Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.3-jadval 
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasi
1
 
Davlatlar 
2007 
2009 
2011 
2013 
2015 
2017 
2018 
2019 
AQSh 
4,6 
10,0 
8,5 
7,4 
5,3 
4,9 
3,7 
3,6 
Yaponiya 
3,8 
5,4 
4,5 
4,0 
3,5 
2,9 
2,4 
2,4 
Buyuk Britaniya 
5,3 
7,6 
8,4 
7,5 
5,4 
4,7 
4,1 
3,9 
Germaniya 
8,3 
8,0 
7,1 
5,3 
4,6 
3,8 
3,4 
3,2 
AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit 
siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past 
darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin 
o‘sdi. Federal zaxira tizimining ekspansion pul-kredit siyosati tijorat banklariga 
taqdim etadigan kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini 1,25% gacha pasaytirilishida 
namoyon bo‘lgan edi. 
Federal zaxira tizimining ipoteka bozorlariga e’tiborsizligi, ipoteka kreditlari 
berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko‘chmas 
mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin 
o‘sishi kuzatildi.
1
https://data.worldbank.org/indicator/SL.UEM.TOTL.ZS?view=chart 


539 
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida 
banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari o‘ta engillashib, bu holat kreditlardan 
foydalanishda to‘lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon 
yaratdi.
2016 yil noyabr oyida Xitoyda, jahon yalpi mahsulotining 80 foizini ishlab 
chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy 
inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda 
bo‘lib o‘tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida 
emas, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanayotganligidan darak berishini 
ta’kidlab o‘tdilar. 
Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini 
tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqardi. Shunga ko‘ra, AQSh va Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlari o‘zlarining bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik 
tijorat banklarining aksiyalarini sotib olib, ularni budjet mablag‘lari hisobiga 
likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi. 
AQSh hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi siyosatini 
yurita boshladi. AQShning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan Kongress 
«Polson rejasi» deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy 
hajmi 700 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha tijorat banklari 
kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu 
holatda kafolatlar banklararo kreditlar bo‘yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va 
hukumat banklarning imtiyozli aksiyalarini sotib olish orqali ularni qo‘llab-
quvvatlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
moliyalashtirish amaliyotiga o‘tish orqali likvidlilikni taminlashning yangi usuliga 
o‘tdi.
Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aksiyalariga 37 
mlrd. funt sterling mablag‘larini investitsiya qilishini e’lon qildi. Germaniya 
hukumati esa, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital va kreditlar bo‘yicha 


540 
kafolatlar shaklida 500 mlrd. evro ajratishini e’lon qildi. Avstraliya hukumati esa 
barcha omonatchilar pul jamg‘armalarini 3 yilga kafolatlashini e’lon qildi va 
ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag‘ ajratdi 
(18.4-jadval).

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish