Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/607
Sana05.06.2022
Hajmi6,22 Mb.
#638311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607
Bog'liq
fayl 1670 20210827

KIRISH 
 
Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam 
qo‘yildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, 
modernizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi 
zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli 
xil infratuzilmalar, yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy 
valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va 
xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va 
ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hajmi ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, 
aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy faolligi ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib 
kelmoqda.
Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shma majlisida va boshqa qator majlislarda so‘zlagan nutqlari va 
qilgan ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy 
Majlisga murojaatnomasidan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha qabul qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib 
turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z echimini 
topmagan murakkab muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘ta dolzarb va qiyin 
vazifalar juda ko‘p ekan.
Mamlakatimiz prezidenti takidlaganidek, “oldimizda uzoq va mashaqqatli 
yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal 
va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga 
intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”
1

Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama-
qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani 
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real 
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon 
bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 



yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari 
mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi 
kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga 
qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fan-
texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga 
qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi 
holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar 
mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar – 
islohotlarimizni 
yanada 
chuqurlashtirish 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, 
diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni 
kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni 
hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va 
xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish lozim bo‘lgan yangi 
va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. “O‘zbekistonni rivojlangan 
mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal 
islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”
1
. Hayotning o‘zi 
oldimizga qo‘ygan ushbu murakkkab muammolarni tezroq hal qilish, ularning 
echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini 
chuqurroq tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va 
chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy 
o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning, ilm-fanni rivojlantirib, 
raqamli iqtisodiyotga o‘tishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga 
bog‘liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-
qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-
birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish, yangi texnika 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 



va texnologiyalarni, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab, mehnat unumdorligini oshirish 
yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi.
“Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”
1

Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga 
ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni 
bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunib, amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining 
roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini 
shakllantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini chuqurlashtirish va kengaytirish, 
iqtisodiy bilimlarini, madaniyatini oshirish kabi muhim amaliy vazifalarni bajarish 
orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. 
 
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma 
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot 
taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy 
mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri 
taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham 
o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning 
intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. 
Doimiy o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi iqtisodiy muhit va uning insonlar, 
korxonalar, mamlakatlar va butun dunyoga kuchayib boruvchi ta’sirini kuzatib, 
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan xatti-harakatlar va iqtisodiy faoliyat jarayonlarini 
oldindan sezish va ko‘ra bilish, qisqacha qilib aytganda, 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish