Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATLI



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

19-bob. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATLI
VA MUTANOSIBLI RIVOJLANISHI 
 
Biz oldingi bobda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi siklli tavsifga ega bo‘lib, 
to‘lqinsimon harakatda bo‘lishini, inqirozlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishini 
aytib o‘tdik. Bu bobda inqirozlarning oldini olish, iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishi mumkinligini o‘quvchi-talabalarimizga tushuntirishni maqsad qilib 
qo‘ydik. 
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida uning muvozanatini va mutanosibligini 
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Muvozanatlik iqtisodiyot nazariyasining 
muhim tadqiqot kategoriyalaridan biri bo‘lib, u orqali makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni, ya’ni milliy daromad, iste’mol va jamg‘arma, investitsiyalar, 
ishsizlik va bandlik kabilarni tahlil qilishda keng foydalaniladi. Milliy iqtisodiyot 
miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanat asosiy 
o‘rin tutib, bu yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning o‘ziga xos 
namoyon bo‘lishidir.
Ushbu bobda iqtisodiy muvozanat tushunchasi, uning mazmuniga turlicha 
yondashuvlar, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli tomonlari, soha va 
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar tizimi, ularning ta’minlanish darajasi hamda 
iqtisodiyotdagi balanslarning mazmuni muvozanatlikning ko‘rinishi, amaliyotdagi 
ifodasi sifatida bayon qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy muvozanatga erishishning 
davlat va bozor mexanizmlarini yoritib beriladi, eng muhimi iqtisodiyotda 
muvozanatlik va mutanosiblikni ta’minlash iqtisodiy inqirozlarning oldini 
olishning muhim vositasi ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi. 
19.1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari 
 
Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror va samarali rivojlanishi uchun uning 
turli tomonlari, sohalari, tarmoqlari va bo‘laklari o‘rtasida ma’lum muvozanat 
bo‘lishi taqozo etiladi. 


549 
Iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan xilma-xil 
faoliyatlarni, turli sohalar, tarmoqlar, bo‘linmalar, majmualar, birlashmalarni, 
moliya, bank, soliq, sug‘urta, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalarni o‘z ichiga 
oluvchi o‘ta murakkab tizim bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning yaxlit tizim 
sifatida samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi 
muvozanatlik va mutanosiblikka bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlash, eng avvalo, iqtisodiy maqsadlar – 
aholining o‘sib boruvchi talabini qondirish, iqtisodiy o‘sish, to‘la bandlik, iqtisodiy 
samaradorlik, narxlarning barqaror darajasi, iqtisodiy erkinlik, daromadlarning 
adolatli taqsimlanishi, ijtimoiy himoya, ijobiy savdo balansiga erishish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli ham ahamiyatlidir. 
Iqtisodiy muvozanatlik va uning amal qilishi bilan bog‘liq hodisa va 
jarayonlarning mohiyatini chuqurroq tushunish, uni ta’minlashning asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlash, usullar va vositalaridan samarali foydalanish 
muvozanatlikning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunini bilishni taqozo etadi. 
«Muvozanat» tushunchasi keng va umumiy holda qo‘llanilib, bu boradagi 
dastlabki taassurot va aniqliklarni hosil qilishda qo‘l keladi. Chunki, muvozanat 
tushunchasi nafaqat iqtisodiy, balki tabiiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ham 
tegishli bo‘lib, unga tabiat va jamiyatning har qanday jabha va sohasi nuqtai 
nazaridan yondashish mumkin. Masalan, kishilik jamiyati tarkib topib, taraqqiy 
etgunga qadar ham tabiatdagi muvozanatliklar – galaktikadagi koinot jismlarining 
joylashuvi, ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakatlanish doiralari, shu 
jumladan Quyosh tizimi va uning ichida joylashgan sayyoralarning o‘zaro harakati, 
sayyoramizdagi ichki tabiat hodisalari – bularning barchasi muvozanatlikka 
asoslangan. Ya’ni, tabiat hodisalarini yuzaga keltiruvchi turli kuch va harakatlar 
o‘rtasida tenglik, muvofiqlik holati mavjud bo‘ladi. Bu borada prof. 
D.Moskvinning muvozanatga bergan ta’rifi o‘rinli hisoblanadi: «Muvozanat – 
qarama-qarshi yo‘naltirilgan kuchlarning baravarlashishi holati»
1

1
Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник / Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. 
Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003. – С.504. 


550 
Iqtisodiy muvozanat tushunchasi esa muvozanatning yanada aniqlashtirilgan, 
alohida, ya’ni bu o‘rinda iqtisodiyot sohasiga nisbatan olingan qismi hisoblanadi. 
Ayni paytda, bu tushuncha ham iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning umumiy holdagi tavsifini ifodalashda qo‘llaniladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish