Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.4-jadval 
Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan moliyaviy 
xarajatlari (2009 yil)
1
 
Mamlakat 
Moliyaviy xarajatlar, 
mlrd. dollar 
Mamlakat YaIMga nisbatan 
%hisobida (2008 yil) 
Rossiya 
222 
13,9 
Buyuk Britaniya 
1020 
37 
AQSh 
3539 
25 
Germaniya 
893 
23 
Yaponiya 
576 
12 
Xitoy 
570 
13 
Dunyo bo‘yicha 
9400 
15 
Yevropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib 
olindi. Inqirozdan qutqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan ko‘rinib 
turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor haqidagi 
ideologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
usullaridan keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliylashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat budjetidan 
ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o‘zining ijobiy 
natijasini berishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash 
bo‘yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratilmoqda. Ularning hajmi va yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i inqirozning ta’sir ko‘lami va har qaysi 
mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga 
asoslanadi.
1
http://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.MKTP.KD.ZG 


541 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 
borasida Birinchi Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar: 
«...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir 
ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani 
bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. 
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro 
hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz 
iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga 
qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar 
bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin 
qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, 
O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida 
eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi 
hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo 
hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining 
qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz 
tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini 
pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ba’zi mutaxassislarning 
fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari biz uchun 
ijobiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi 
mumkin. AQSh va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z 
aktivlarini bo‘shatmoqdalar. Mohiyatiga ko‘ra, qaytadan qandaydir ishga jalb 
etilishi zarur bo‘lgan resurslarni bo‘shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi 
bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning 
muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan chog‘da 
rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari o‘sishning ijobiy dinamikasini ko‘rsatadi. 
Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko‘plab investorlar O‘zbekiston 


542 
bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas»
1
. Shuningdek, jahon moliyaviy 
inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar 
bilan izohlash mumkin: 

ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi 
zarurligining aniq belgilab olinganligi; 
- O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, 
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va 
zarur resurslar bazasining mavjudligi
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda 
iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir 
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; 
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va 
ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan 
izohlanadi. 
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, 
chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb 
etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi 
kon’yunkturaga keskin bog‘liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining 
oldi olindi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o‘zaro 
manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish
texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishimizda 
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga 
ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy 
ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport ko‘lamiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
1
Хаитбаев Д. Кризис может иметь свои плюсы // 
http://www.review.uz/page/article/v_uzbekistane/2356



543 
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan davlat 
dasturlarida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy 
imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar 
majmui o‘z aksini topdi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish