Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet4/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar

  1. Pul va banklar fanining predmeti

  2. Pulning mohiyati

  3. Kreditning ta’rifi

  4. Banklarning mohiyati

  5. Pul va banklar fani metodining tavsifi

  6. Pul va banklar fani predmetini o’rganishda qo’llaniladigan usullar

  7. Pul va banklar faning maqsadi

  8. Pul va banklar fanining ahamiyati

  9. Pul va banklar faning vazifalari



2-mavzu: Pulning paydo bo’lishi, zarurligi va funksiyalari
Reja:

  1. Pulning paydo bo`lishi va xususiyatlari.

  2. Pul mohiyatining namoyon bo`lish shakllari va taraqqiyot bosqichlari.

  3. Pulni barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentligi. Pulning turlari.

  4. Pulning funksiyalari.

Adabiyotlar: A:2, 3, 4, 5; Q:1,8; Internet saytlari
Tayanch tushunchalar: Pulni paydo bo`lish tarixi. Pulni paydo bo`lishida qiymatning shakllari. Pul taraqqiyotining bosqichlari. Pulni mohiyati va xususiyatlari. Qiymatning shakllari. Pulni qiymati va iste`mol qiymati. Pulni turlari. O`zbekistonda qog`oz pullarni muomalaga qo`yish bosqichlari. Kredit pullarining turlari. Pulni funksiyalari va ularni o`zaro bog`liqligi. Pulni barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentligi. Pulni yuqori likvidli tovar ekanligini sababi.
Ma`ruzani o`tishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo`yicha tuzilgan ta`lim texnologiyalari uslubiy qo`llanmaga asosan ma`ruza davomida “Aqliy hujum”, “Blits so`rov”, “Munozara”, “Keys-stadi” va boshqa usullardan foydalaniladi.


2.1. Pulning paydo bo’lishi, mohiyati va xususiyatlari.
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ”Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir-biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomalasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan.
Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
1. Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
2. Pul - bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.
3.Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.
4. Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda
kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).
5. Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar va xizmatlar.
Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zarb etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomalaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqeyi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi.
Tarixiy manbalarga ko’ra birinchi qog’oz pullar XII - asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’oz pullardan foydalangan.
Umuman tarixda birinchi tangalar VII - asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish