Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Yalpi mahsulotini koʻpaytirishning ekstensiv va intensiv yoʻllari



Download 277,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana22.01.2023
Hajmi277,05 Kb.
#901270
1   2   3   4
Bog'liq
11-Mavzu. Agrobiznesda ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi

4. Yalpi mahsulotini koʻpaytirishning ekstensiv va intensiv yoʻllari. 
Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuni 
asosida amalga oshadi va ekstensiv va intensiv yoʻllaridan foydalaniladi. Ekstensiv 
shaklidagi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va 
samaradorlikning oʻsishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni oʻzlashtirish, ekin 
maydonlarini koʻpaytirish, chorva mollarini bosh sonini koʻpaytirish va qoʻshimcha 
ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish 
resurslarining koʻlamlarini ortishi yuz bergani holda texnika-texnologiyasifat darajasi, 
yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan oʻzgarmaydi. 
Ekstensiv omillar oʻsimlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini koʻplab ishlab 
chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar oʻz tarixining dastlabki davrlaridan 
boshlab, oʻzlari oʻzlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidirish uchun yer 
sharining har tomoniga tarqalganlar. Yangi yerlarni oʻzlashtirish hozirgi davrda
bizning mamlakatimizdagi kabi dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom 
etmokda. Shu bilan birgalikda dunyo mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi 
shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjaligini yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va 
ahamiyatliroq shakli boʻlgan intensivlashtirish muhim oʻrin tutadi. Qishloq xoʻjaligini
rivojlantirishni intensiv shaklda mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishi sifat omillar 
evaziga, ya’ni nisbatan takomilashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq 
etish (ulardan toʻla va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning 
mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilgʻor texnologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti 
natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy 
etish orqali amalga oshiriladi. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba’zi hollarda samarali 
boʻlishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb ta’kidlash 
fikri oʻzini oqlamaydi. Amalda bu ikki yoʻl ishlab chiqarishni rivojlanishida bir-birini 
toʻldirib, piravordida umumiy iqtisodiy samardorlikning oshishiga olib keladi. 
Ular yagona xoʻjalik faoliyatiga xos usullar boʻlib, bir vaqtning oʻzida iqtisodiy 
oʻsishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat(intensiv) jihatlari mavjud boʻladi, ammo 
ularning nisbati har xil mutanosiblikda boʻladi. Iqtisodiyot qoʻl mehnati texnologiyasi 
va malakasiz ish kuchiga asoslangan joyda, ekstensiv oʻsish ustun turadi. Aksincha, 
ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum texnologiya va yuksak malakali ish kuchiga 
tayangan joyda intensiv oʻsish birinchi oʻrinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari 
qonuniyatli tarzda intensiv oʻsishning ahamiyati barqaror oshib boradi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining intensivlashtirish nazariyasi avvalom bor 
yerning xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xoʻjaligida asosiy ishlab chiqarish 
vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki yerning asosiy vosita sifatida muhim 
xususiyatlaridan biri uni chegaralanganligidir. Yerning chegaranganligi oʻz navbatida 
qishloq xoʻjaligini intensivlvashtirishni taqazo etadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarishni koʻpaytirishni qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish orqali 
amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud oʻzlashtirilgan 
yerlarni sifatini yaxshilash, binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda don mustaqilligini ta’minlash yuzasidan keng 


200
qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Almashlab ekish tizimlari yangilanib gʻoʻza, 
gʻalla, beda ekinlari ekiladigan qisqa aylanishli yangi me’yor joriy etildi. Binobarin, 
respublikada paxta maydonlari qisqartirildi va 2000 yillarda 1,5 million gektar chigit 
ekildi. Bu koʻrsatkich yildan yilga kamayib, endigi talab paxta yetishtirishni faqat 
intensiv texnologiya asosida koʻpaytirilishidan iboratdir. Oʻzbekistonda 2014 yilda 
chigitni yangi texnologiyalar asosida erta muddatlarda ekish joriy etilib, u yaxshi 
natijalar berdi, ya’ni hosildorlik ochiq maydonlardagidan gektariga 5-8 sentner yuqori, 
kultivasiya va oʻgʻit solish tadbirlarining takomillashuvi natijasida yoqilgʻi moylash 
materiallari sarfi 20%ga kamaydi. Paxta yigʻim-terimini erta tugatishga erishish 
hisobiga esa kuzgi boshoqlilarni ekish imkoniyati yaratildi.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1. Samara va iqtisodiy samaradorlik tushunchasi nima? 
2. Iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini ayting? 
3. Iqtisodiy samaradorlikni qaysi yoʻllar bilan oshirish mumkin? 
4. Rentabellikni qaysi yoʻllar bilan oshirish mumkin? 
5. Foyda nima va uni oshirish yoʻllari qanday? 
6. Foyda normasi qanday koʻrsatkich? 
7. Mahsulot tannarxini foyda miqdoriga ta’siri qanday? 
8. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xoʻjaliklarning faoliyatiga qanday 
ta’sir etadi. 
9. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoʻllari qanday? 

Download 277,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish