Mavzuni mustaqil o’rganish bo’yicha savollar 1. Bank operatsiyalari to’g’risida tushuncha.
2. Banklarni passiv operatsiyalarining mohiyati
3. Banklar passiv operatsiyalarining tarkibi
4. Banklarni aktiv operatsiyalari va unda kredit operatsiyalarini o’rni
5. Tijorat banklarini investitsion faoliyati
6 Banklar investitsion faoliyati yo’nalishlari
7. Banklar investitsiya siyosati
8. Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalari
9. Tijorat banklarining boshqa operatsiyalari
10.Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari
17-Mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari Reja: Nobank kredit tashkilotlari va ularni vujudga kelishi
Lombard va boshqa nobank kredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Nobank kredit tashkilotlari tomonidan fermer va dehqon xo’jaliklarini mikrokreditlash tizimi, tartibi va xususiyatlari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida nobank kredit tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari
Tayanch tushunchalar:nobank kredit tashkilotlari. Kredit uyushmalari, Lombardlar, mikromoliya tashkilotlari. Kredit uyushmalari va Lombardlarni vujudga kelish tarixi. Birinchi kredit uyushmasi. Kredit uyushmalarining xalqaro tashkiloti. Lombardlar faoliyatining xususiyati. Mikromoliya tashkilotlarining tarkibi. Fermer va dehqon xo’jaliklariga mikromoliyalash tizimi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida nobank kredit tashkilotlarining rivojlanish yo’nalishlari. Ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiyotidagi o’rni.
Amaliy mashg’ulotni maqsadi: Nobank kredit tashkilotlari to’g’risida tushunchalar berish.
1-topshiriq Hisobot yilida tijorat bankining kredit qo‘yilmalari tugrisidagi maʼlumotlar kuyidagilarni tashkil etdi: (mln. so‘mda) 1/1-62. 1/V- 70. 1 /IX- 70. 1/II-60. l/VI-69. 1/X-82. 1/III-66. l/VH-63. 1/XI-80. 1/IV-68. 11VIII-67. 1|XII-78.
Ssudalar bo’yicha hisobot yilidagi foizli daromadlar - 18900 ming so’mni tashkil etdi. Kelgusi yilda kredit qo’yilmalarning o’rtacha 20% ga yillik o‘sishi bashorat qilinmokda, ssudalar bo’yicha foiz stavkasi 2 foiz punktiga pasayishi kutilmoqda.
Quyidagilarni aniqlang:
1. Hisobot yili uchun:
A) kredit qo’yilmalarning o’rtacha yillik so’mmasini;
B) ssudalar bo’yicha foiz stavkasining o’rtacha darajasini.
2. Kelgusi yil uchun: kreditlar uchun foizlar bo’yicha daromadlarning bashorat qilinayotgan so’mmasini.
3. Kreditlar uchun foizlar bo’yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishiga omillarning taʼsirini.
2-topshiriq Hisobot yilida tijorat bankining qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha aylanmasi 6 mln so’mni tashkil etdi. Sotib olish va sotish narxlari o’rtasidagi farq 2 % ni tashkil etdi. Aksiya kursining o’rtacha o‘sishi 10%ni tashkil etdi. Kelgusi yil prognozi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha aylanma 25% ga o’sadi, sotib olish va sotish o’rtasidagi o’rtacha farq esa 0,2 punktga kamayadi. Hisobot yilida boshqa foizli daromadlar 380 ming so’mni tashkil etdi. Kelgusi yilda foizli daromadlarni 135 ming so‘mga o‘sishi kutilmoqda.
Aniqlang:
1. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha qisobot yili va kelgusi yil uchun daromadni.
2. Boshka foizli daromadlar so’mmasini.