1. Iqtisodiy va moliyaviy inqirozning o’xshash va farqli jihatlari



Download 1,43 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#679209
Bog'liq
money


12-bilet
1.Iqtisodiy va moliyaviy inqirozning o’xshash va farqli jihatlari.

Iqtisodiy inqiroz - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real YAMMning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.


Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) – iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketma-ket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi.

Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy inqiroz deganda, mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo‘ladi.

Moliyaviy inqiroz ma’lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda keskin pasayishi, shuningdek, pulning etishmasligi holatini ifodalashda qo‘llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi natijasida yuzaga kelgan “sovun ko‘piklari”ning “yorilishi” holatini ifodalashda ham qo‘llaniladi.

Moliyaviy inqiroz – bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‘lib, bunda inflyasiya ko‘rsatkichining sezilarli darajada o‘sishi, qimmatli qog‘ozlar bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligining almashuv kursining beqarorligi va pasayishi, iqtisodiy subyektlar o‘rtasida to‘lovsizlik muammosining kuchayishi, kapitalning mamlakatdan tez sur’atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi.


Moliyaviy inqiroz – fond bozori hajmining 20% dan ortiq kamayishi, banklararo kredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta kursining 10% dan ortiq pasayishi holatidir1.

Shunday qilib, iqtisodiy inqirozlar – o‘z ichiga davlatning pul-kredit, moliya, byudjet va iqtisodiy sohalarini, shu bilan birgalikda korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pirovard natijalari va to‘lovga qobillik darajalaridagi tushkunliklarni olib davlat va korxona iqtisodiyotini orqaga ketishi uni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni paydo bo‘lishi tushuniladi. Iqtisodiy inqirozlar foiz stavkasining ko‘tarilishi, iste’mol tovarlarini kamayishi va narxlarining ko‘tarilishi, moddiy resurslarni taqchilligi, ishlab chiqarish darajasining pasayishi, retsessiya, disproporsiya, va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasayishi oqibatlarini paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. U iqtisodiyotning bosh muammosi “Resurslarning taqchilligi va ehtiyojlarning cheksizligi” sharoitida yuzaga keladi. Sababi resurslarning taqchilligi sharoitida faoliyat olib borayotgan davlat va uning subyektlari doimiy ravishda turli umumjamiyat muammolariga va to‘siqlariga duch keladi. Mazkur muammolarga duch kelishning o‘zi inqiroz. Undan chiqib keta bilmaslik esa, inqiroz muddatini uzaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Moliyaviy inqirozlar – bu muomaladagi pul massasini ortib ketishi, davlat byudjetini taqchilligi, qimmatli qog‘ozlar kursini tushib ketishi, investitsiyalarni susayishi, valyuta qadrini pasayishi kabilardir;

Narxlarni ko‘tarilashi oqibati yuzaga keladigan inqirozlar – bu aholini to‘lov qobiliyatini va real daromadlarini pasayishi hisoblanib, yashash farovonligini tushib ketishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda hom-ashyoni ham narxini oshib ketishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham tannarxini ortish evaziga bozor narxlarini ko‘tarilishidir. Bunday inqirozlar davlat miqyosida nisbatan boshqalariga qaraganda bozor iqtisodiyoti sharoitida og‘ir kechadi. Sababi erkin bozor narxlarining mavjudligi narxlarni jilovlash imkoniyatini davlat qo‘lidan olib qo‘yadi;

Disproporsiya – bu iqtisodiyotdagi muvozanatlarni buzilishi hisoblanadi. Masalan, tovar va pul o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘qolishi va tovarni pulga nisbatan yoki pulni tovarga nisbatan bir necha barobar o‘sib ketishi. Bunda agar pul tovarga nisbatan o‘sib ketsa, narxlar ko‘tarildai va inflyasiya darajasi oshib ketadi. Agar tovar pulga nisbatan ko‘tarilib ketsa, jamiyatda defdeflyasion jarayonlar yuz beradi. Aylanuvchanlik pasayyadi va u oxir oqibat ishsizlikni ortib aholi daromadlarini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiyotdagi barcha ko‘rsatkichlar proporsional tartibda ushlab turishga harakat qilinadi;

Retsessiya – bu ikki kvartal yoki 180 kun davomida davlatni YAIMni yoki boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini pasayshidir. Retsessiya ishsizlikni ortishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanilmagan holatlarda vujudga keladi;

Moddiy resurslarning taqchilligi natijasida vujudga keladigan inqirozlar. Bu kabi inqirozlar jahon iqtisodiyotida tez-tez kuzatilib turiladi. Natijada taqchil resursni narxi oshadi yoki undan o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanayotgan korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi;

To‘lovga noqobillik – bu korxonalarning inqirozli holatlari bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon bo‘lmagan holatlarda vujudga keladi;

Bankrotlik – bu korxonalarni o‘z qarz majburiyatlarini aktivlari bilan qoplay olmaganliklarida vujudga keladi. Bankrotlik tushunchasi juda ham keng tushunchalardan biri bo‘lib, butun dunyoda iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan ishlatiladi.

Inqirozga qarshi boshqaruvda korxonadagi inqirozni yuzaga kelishiga sababni topmasdan va uni turini aniqlamasdan turib u bilan kurashish samara bermaydi. Demak, inqirozga qarshi boshqaruvning eng birinchi sharti uni vujudga keltirgan sababni o‘rganishdan boshlanadi.


Ko‘plab iqtisodchilar korxona miqyosidagi inqirozlarning sababi marketing sohasidagi kamchiliklardan paydo bo‘lishini ta’kidlaganlar. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor faoliyati o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvining buzilishi yoki uzilishlar u yoki bu darajadagi muammolarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu muammolar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turib qolishi, aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini pasayishi, pul oqimining yetarli emasligi kabilarda hosil bo‘ladi. Natijada korxona faoliyatiga inqiroz havf sola boshlaydi.

Inqirozni vaqtida oldi olinmasa, o‘zidan keyin boshqa inqirozlarni ham multiplikatsiya ko‘rinishida shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, inqirozni vujudga keltiruvchi sabablar ko‘p bo‘lib, eng katta sabab inqirozni o‘zi hisoblanadi. Inqirozga olib keluvchi sabablarni turkumlansa, xususiylarini aniqlash mumkin.

Lekin olimlar o‘rtasida inqirozga olib keluvchi sababalar turkumini belgilab olishda yagona nuqtai nazar keltirilmagan. Chunki, inqirozlarning sababi bir xil bo‘lmaydi. Inqirozlar to‘planib qolgan xato va kamchiliklar hisobiga paydo bo‘ladi. Shuning uchun bitta tan olingan sbabalar tizimi keltirilmagan. Bu fikrni Rossiyalik iqtisodchi olimlar1 o‘z ilmiy ishlarida tasdiqlab o‘tishgan. Shuningdek, inqirozga olib kelgan sabab oqibatini tahlil qilishda aniqlanadi. To‘g‘ri ba’zi inqirozlarni iqtisodiy jarayonlarning borishiga qarab oldinidan taxmin qilish mumkindir, lekin inson omili bilan bog‘liq inqirozlarni bu kabi bashoratlab bo‘lmaydi. Ularni faqatgina oqibati natijasida aniqlanadi.

Inqiroz sabablarini o‘rganishda ba’zi olimlar2 uni to‘lovga qobiliyatsizlikning kelib chiqishi deb ta’riflaydilar. U holda, uning sababi ishlab chiqarish va bozor o‘rtasidagi nomutanosiblik emas, balki majburiyatlarni aktivlardan ortib ketishida namoyon bo‘ladi. Unda e’tibor korxona moliyasini izdan chiqishiga qaratilib moliyaviy jarayonlarning tuzilmasi o‘rganiladi. To‘lovga noqobillik yoki inqiroz sabablari deb ajratish to‘g‘riligi haqida mushohada yuritib aytish mumkinki, korxonaning to‘lovga layoqatsizlikka tushib qolishi inqiroz hisoblanadi. Bu inqirozning dastlabki bosqichidir. Negaki, korxonalarning iqtisodiy-moliyaviy faoliyati tashxislanayotganda asosan to‘lovga layoqatsizlik tahlil qilinadi. Balki shu sababdan ham to‘lovga layoqatsizlik sababi deyilar. Unda sabablarni o‘zini ikki turkumga bo‘lib


o‘rganish zarurati vujudga keladi: to‘lovga layoqatsizlik sababi; inqiroz sababi. Agarda korxona to‘lovga layoqatliligi tiklanmasagina inqiroz sabablari o‘rganiladi. Inqiroz yoqasidagi korxona o‘zini tiklab olsa, u holda to‘lovga layoqatsizlik sabablari o‘rganilgan bo‘ladi. Lekin bunday tushunish o‘zak tushunchadan fikrni uzoqlashtiradi. Masalani tub mohiyatiga etish uchun ishlab chiqarishni turib qolishi foydani kamaytiradi va oqibatda majburiyatlar to‘lovini kechiktiradi deb izohlasa bo‘ladi. Ammo inqirozni boshqa sabablari ham borki, ular faqatgina ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas. Ular ham majburiyatlarni vaqtida bajarilishiga to‘sqinlik qiladi va barcha sabab to‘lov layoqatini pasayishi va oqibatda inqirozni vujudga keltiradi. SHu sababdan ham, menejment nuqtai nazaridan inqiroz sabablari, tahlil nuqtai nazaridan to‘lovga layoqatsizlik sabablari deb atash maqsadga muvofiqdir.

Korxonalarni inqirozga olib keluvchi sabablar shaxslarning ta’siriga bog‘liq holda obyektiv va subyektiv turlarga bo‘linadi. Obyektiv sabablar ko‘proq tabiiy holatda yuz beradigan inqirozlarni shakllantiradi. Masalan, korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni urfdan qolishi, fan texnika taraqqiyotida orqada qolish va sh.k. Subyektiv sabablar insonning ta’siri natijasida ataylab yoki sun’iy ravishda inqirozni uyushtirish tushuniladi.



Inqirozga olib keluvchi sababalarni korxona ta’sir doirasidaligiga qarab tashqi va ichki turlarga ham bo‘lish mumkin. Ichki sabablar korxonaning qaror qabul qilish qamrovi bilan o‘lchansa, tashqi sabablar korxona ta’sir doirasidan tashqarida bo‘lib ularni boshqarib bo‘lmaydi.
2.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish