Mavzu: Amerika xalqlari etnologiyasi



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2022
Hajmi4,69 Mb.
#747410
Bog'liq
MUSTAQIL ISH.RAVSHANOVA



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Mavzu: Amerika xalqlari etnologiyasi 
Bajardi: Ravshanova .M 
Tekshirdi: Jumaboyev .P 


Amerika xalqlari etnologiyasi .Bu hududdagi har bir 
mamlakatda asosiy millatlarning etnik konsolidatsiyasi 
(mujassamlashishi) davom etib, irqiy tarkib barqarorlashib, irq 
va etnik mansublikning ijtimoiy ahamiyati tobora kamayib 
bormoqda. Karib dengizi xavzasidagi mahalliy aholi yaqin o‘n 
yilliklarda o‘zlarining an’anaviy madaniyatini yo‘qotishi 
kutilmoqda, hindularning ayrim tillari hozirdayoq unsurga 
(relikt) aylandi. Ayni paytda rezervayatsiyalarning mavjudligi 
hindularning ayrim guruhlarini o‘zligini mustahkam saqlashiga 
imkon bermoqda. 
Markaziy Amerikada turli etnik guruhlarning jismoniy 
aralashuvi va ijtimoiy-madaniy yaqinlashuvi kuzatilmoqda. 
Meksika va Gvatemalaning yirik etnoslari o‘zining etnomadaniy 
qiyofasini saqlab kelmoqda. Hududning boshqa mamlakatlarida 
aholining ispan tilli muhitga aralashib, singishi faol davom 
etmoqda. 
Janubiy Amerikada yangi migratsiya oqimlari shakllanib, turli 
etnik guruhlarning madaniyatlari o‘zaro ta’siri kuchayib, ular 
orasidagi etnik tavofutlar tobora kamayib bormoqda. Jarayonlar 
akkulturatsiya va assimliyatsiyalashish darajalarida kechmoqda. 


Bu xildagi jarayonlarga yaponlar, nemislar va h.k.o. immigrant 
guruhlar ham tortilgan. Boshqa tomondan olinsa etnotsentrizm 
jarayonlari, o‘z tilini o‘tkazish (aksari ispan tili), madaniy 
qadriyatlarini joriy etish ham kuzatilmoqda. 
Lotin Amerikasidagi etnik jarayonlarga etnik o‘ziga xoslikni 
saqlab qolish muammosi xususiyatlidir. Bu shimoliy amerika 
madaniyatida tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshilikda 
namoyon bo‘lmoqda. 
1995 yilga aholisi soni 774 mln. Aholisi 2 qismga: Lotin 
Amerikasi (ispan, portugal tillari) va Shimoliy qism ingliz tilli 
hindularga bo‘linadi. Qisman fransuz tilli guruhlar ham mavjud. 
Ulardan tub aholi 36 mln. kishini tashkil etib, ushbu raqamning 
85,6% 6 mamlakatda: Meksika, Peru, Ekvador, Gvatemala, 
Boliviya va Paragvayda jamlangan. 
An’anaga ko‘ra, Amerikani yangi Dunyo deb nomlashadi, 
sababi uning aholisi ma’lum qismi vatani Yevropa-Eski dunyo 
deb ataladi. So‘nggi yillarda arxeologik tadqiqotlar aholini 
qit’aga bundan 40 mln yillar oldin kela boshlaganini 
tasdiqlamoqda. 


Ko‘pgina klassifikatsiyalarda amerikanoidlar mo‘g‘ul irqining 
alohida yo‘nalishiga kiritiladi. O‘ziga xos xususiyatlari: tekis 
qattiq sochlari, pastki jag‘ining turtib chiqqanligi, sochi va 
ko‘zining qoraligi, tana terisining qoramtir-sarg‘ishdan qizil-
qo‘ng‘irgacha bo‘lishi, uchinchi darajali badan tuklarining 
kamligi, qirra burunligi, bzining keskin profilirovkali 
ekanligidir. 
Irqiy xususiyatlardagi negro-avstraloidlik xususiyatlarini 
izohlash mushkul. Fransuz olimi Pol Rive madaniyatidagi ayrim 
xususiyatlar: (o‘q otadigan trubka, yuk tashish uchun moslama, 
gamak, poncho plashi va h.k.o.lar) orqali Amerika aholisining 
Okeaniyadan kelib o‘rnashganini faraz qilgan. Ushbu nazariya 
tarafdorlaridan biri Tur Xayerdal nazariyani amalda tasdiqlashga 
uringan (Kon Tiki, 1947). 
XVI asrda ispan va portugal dengizchilari sa’y-harakatlari bilan 
Amerika hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo oraisda ancha 
muntazam aloqalar o‘rnatiladi. Shu orqali Amerikaga banan, 
shakarqamish ekinlari keltiriladi. Yuqoridagi 
ma’lumotlarga asoslanib, qadimda Janubiy Amerika va 
Okeaniya oraisda ma’lum aloqalar bo‘lgani hamda ular madaniy 


yutuqlar almashinuviga o‘z hissasini qo‘shganligini ta’kidlash 
lozim. 
Alyaska, Kanada, Grenlandiyaning eskimos va aleut aholisi 
boshqalardan keskin farqlanib, ular o‘zlarining irqiy 
xususiyatlari bilan ham Osiyoning Shimoliy-Sharqida yashovchi 
aholiga yaqin bo‘lib, bu shubu aholi guruhlarining qit’aga 
nisbatan kech o‘tganligi bilan izohlanadi. 
Amerikaga aholining joylashuvi notekis borgan. Olimlarning 
farazicha, dastlab g‘arbiy hududlar kelib o‘rnashgan ibtidoiy 
guruhlar, undan janub tomon siljiy boshlagan. Bu ko‘chib 
joylashishlar 20-30 ming yilni o‘z ichiga oladi. 
Janubiy Amerikadagi Selva (Jungli) o‘zining o‘ta zich 
o‘simliklari, hashorotlari va qushlari bilan odamlarni yashashiga 
xalaqit bergan, shuning uchun ibtidoiy ovchi va terimchilar 
guanakolar podalari bo‘lgan And tog‘ tizmalari orqali janubga 
tomon tarqala boshlaganlar. 
Mezoamerika hududlarini ayrim olimlar qit’a aholisining asosiy 
oziq mahsuloti mais-makkajo‘xori vatani deb hisoblaydilar. 


Shimoliy Amerika aholining joylashishi uchun qulaayroq 
bo‘lgan. Bu hududda hayvon dunyosi-bizonlar, bug‘ular, grizli 
ayiqlari, puma va h.k.o.lar yetarlicha edi. 
Yevropaliklarning kelguniga qadar aholining asosiy qismi 
tog‘lik viloyatlar Janubiy Meksika, And tizmalari bo‘lib, ushbu 
hududlarda dehqonchilik sivilizatsiyalari shakllangan. Ayni 
payitda hali Shimoliy va Janubiy Amerikaning keng 
hududlaridagi aholi terimchilik, ov va baliqchilik bilan 
shug‘ullanishda davom etgan. 
Hisob-kitoblarga qaraganda, XVI asrda qit’aning shimoliy 
qismida 1,5-2 mln, Mezoamerikada 4,5-5,0 mln, Markaziy 
Amerikaning boshqa hududlarida 0,7-1 mln, Karib havzasida 
300-500 ming, And tog‘li vodiylarida 6-8 mln, Amerikaning 
janubida yana 2,5-3 mln, jami qit’a bo‘yicha 15-20 mln yaholi 
yashaganligi faraz qilinadi. Bu paytda Afrikada 85 mln aholi 
yashagan. Demak, Amerikaga dastlab o‘tgan aholi guruhlari son 
jihatdan ko‘p bo‘lmasdan ularga qit’ada tarqalish ulkan 
mashaqqatlar, mahalliy sharoitlarga ko‘nikishni talab etgan. 
Yevropa mustamlakasiga ayniksa XU1 asr boshlaridan boshlab 
ispan va portugallarning kela boshlashi, Amerika kit'asidagi tub 


axolining takdirida muxim rol uynadi. Mazkur vokea kiska 
muddat ichida indeyslarning lingvistik, antropologik va etnik 
kiyofasida jiddiy uzgarishlarga olib keldi. Ammo eng katta fojia 
shundan iborat buldiki, okibatda indeyslarning juda kup kismi yo 
jismoniy mexnat tufayli, yo yevropaliklar keltirgan kasalliklardan 
kurbon bulgan. Dastlab Vest-Indiyaning tub axolisi bu jofiani 
boshidan kechirgan, ularning kupchiligi XU1 asrning birinchi 
yarmidayok kirilib ketgan.
Amerika kit'asiga yevropaliklarning kachrn kelganligi tulik anik 
emas. Ayrim olimlarning fikricha, bepoyon okean suvlari bilan 
xar tomondan yuvilib turgan bu kit'ga Eski Dunyodan kishilar bir 
necha ming yillar mukaddamkelib joylashgan. Bunday bulishi 
mumkinligini norveg sayyox olimi Tur Xeyerdalning “Ra” nomli 
papirus kemasidla utkazgan ekspedisiyasi xam tasdiklaydi. 
Taxminan ming yillar mukaddam Amerikaning shimoli-sharkiy 
soxillarida va Grelandiyada nrmannlarning yashaganligi 
aniklangan.
Aslida Amerikani mustamlaka kilinishi ispan xokimiyati 
xizmatidagi genuyalik Xristofor Kolumbning 1492 yil 12 
oktabridagi kashfiyoti bilan boglik edi. Usha kuni buyuk sayyox 
Xindistonga garbiy yul bilan axtarib Karib dengizidagi Bagam 


arxipelagiga yetib kelib, uni Garbiy Xindiston deb uylagan. Juda 
kiyinchiliklar bilan kashf etgan ulkani Salvador (ispancha 
“xaloskor”) deb atagan. Kolumb keyinrok bir necha marta 
Venesuela, Gonduras va Panama soxillariga kelgan bulsada, bu 
yerlarni xindlarniki degan fikrini uzgartirmadi. Ammo uning 
ayrim zamondashlari yangi kashf etilgan yerlar Osiyo emasligini 
tez aniklab oldilar.
Ayniksa bu masalaga kitmir kalamli iste'dodli florensiyalik 
ispan xizmatidagi dengiz sarkardasi Amerigo Vespuchchi muxim 
aniklik kiritgan edi. U xam 1497 yildan keyin bir necha marta 
yangi kit'aga kelgan ekspedisiyaga bosh bulgan. Vespuchchi 
1501-1502 yillardagi sayoxatidan keyin: “bu ulkani Yangi Dunyo 
deb atash lozim… Chunki bizning ajdodlarimiz bu yerlar 
tugrisida xech tasavvur kilmaganlar”. Uning Yevropaga yozgan 
mashxur xatlarini ukigan atokli geograf va kartograf Martin 
Valdzemyuller uzining 1507 yilda chikkan “Kosmografiyaga 
kirish” nomli asarida yangi ochilgan dunyo kismini “Amerigo 
yoki Amerika mamlakati” deb atashni xech kim man kilmaydi, 
deb birinchi yozgan edi. Shunday kilib, Kolumb kashf etgan 
yangi kit'a, keyingi sayyox nomi bilan tarixga kiradi.


 Amerika kit'asi uzining territoriyasi bilan fakat Osiyodan bir oz 
kichikrok. Uning maydoni Grelandiya bilan 44,5 mln. kv. km.ni 
tashkil kiladi. Atlantik va Tinch okeanlari oraligida joylashgan 
shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka chuzilgan bu kit'a 
aslida ikkita mustakil kuruklikdan iborat. Uning 24,3 mln. 
kv.kmga ega bulgan shimoliy kismi trapesiya shaklida, janubiy 
kismi katta noteksi uchburchakka uxshaydi. Amerikaning 
shimoldagi eng keng kismi ekvatordan pastrokda 4,5 ming km.ga 
xam yetmaydi. XX asrda shu yerda kazilgan 80 km lik Panama 
kanali Tinch va Atlantik okeanlarini boglagan muxim xalkaro 
savdo yuliga aylangan edi.
Eski kadimiy dunyo xisoblangan Yevropa, Osiyo va 
Afrikaga nisbatan Yangi Dunyo deb atalgan Amerikaning tabiati 
va iklimi nixoyatda rang-barang .Tinch okean soxillari buylab 
shimoldan janubga tomon butun ikki kit'aga chuzilgan Kordilyer 
nomli eng yirik tog tizmalari Tinch okeanida ruy berayotgan 
tektonik jarayon bilan boglik. Bu yerda eng baland togliklar va 
xozirdan notinch xisoblanadi. Bu yerda eng baland togliklar va 
xozirgacha kaynab turgan vulkonlar mavjud. Kt'aning ichki 
kismidagi bepoyon tayga, tundra va tropik urmonlar, cheksiz 


dashti biyobon va preriylar, katta-kichik kullar va daryolar inson 
uchun zarur maxsulotlar yetkazib beradi.
Amerikaning xayvonot dunyosi Yevropa va Osiyoga nisbatan bir 
oz kamrok. Mustamlakachilar kelguncha bu yerda indeyslar 
tomonidan fakat alpaka, lama, kurka kabi jognivorlar kulga 
urgatilgan. Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik urmonlarida 
burni keng maymunlar yashaydi, ammo odamsimon turlari 
uchramaydi. Demak, olimlarning fikricha yangi dunyo 
antropogenezga kirmaydi.
Usimlik dunyosi ancha boy va rang-barang. Kit'aning kup 
madaniy usimliklari – makkajuxori yoki mais, kartofel, tomat, 
kakao kabilar uzining sifati va kishiga foydaliligi bilan Eski 
Dunyonikidan ustun turadi. Amerika ba'zi foydali usimliklarning 
vatani xam xisoblanadi. Uning bagridagi xilma-xil kazilma 
boyliklar xozirgi ilmiy-texnika tarakkiyotiga juda kul keladi.
Yangi Dunyoning axoli soni 1980 yilda 600 millionga yetdi. 
Shundan 250 millionshga yakini Shimoliy Amerikada, 350 
millioni Latin Amerikasida yashaydi. Yevropaliklar kelish 
arafasida kit'ada turli ijtimoiy tarakkiyot pogonasida uzaro yakin 
karindosh bulgan indeys kabila, elat va xalklari yashagan. 
Ularning kupchiligi meksikaning Janubiy kismi, Markaziy 


Amerika va And toglarida joylashgan bulib, yuksak dexkonchilik 
madaniyati yaratgan, yukori ijtimoiy-iktisodiy darajada turgan 
xalklarning juda katta territoriyasida tarkok xolda joylashgan kam 
sonli mayda kabilalar terimchilik, ovchilik va balikchilik bilan 
shugullanib 
ibtidoiy-jamoa 
tuzumidan 
kutarilmagan. 
Amerikaning kashf etilishi arafasida uning tub axolisi taxminan 
80-90 million kishiga yakin bulgan.
XU1 asr boshlarida ispan istiloschilari Shimoliy Amerikaning 
Janubiy kismini bosib oladilar. Yangi Dunyoning afsonaviy 
boyliklari tugrisida turli xikoyalarni eshitib sayyoxlar ketidan 
kelgan ispankonkistadorlari indeyslarni ayovsiz kirib talon-taroj 
kilganlar. Ayniksa 1519 yilda Ernando Kortes yurishlari 
natijasida xozirgi Meksikada asteklar davlati bosib olinadi. 15 yil 
keyinrok Fransisko Pisarro boshchiligida ispan lashkarlari xozirgi 
Peru, Boliviya va Ekvador yerlaridagi Ink davlatini uziga 
buysundirdilar.
Ispanlar ketidan jiddiy ravishda boylik axtarib portugallar, 
inglizlar, franyuzlar va gollandlar kela boshlaydilar va Yangi 


Dunyoni bulib mustamlakaga aylantiradilar. Okibatda Shimoliy 
Amerika Rio-Grande daryosining shimolidan ingliz va fransuzlar 
kuliga, Meksika, Markaziy xamda Janubiy Amerika ispanlar va 
portugallarning kuliga utadi. Vest-Indiya orollarini ispan, ingliz, 
fransuz va golland istilochilari uzaro bulib olishgan. Xatto Daniya 
xam bir kismini egallagan. Okibatda indeyslar serunum 
yerlaridan maxrum bulib, ularning bir kismi kulga aylangan, 
ancha kismi esa kirilgan. Ispaniya va Portugaliya kirollari, yirik 
feodallari va cherkovlarining xazinalari boylikka tulgan. Ayrim 
ma'lumotlarga karaganda, kiska muddat ichida ya'ni XU1 asrning 
bir inchi yarmida 15 million indeyslar kirib tashlangan. 
Vaxolanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda 
tub axoli, ya'ni indeyslar soni 90-100 million kishiga yetgan. Agar 
mustamlaka arafasida xozirgi AKSH territoriyasida 400 
kabiladan iborat 2-3 millionga yakin indeyslar yashagan bulsa, 
XX asr boshlariga kelib Amerika Kushma Shtatlarida 200 mingga 
yakin axolining 15 % ini tashkil kiladi. 
XU1 asrning oxirlarida portugaliyaliklar kul “ovlash” niyatida 
Janubiy Amerikaning ichki kismiga yurishlar kilib, bir necha 
ming indeyslarning yostigini kuritganlar. Shu davrdan boshlab, 
Amerika, Yevropa tarixida eng fojiali va daxshatli saxifalar 


boshlanadi. Boy plantatorlar ishchi kuchiga muxtoj bulib kirilgan 
indeyslar urniga kushimcha kul olib kelishga majbur buladilar. 
XU1 asrning birinchi choragidayok Vest-Indiya va Braziliyaga 
Afrikadan zurlab minglab negrlarni keltira boshlaydilar. Usha 
davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch biloan 
bosib olib kelingan bir necha ming kora tanlilar xalok bulib 
ketgan. Negr kullarni zurlab keltirish to X1X asr boshlarigacha 
davom etgan. Afrikadan keltirilgan kullarning umumiy soni 
xaligacha ma'lum emas. Ba'zi ma'lumotlarga karaganda, fakat 
Braziliyaning uziga Afrikaning asosan garbiy kismidan 10 
millionga yakin negrlarni kul kilib keltirilgan. Xozirgi AKShda 
25 millionga yakin negr yashaydi. Amerikaning ayrim 
mamlakatlarida negrlar xatto axolining kupchilik kismini tashkil 
kiladi.
Utgan asrning urtalariga kelib Amerika kit'asining etnik kiyofasi 
ancha uzgarib ketgan. Shimoliy Amerika axolisining asosiy kismi 
Shimoli-Garbiy Yevropadan dastlab Britaniya orollaridan kelgan 
elatlardan iborat edi. Meksikada va butun Janubiy Amerikada 
ispanlar, fakat Braziliyada portugal tili xukmron bulib, xozirgi 
davrda 200 milliondan ortik kishi ispan tilida gapiradigan 
elatlardir. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan axoli soni 


xam shuncha. Fransuz tilini 15 million, italyan tilini 8 million 
kishi uz ona tili deb xisoblaydilar.
Shunday kilib, mustamlaka kilingan Amerika kit'asining tub 
axolisi bir necha asrlar davomida kirilib, kelgindi elatlar bilan 
aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bulgan. 
1775-1783 yillardagi mustakillik uchun kurashdan keyin tashkil 
topgan AKSH Shimoliy Amerikaning ancha kismini bosib olib, 
katta territoriyada uz xukmronligini urnatadi. Butun AKSH va 
Kanadada indeyslar xozirgi davrda axolining o,5 % ini tashkil 
kiladi, xolos.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish