Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari



Download 1,74 Mb.
bet3/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari.

Pul va banklar fani iqtisodiyot qonun - qoidalari va rivojlanish tamoyillarini o’rganuvchi iqtisodiy fanlar tarkibiga kiruvchi maxsus fanlardan bo’lib iqtisodiyotni u yoki bu sohasini alohida xususiyatlaridan kelib chiqib o’rganadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari bevosita amalga oshirilayotgan pul – kredit siyosati bilan, pul resurslari bilan bog’liq. Pul resurslari mamlakat iqtisodiyotini mablag’ bilan ta’minlash, iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi omil bo’lib hisoblanadi.
Pul va banklar fani o’tilishi mo’ljallangan ta’lim yo’nalishi talabalari yuqoridagi holatlardan kelib chiqib zamonaviy pul, kredit va banklar bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lishi muhim hisoblanadi.
Ushbu fan talabalardan pul, kredit va banklarni nazariy asoslari bilan birga ulardan xalq xo’jaligining turli tarmoqlari xususiyatlarini,ularda mablag’lar aylanishi tartibidan kelib chiqib tegishli bilimlarga ega bo’lishni taqazo etadi.
Bu birinchi navbatda fanni predmetida o’z aksini topgan pul, kredit, banklar bilan bog’liq iqtisodiy jarayonlardir.
Demak, pul va banklar fanining predmeti bo’lib mikro va makro darajadagi pul, kredit va banklar bo’yicha munosabatlar, ular bo’yicha qonuniyatlar hisoblanadi. Fanni predmeti ta’rifidan kelib chiqib:
Pul – bu maxsus tovar bo’lib u hamma tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanib tovarlarni bir –biriga ayirboshlash vazifasini bajaradi.
Kredit – bu o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh bo’lgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish bo’yicha munosabatlardir.
Banklar – bu pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit – hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi tashkilotlardir.
Fanning metodi fan predmetini o’rganishni ta’minlaydigan yondashuv va usullardan iborat.
Bu usullarning biri bo’lib iqtisodiy hodisalarni va kelib chiqish sabablari, undagi o’zgarishlarni borishini turib qolgan holda emas, balki dinamikada o’rganish hisoblanadi.
Fan iqtisodiyotning turli sohalarini o’rganishda ular xususiyatiga tegishli texnologik o’zgarishlarni hisobga olgan holda yondashadi. Su kabi fanni o’rganishda iqtisodiy tadqiqotlarni kuzatuv, guruhlash, taqqoslash, monografik, raschot – konstruktiv va tahlilning boshqa usullaridan foydalaniladi.
“Pul va banklar” faning maqsadi–bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda pul, kredit va banklar sohasi qonuniyatlari, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o’rnini tushunib yetadigan, pul – kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini tahlil etadigan yuqori malakali iqtisodchi mutaxasislar tayyorlashga hissa qo’shishdan iborat.
Bu fan talabalarni pul va banklarni nazariy asoslarini o’rgatish bilan birga ulardan xalq xo’jaligida foydalanishda unga xos bo’lgan uslub va usullar asosida tegishli bilimlarni chuqurroq egallashni ta’minlashda ahamiyatli hisoblanadi.
Umuman, iqtisodiyotni barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlashda pul, kredit va banklarni o’rni beqiyos hisoblanadi.
Yuqoridagilaridan kelib chiqib “Pul va banklar” fanining vazifasi talabalarni pul, kredit va banklarning qonuniyatlari, ularni ijtimoiy takror ishlab chiqarishda tutgan o’rnidan hamda ushbu sohalarda mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.
Umuman, pul va banklar oldiga uni o’quv dasturida ta’kidlangan quyidagi vazifalar qo’yilgan:
-Pul, kredit va banklarning mohiyati, zarurligi, belgilari va funksiyalarini
-Pul, kredit va bank tizimini
-O’zbekiston Respublikasi pul, kredit va bank tizimi xususiyatlarini
-Pul, kredit va bank siyosatini
-Pul muomalasini tartibga solishning usullarini
-Pul – kredit siyosati tushunchasi va ahamiyati
-Pul aylanishi va uning tuzilishini
-Pul islohatlarining zarurligi, ularni o’tkazish tartibi va shakllarini
-Bank tizimi va uni bo’g’inlarini
-Pul, kredit va banklar bo’yicha boshqa tushunchalar hamda ulardagi o’zgarishlarni talaba bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish