilangan, eng yuksak iqtisodiy samaraga yo‘naltirilgan maqsadlarga erishish 

vositasi  sifatida  qaraydi.  Biroq,  sanoat  korxonasi    bozor  kon’yunkturasidagi 

o‘zgarishlarga  muvofiq o‘zining  ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish va sotish rejalarini 

muntazam  o‘zgarib  turish  imkoniga  ega  bo‘lganida,  marketing  tadqiqotlari 

natijalaridan  kelib  chiqib,  strategik  va  taktik  vazifalarni  hal  etishda,  zaruriy 

moslashuvni  ta’minlash  uchun  o‘z  moddiy  va  aqliy  resurslaridan  moxirona 

foydalanishdagina bu o‘zining amaliy ifodasini topadi.  

Sanoat,  mahsulot  va  energiya  shaklidagi  moddiy  buyumlarni  yaratish,  tabiiy 

resurslarni 

qazib 

olish 


va 

qayta 


ishlash, 

qishloq 


va 

o‘rmon  xo‘jaligi 

mahsulotlarini 

qayta 


ishlash 

kabi 


faoliyatlardan 

tarkib 


topadi. 


 

11 


 

Ko‘p 


sonli 

tadqiqotlarda 

qayd 

etilishicha, 



sanoatga 

iqtisodiy 

o‘sishning 

«asosiy 


tayanch 

nuqtasi» 

sifatida 

qaraladi. 

Mazkur 

fikr 


sanoatning 

boshqa 


iqtisodiyot 

tarmoqlariga 

nisbatan 

innovatsiya 

va 

bilimlarning 



yangi 

kombinatsiyasidan 

foydalana 

olish 


imkoniyatining 

yuqoriligi, 

fan-texnika 

yutuqlari 

va 

ilmiy 


ishlanmalarni 

tatbiq 


eta 

olishi, 


iqtisodiyot 

va 


ishlab 

chiqarish 

tarmoqlarini 

texnologiyalar 

bilan 

ta’minlay 



olishi, 

iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash 

va 


diversifikatsiyalash 

hamda 


milliy 

iqtisodiyotning 

har 

bir 


tarmog‘i  rivojlanishini  ta’minlab 

berish xususiyatiga egaligi bilan izohlanadi. 

Sanoatning  rivojlanishi  -  undagi  o‘zgarishlarning  shunday  shakliki,  u 

iqtisodiy tizimning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit, kompleks, orqaga qaytmaydigan, 

ilgarilanma 

yo‘nalishga 

ega 

bo‘lgan, 



miqdoriy 

va 


sifat 

o‘zgarishlarini  o‘zida  aks  ettiradi  hamda  u  «o‘sish»,  «o‘zgarish»,  «sabab  va 

oqibat bog‘liqligi» kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. 

Sanoat  korxonalarida  iste’mol  va  sanoat  tovarlari  ishlab  chiqariladi.  Iste’mol 

tovarlari  xalq  iste’moli  uchun  ya’ni  iste’mol  tovarlari  bozoriga  yo‘naltiriladi.  Biroq, 

sanoat bozori esa sanoat korxonalari o‘rtasidagi bozor munosabatlarini ifodalab, uning 

asosiy  xususiyatlari  marketingning  B2B  sohasida  o‘rganiladi.  Shunga  asosan  “Sanaot 

marketingi” tushunchasi mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiq. 

 “Sanoat  marketingi” bo‘yicha jaxon olimlarining  nazariy  qarashlarida  marketing 

faoliyatini  modellashtirishni  yangi  o‘zaro  harakati  va  tarmoq  nazariyasiga  asoslangan 

yondashuvlarni  1982  yilda  Xokanson,  sanoat  marketingi  bo‘yicha  Grenroos  ishlab 

chiqqan. 

Rossiya 

olimlari 

tomonidan 

nashr 


etilgan 

adabiyotlarda 

sanoat 

marketingining tasniflanishi va alohida xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. 

Tovarlarni iste’mol qiymatiga qarab (1.1-rasm) marketing tasnifi: 

-  ishlab chiqarish vositalari marketingi (sanoat marketingi); 

-  iste’mol tovarlari va servis maketingi (iste’mol marketingi).  

Marketingni takror ishlab chiqarish bosqichlariga qarab (1.2-rasm) tasnifi: 

-  ishlab chiqarish yoki sanoat marketingi; 

-  ulgurji savdo marketingi; 




 

12 


 

-  chakana savdo va servis marketingi. 

   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.1-rasm. Tovarning iste’mol qiymatiga bog‘liq marketing tasnifi.  

 

   


 

  

 



 

 

 



 

 

 



1.2-rasm. Takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha marketing tasnifi.   

 

 “Sanoat  marketingi”ning  mohiyati  F.Kotler  tomonidan  “Marketing  -  shaxs  va 



guruxlar  istak  va  ehtiyojlarini  iste’mol  qiymatiga  ega  bo‘lgan  tovar  va  xizmatlarni 

yaratish,  taklif  qilish  va  sotish  orqali  qondirishga  yo‘naltirilgan  ijtimoiy  jarayondir”

1

 

degan  nazariyasidan kelib chiqadi. Ammo  sanoat  marketingining ob’ekti, predmeti  va 



jarayonlari o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega.  

“Sanoat  marketingi”  atamasi  mamlakatimiz  olimlari  tomonidan  –  barcha  tovar 

ishlab  chiqaruvchilarni  bozor  sari  harakatlanishi  va  unda:  o‘zi  ishlab  chiqarmoqchi 

bo‘lgan  tovarga  bo‘lgan  talabni  aniqlash,  raqiblarini  o‘rganish;  hom  ashyo  va  ishlab 

chiqarish  vositalarini  xarid  qilishi;  o‘z  mahsulotlarini  iste’molchilarga  yetkazish 

jarayonini anglatadi” deb ta’rif berilgan.  

                                                             

1

 Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент.  14-с  издание. - СПБ.: 2014. с. 312. 



M

a

r



k

е

t



i

n



Ishlab chiqarish maqsadidagi 

mahsulotlar markеtingi  

Sanoat markеtingi  

 

Istе'mol markеtingi  



 

Istе'mol tovarlari markеtingi  

 

Xizmatlar – sеrvis markеtingi  



 

M

a



r

k

е



t

i

n



Ishlab chiqarish markеtingi  

 

Sanoat markеtingi  



 

Istе'mol markеtingi  

 

Ulgurji savdo markеtingi   



 

Chakana savdo va sеrvis markеtingi  

 



 

13 


 

Sanoat  marketingi  –  bu  tovarlar  va  xizmatlarni  sanoat  mijozlari  va  institutsional 

mijozlarga sotish jarayonidagi bozor munosabatlaridir

Sanoat  marketingi ob’ektlariga 



ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, hukumat muassasalari, kommunal korxonalar, ta’lim 

va  tibbiyot  muassasalari,  ulgurji  va  chakana  savdogarlar,  shuningdek,  boshqa 

tashkilotlar  kiradi.  Iste’mol  marketingi,  sanoat  marketingidan  farqli  o‘laroq,  tovarlar 

va  xizmatlarni  o‘z  iste’moli  uchun  xarid  qiladigan  alohida  kishilar,  oilalar  va  uy 

xo‘jaliklari  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Sanoat  mijozlari  va  institutsional  mijozlarni  ajratib 

turadigan  xususiyat  shuki,  ular  xarid  qilingan  tovarlar  va  xizmatlarni  o‘z  tovar  va 

xizmatlarini  ishlab  chiqarish  uchun  foydalanadilar.  Xarid  qilingan  mahsulotlar  – 

masalan, xomashyo, detallar  va butlovchi  qismlar –  mijozning  yakuniy  mahsulotining 

bir  qismiga  aylanishi,  qurilishda  va  ishlab  chiqarishda  foydalanilishi  mumkin.  Bu 

ishlab  chiqarish,  ta’mirlash  va  texnik  xizmat  ko‘rsatish  uchun  foydalaniladigan 

tovarlar ham bo‘lishi  mumkin. Bunday  mahsulotlar qatoriga yoqilg‘i, idora mollari va 

qurilish materiallari kiradi. 

F.Kotler  “Marketingni  tovar  konsepsiyasi  tamoyilini”  ta’riflab,  iste’molchilar 

yuqori  sifatli,  iste’mol  qilish  jarayonida  yaxshi  xususiyat  va  imkoniyatlarga  ega 

bo‘lgan,  mahsulotlarga  ko‘proq  ahamiyat  berishlarini  hisobga  olib,  ishlab  chiqarish 

korxonalari menedjerlari bor kuch g‘ayratini yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga 

va  uni  doimo  takomillashtirib  borishga  mujassamlashtirishlari  kerak”

2

  deb  xulosa 



qilgan. 

Marketing  konsepsiyasi  asosini  sotuvchi  (ishlab  chiqaruvchi)  va  iste’molchilar 

(aholi  va  yuridik  shaxslar  maqomidagi)  o‘rtasidagi  iqtisodiy-ijtimoiy  munosabatlarni 

muvofiqlashtirish,  ularni talab ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish  masalasi tashkil 

etadi. Mazkur nazariy talqinni hisobga olgan holda shuni ta’kidlash mumkunki, barcha 

iste’molchilar  chakana  va  ulgurji  xaridorlarga  bo‘linadi.  Yanada  aniqroq 

ifodalanganda  xaridorlar-  insonlar  (chakana  iste’molchilar  sifatida)  va  firmalar 

(mahsulotning asosiy nomenklaturasini ulgurji iste’molchisi sifatida) qaraladi.  

                                                             

Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент.  14-с  издание. - СПБ.: 2014. с. 275. 




 

14 


 

Marketingning  asosiy  funksiyasi  xaridorlar  bilan  ishlashdan  iborat  bo‘lganligi 

sababli,  ulgurji  sotuvchilar  bilan  ulgurjisiga  xarid  qiluvchi  iste’molchilar  “Sanoat 

marketingi” ob’ekti hisoblanadi (1.3-rasm). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.3-rasm. Sanoat bozori tuzilishi

3

.   


 

Bozordagi barcha kompaniyalar sanoat  va  savdo  firmalari, qurilish  va transport 

tashkilotlari,  bank  va  sug‘urta  muasasalari,  har  qanday  ixtisosdagi  davlat  va  xususiy 

firmalar  o‘rtasidagi  shuningdek,  firmalar  va  shahslar  (agentlar,  dillerlar,  broker  va 

boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlar sanoat marketingi tizimini ifodalaydi.    

Ishlab  chiqarish  vositalari  bozoridagi  ulgurji  xaridorlar  qaysi  ishlab  chiqarish 

vositalarini  sotib  olishlaridan  qat’i  nazar  chakana  xaridorga  nisbatan  o‘ziga  xos 

jarayonda  xarid  qiladi.  Bu  yerda  iste’mol  bozoriga  qaraganda  tovarni  tanlash, 

narxlashtirish, kommunikatsiya siyosati va marketing strategiyalari katta farq qiladi. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish