Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/607
Sana05.06.2022
Hajmi6,22 Mb.
#638311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   607
Bog'liq
fayl 1670 20210827

Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar 
va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, 
korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari
darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir 
maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol 
topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib
ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson 
hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning 
faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning doimo 
xarakatda bo‘lib, takror-takror ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi, ularning bu 
1
Зубко Н.М. Экономическая теория. - Минск: НТЦ АПИ, 1998. Стр. 61. 


14 
to‘htovsiz harakati 
takror ishlab chiqarish
deyiladi. Takror ishlab chiqarish 
quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2)
taqsimlash jarayoni;
3)
ayirboshlash jarayoni;
4)
iste’mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. 
Barcha tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab 
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab 
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan 
narsalar bo‘lmaydi. 
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin 
maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug‘ qadash va unib chiqib, 
to hosil etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; 
donni tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki 
nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli 
bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin 
maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar; 
g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni 
yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun non zavodlari, tandirlar va hokazo. 
Agar bu vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi 
yoki samaradorligi pasayib ketadi.

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish