2.3. Pulni barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentligi. Pulning turlari.
Yuqorida ta`kidlanganidek ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi ayriboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi va ayriboshlashda murakkab holat yuzaga keladi, biror bir tovar sohibi ushbu holatni o`zining iste`moliga zarur bo`lgan bir tovarga ayriboshlashi uchun avvalam bor o`zining tovariga ehtiyoji bo`lgan boshqa bir iste`molchini topishi kerak bo`ladi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi maxsus (ekvivalent) tovarga ehtiyoji seziladi.
Bu vazifani turli mamlakatlarda turli tovarlar bajargan.
Asta-sekin bu jarayonlarning natijasi sifatida butun tovarlar dunyosidan shunday tovarlar ajralib chiqdiki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvivalent sifatida qo`llanila boshladi. Bu vazifani dastlab qimmatli metallar – mis va kumush, keyinchalik oltin bajaradigan bo`ldi.
Oxir oqibatda oddiy tovar ko`rinishidagi umumiy ekvivalent o`rnida pul shaklidagi umumiy ekvivalent, ya`ni pul maydonga chiqdi.
Pulni umumiy ekvivalent vazifasini bajarishi shu bilan bog`liqki, u muomala vazifasi sifatida hamma narsaga tez va hech bir to`siqsiz ayriboshlanadi.
Puldan boshqa likvid aktivlar ham bor, lekin ularni likvid jihatlari pulga tenglasha olmaydi. Masalan, pul hech bir xarajatlarsiz xohlagan paytda xohlagan narsaga ayriboshlanishi mumkin.
Bino, transport yoki boshqa iste`mol buyumlari boshqa narsalarga ayriboshlanishi uchun u avval sotilishi kerak, bu ko`p vaqt va xarakatni talab qiladi.
Pullar qiymati o`zida ifodalanishiga ko`ra haqiqiy va haqiqiy pulni o`rnini bosuvchi pullarga bo`linadi. Haqiqiy pullar nominal qiymatini o`zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo`lgan metal pullar bo`lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan. Qog`oz pullar haqiqiy pullarni vakili bo`lib pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Umuman pullar quyidagi turlarga bo`linadi:
Qog`oz pullar
Kredit pullar
Tangalar
Uzoq davr davomida muomaladagi pullarni asosiy qismini qog`oz pullar tashkil etgan va unga sabab bo`lib:
Qimmatbaho metallar, xususan oltin tanga pullari real va nominal qiymatlari o`rtasidagi farqni vujudga kelishi. Masalan 10 grammlik tanga foydalanishi tufayli yuqoridagi qiymatidan kamayishi mumkin.
b) Ba`zi mamlakatlarda pulni real va nominal qiymatlariga mos kelmaydigan qalbaki tangalarni chiqarilishi.
v) Metal pullarni buzilishi, yo`qolishi davlat xazinasiga qimmatga tushishi. Qog`oz pulni chiqarish qimmatli metallarni muomalaga chiqarishdan arzonga tushadi va boshqa holatlar.
O`zbekiston Respubliksida qog`oz pullar 1992-yilni 15-noyabridan so`m-kuponlar shaklida, 1994-yil 1-iyulidan milliy valyuta so`m holida chiqarilgan.
Kretid pullar qog`oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtni o`zida qiymatni ifodalashi bilan birga u kredit hujjat hisoblanadi kreditor va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Kredit pullarga veksel, banknot, chek, kredit kartochka va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |