40. Tijorat banklarining boshqa operasiyalari.
Tijorat banklarining ushbu operasiyalariga bank xizmatlari va vositachilik (foktoring, trast, tratta va boshqalar) operasiyalari kiradi.
41. Markaziy bankning tijorat banklari bilan o’zaro aloqalari.
Ushbu aloqalarga “Markaziy bank to’g’risida”gi qonunning 55-60 moddalari bag’ishlangan bo’lib ularda Markaziy bank mamlakatining bosh banki sifatida tijorat banklari faoliyati ustidan rahbarligi, nazorati va talablari bayon etilgan. Tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank tomonidan nazorat qilish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim rol o’ynashi bilan asoslanadi, chunki u iqtisodiyot bilan bank tizimi o’rtasida vositachi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
42. Bank nazoratini maqsadi va uni amalga oshirish.
1. Mijozlar manfaatini har xil mumkin bo’lgan xatarlardan himoya qilish.
2. Xatarlarni oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlash.
43.Markaziy bank tijorat banklar faoliyatini nazorat qilishi quyidagilarda ko’rinadi:
bank faoliyatini boshlash uchun lesenziyalar berish;
banklar hisobotlarini tekshirish;
joylarda tekshirishlar o’tkazish;
bank operasiyalarini bajarishda tegishli me’yorlarga rioya qilinishini tekshirish.
O’QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI
Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning natijasi bo’lib, zamonaviy sivilizasiyaning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Shu sababli, pul va banklarni alohida fan sifatida o’rganish zaruriyati yuzaga keldi. Zero dunyoning barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning samarali o’sishi banklarning moliyaviy barqarorligini oshishi hamda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga ko’pdan bog’liq bo’lgani uchun fanning oliy malakali kadrlarni tayyorlashda o’rni beqiyosdir.
Fanda pul va banklar kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning evolyusiyasi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, pul aylanmasi tushunchasining mohiyati, pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari, pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari, inflyasiya va uning yuzaga kelish sabablari, kredit tushunchasi va uning zarurligi, kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastlabki operasiyalari, Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari, tijorat banklari aktiv va passiv operasiyalari, nobank moliyakredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, valyuta munosabatlari asoslari va xalqaro moliya institutlari faoliyatiga doir g’oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, konsepsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo’sinlar va shu kabi boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiynazariy va metodologik asoslar uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtainazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan.
Pul va banklar kursi iqtisod va moliya yo’nalishlar uchun eng asosiy tayanch fanlardan biri sanaladi. Kursni o’rganish jarayonida pul munosabatlarini iqtisodiy asoslash, kredit va to’lov tizimining tashkiliy va iqtisodiy asosi, bank faoliyati bo’yicha qarorlarni iqtisodiy va tashkiliy o’rganishning ilg’or shakllari va usullarini ishlab chiqish, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me’yorlar hisob-kitobi, ularni baholash, tashkil qilish va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi.
Shunga ko’ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo’yiladi. Bu fan asosiy ixtisoslik fanlarining tayanchi hisoblanib, iqtisodiyot bo’g’imining ajralmas qismi hisoblangan bank tizimi va iqtisod sohasiga kadrlar yetkazib berishda muhim rol o’ynaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |