3. Yalpi mahsulotni koʻpaytirish, uning tovarlilik darajasini oshirish yoʻllari.
Bozorni oziq-ovqat va xom-ashyo mahsulotlari bilan toʻldirish vazifasi qishloq
xoʻjalik mahsulotlari sifatini yaxshilash muammosi bilan mustahkam aloqada.
Aholining iste’molini qondiradigan har qanday mahsulot, uni foydali qiladigan ma’lum
bir xususiyat, xossaga ega boʻlishi kerak. Ular mahsulotdagi iste’mol qiymatning
mohiyatini aks ettiradi. Agar iste’mol qiymat mahsulotning umumiy foydaliligini
ifodalasa, uning foydalilik darajasi, ya’ni ma’lum iste’molni qanoatlantirishga obyektiv
qodirligini, mahsulotning sifati xarakterlaydi. Mahsulot sifati deganda, uni ma’lum bir
194
ehtiyojini qondirish kerakligini zarur qilib qoʻygan, mahsulotdagi xususiyatlar
toʻplami tushuniladi.
Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri boʻlib, u ishlab chiqarish
jarayoni va mahsulot istemolida kishilar oʻrtasidagi oʻzaro mustahkam
munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy iste’mol doimiy emas, sifatni yaxshilash
tendensiyasi obyektiv va qonuniyatli xarakterga ega. Bu birinchi navbatda
iste’molning oshishi qonunining harakati bilan bogʻliq. Buning mohiyati shuki,
jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi
bilan doimo ularning iste’moli darajasi oshib boradi va ularda bir vaqtning oʻzida
iste’molni toʻlaroq qondirish imkoniyati kengayadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash faqat aholining oziq-ovqatga
boʻlgan iste’molni toʻliq qondiribgina qolmay, balki u qishloq xoʻjaligi iqtisodiy
samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Shuning uchun mahsulot sifatini oshirish
– bu pirovard natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy iste’molni toʻlaroq
qondirishdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
raqobatbardosh boʻlishi kerak, ya’ni bozordagi mahsulotlarga qaraganda ancha yuqori
iste’mol xususiyatiga va katta talabga ega boʻlishi kerak.
Mahsulot sifatiga talab iste’molchilar, shuningdek davlat organlari tomonidan
shakllanadi. Mahsulot sifatiga talabning shakllanishidagi ustunlik iste’molchiga,
bozorga, raqobatga tegishlidir.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati ishlab chiqarish resurslari - ishlab chiqarish
elementlarining ishtiroqi va ta’sirida shakllanadi. Dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlari hamda ishlab chiqarish resurslari sifati oʻrtasida keng harakatdagi
bevosita yoki koʻp pogʻonali aloqa va bogʻlanish mavjud. Ular quyidagilarni oʻz ichiga
oladi:
I. Qishloq xoʻjalik mahsulotining sifati:
1. Ish kuchi sifati;
2. Fondlar bilan qurollanish;
3. Xodimlar malakasi;
4. Moddiy ragʻbatlantirish.
II. Yer va boshqa tabiiy resurslar sifati;
III. Moddiy resurslar sifati:
1. Asosiy vositalar sifati:
a) sanoatdan keladigan;
b) qishloq xoʻjaligidan chiqadigan;
2.Moddiy oborot vositalarning sifati:
a) sanoatdan keladigan;
b) qishloq xoʻjaligidan chiqadigan.
Mahsulot sifatini yaxshilash va uni ta’minlashning yetakchi omili ish kuchining
sifati hisoblanadi. Foydali mehnat bilan shugʻullanuvchi mamlakatning har bir fuqarosi
mahsulot sifatini ta’minlash boʻyicha oʻz munosabatlarini quyidagilar asosida amalga
oshirishlari kerak:
1.Oʻzaro yordam va ilgʻor tajribalarni almashish;
2.Har bir ish joyida mehnat sifatiga va uning natijasiga qattiq talabchanlik;
195
3.Mahsulot sifati degan bosh mezondan kelib chiqib, xodimning professional
ustaligi va uning mehnatga toʻlanadigan haqqini baholash;
4.Har bir kishining - ishchidan to rahbargacha oʻz mehnati sifati uchun shaxsiy
javobgarligi;
5.Mehnat jarayonida mahsulot sifatini pasaytirish mumkin boʻlgan har qanday
faoliyatni ogohlantirish.
Yer resurslarining sifati iqlim sharoitlari bilan birga faqat yetishtiriladigan
ekinning tarkibini aniqlab qolmasdan va uning miqdoriga ta’sir qilib qolmasdan,
balki uning sifatiga ham katta ta’sir koʻrsatadi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, unumli
tuproqda, yerda yetishtirilgan hosilning sifati ham yaxshi, yuqori boʻladi.
Moddiy resurslar sifati, qishloq xoʻjalik mahsulotlari sifatiga 2 tomonlama ta’sir
koʻrsatadi. Birinchidan, asosiy va moddiy aylanma vositalarning ancha yuqori sifati,
sifati oshirilgan mahsulot olishga, sotish bahosini oshirishga va pirovard natijada
daromadni oshirishga imkon beradi. Rayonlashgan urugʻ navlaridan foydalanish faqat
hosildorlikni oshirib qolmasdan sifatini ham yaxshilaydi. Chorvachilik mahsulotlarini
koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga yemning toʻyimliligi sifati katta ta’sir koʻrsatadi.
Ikkinchidan, ancha sifatli moddiy resurslar mehnat sigʻimini, fond sigʻimini va material
sigʻimini pasaytiradi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi.
Urugʻ, yem va boshqa aylanma vositalar sifat tavsiflarining yaxshilanishi mahsulot
birligi hisobiga ularga qilingan xarajatni pasaytiradi. Va aksincha, navlar va ekiladigan
urugʻ sifatining yomonlashishi, yemlarda ozuqa moddalarining, ayniqsa proteinning
pasayishi, mahsulot tannarxining oʻsishiga olib keladi.
Bozorga olib chiqiladigan har qanday qishloq xoʻjaligi mahsuloti kishilarning
iste’molini qondirish darajasi boʻyicha tekshiruvdan oʻtadi: har bir xaridor oʻzining
iste’molini qondiradigan mahsulotni sotib oladi, xaridorlar massasi esa kishilar
iste’molini toʻlaroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi, nisbatan mahsulot raqobati
tashkil topadi. Shuning uchun mahsulotgning raqobatbardoshligini faqat raqobatdosh
mahsulotlarni oʻzaro taqqoslab aniqlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tovar
mahsulotining raqobatbardoshligi – bozorga va sotish vaqtiga aniq bogʻliq boʻlgan
nisbiy tushunchadir.
Shuni bilish lozimki, mahsulotning raqobatbardoshligi, xaridor uchun muhim
qiziqish uygʻotadigan uning xossasi orqali aniqlanadi. Boshqa barcha parametrlar, bu
chegaradan tashqaridagi, mahsulotning raqobatbardoshligida raqobat shartlariga
aloqasi yoʻq sifatida qarab chiqilmaydi.
Mahsulotning raqobatbardoshligini oʻrganish sistemali va toʻxtovsiz oʻtkazilishi
kerak. Bu agar raqobatbardoshlik pasaya borsa, oʻz vaqtida ma’lum qaror qabul
qilishga - shu mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yoki toʻxtatish yoxud uning
sifatini yaxshilash, boshqa bozorlarga oʻtkazish va boshqalarga oʻylab koʻrishga
imkon beradi. Boshqa tomondan, mahsulotning raqobatbardoshligi, shu mahsulot
ishlab chiqarishni kengaytirish haqida qaror qabul qilingan qarorlarning samarasini
oshiradi.
Hozirgi kunda, ya’ni bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida qishloq xoʻjaligida
bir qancha mahsulot sotish kanallari vujudga keladi va ularning harakat qilishi uchun
sharoit yaratiladi.
196
Mahsulotni sotish kanallari deganda, sotishda ishtirok etuvchi yoki vositachilik
qiluvchi shaxslar va korxonalr toʻplami tushuniladi. Ular tovarlarni oʻzlariga yoki
boshqa bir shaxsga oʻtkazish huquqini oladilar. Bu mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchilardan iste’molchilarga yetkazish maqsadida birgalikda harakat qiluvchi
iqtisodiy, texnologik, tashkiliy, ijtimoiy va boshqa jarayonlar tizimidir.
Sotish kanallari bevosita va bilvosita kanallarga boʻlinadi. Tovarlar sotishning
bevosita kanallar deganda vositachilarsiz tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan
iste’molchilarga koʻchib yurishi tushuniladi.
Bevosita kanal orqali, masalan sabzavot va poliz mahsulotlari dehqon bozorlarida,
xususiy magazinlarda, doʻkonlarda sotilishi mumkin. Bunday usul bilan, shuningdek,
qishloq xoʻjalik mahsulotlari mahalliy aholiga kassa orqali naqd pulga sotilishi
mumkin.
Bilvosita sotish kanallari mustaqil vositachilardan foydalanish bilan bogʻlangan.
Ular tovarlarni tovar ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va iste’molchilarga yetkazib
beradi. Vositachilar sifatida davlat tashkilotlari, matlubot kooperasiyalari, savdo va
sanoat korxonalari chiqadi.
Alohida qishloq xoʻjalik korxonalari uchun mahsulotlarni turli kanallar orqali
sotish ham tashkiliy, ham iqtisodiy jihatdan qiyin masala.. Korxonalar faoliyatining
pirovard natijasi ma’lum darajada mahsulotni tayyorlaydigan, saqlaydigan, ortadigan-
tushiradigan xizmatlarning rivojlanishiga bogʻliq. Shuning uchun qishloq xoʻjalik
korxonalarida mahsulotni tayyorlashni va sotishni tashkil qilish boʻyicha barcha
masalalarni hal qilish zararuriyati tugʻiladi.
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish kanallari quyidagilar boʻlishi mumkin:
I. Davlatga sotish:
A) Davlat fondiga;
B) Regional fondga;
II. Erkin sotish:
A) Dehqon bozorida;
B) Korxona xodimlariga va mahalliy aholiga;
D) Birjada;
E) Chakana savdoning boshqa tashkilotlariga, korxonalariga;
H) Shartnoma, majburiyat boʻyicha tashkilot va korxonalarga;
G) Boshqa tashkilotlar bilan barter bitimlari;
III.Umumiy ovqatlanish korxonalariga.
Bozor
iqtisodiyotiga
oʻtishda
davlatga
sotiladigan
qishloq
xoʻjaligi
mahsulotlarining hajmi keskin qisqarib boradi va bozor kanallari boʻyicha sotish oshib
boradi.
Qishloq xoʻjalik mahsulotlari sotish yoʻllarini tanlashda, albatta sotish sferasi
bilan bogʻliq xarajatlar sarflanadi. Uni transaksiya xarajatlari deyiladi. Bu harajtlar oʻz
ichiga baho toʻgʻrisidagi axborotlarni izlash, hamkorlarni tanlash, shartnomalar tuzish,
shuningdek mulkni himoya qilish kabi xarajatlarni oladi. Transaksiya xarajatlarining
darajasi har doim ham oldindan aniqlanavermaydi. U mahsulotning xususiyati, uni
ishlab chiqarish texnologiyasi, ayirboshlashdagi hamkorlarning xohish-istagiga
bogʻliq.
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish yoʻllariga quyidagilarni kiritish mumkin;
197
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilari:
1.Qayta ishlash:
a) ulgurji savdo korxonalari;
b) chakana savdo korxonalari;
d) pirovard iste’molchi;
2.Dehqon bozorlari;
3.Tayyorlov tashkilotlari:
a) ulgurji savdo korxonalari;
b) chakana savdo korxonalri;
d) pirovard iste’molchi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yuqorida keltirilgan sotish
kanallarining qanchalik darajada qulayligini va imkoniyat darajasida iqtisodiy jihatdan
munosabat oʻrnatishi mumkin boʻlgan variantni tanlashlari kerak boʻladi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning)
resurslarga (xarajatlarga) nisbati yoki aksincha usul bilan aniqlanadi:
S(n) R(x)
S= ---------------------------------------------- --- ; ----- (9.1)
R(x) S(n)
Resurslar va iqtisodiy samaradorlik oʻrtasida ma’lum bir aloqa mavjud.
Xarajatlar ikki xil boʻlishi mumkin: jonli va buyumlashgan. Jonli mehnat, asosiy va
moddiy aylanma vositalarning absalyut miqdori resurslar (xarajatlar) sifatida, ular
miqdorining kamayishi va ularni tejash - iqtisodiy samara shaklida koʻrinadi.
Samaradorlikni eng muhim qiymat koʻrsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
YaM (YaD, SD, F)IX+ye*AF
bu yerda: S- samaradorlik;
YaM- yalpi mahsulot;
IX-ishlab chiqarish xarajatlari;
ye-0,15 asosiy fondlar iqtisodiy samaradorligining me’yoriy koyeffisiyenti;
AF-asosiy fondlar.
Rentabellikda mutloq koʻrsatkich - bu foydadir. Foyda - bu realizasiya qilish
natijasida olingan sof daromadning qismi boʻlib, u mahsulot sotishdan keladigan
mablagʻdan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki
toʻla tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng boʻladi:
F = PT-TT (9.3)
Foyda - bu faqat ishlab chiqarish jarayonida tashkil topgan natija hisoblanib
qolmasdan, balki mahsulotlarni sotish jarayonida erishilgan oxirgi iqtisodiy
koʻrsatkichdir. Eng avvalo unda jonli mehnat xarajatlari ifodalanadi, chunki uning
asosida yalpi daromad yotadi, xodimlarning jonli mehnati bilan yangi mahsulot
yaratiladi. Mehnat unumdorligi qancha yuqori boʻlsa, yangidan yaratilgan qiymatdagi
ish haqi salmogʻi shuncha oz boʻladi, uning bir qismi foydani tashkil qilishga ketadi.
Foydada, shuningdek buyumlashgan mehnat xarajatlarining samaradorligi aks etadi.
Mahsulot birligi hisobiga toʻgʻri kelgan moddiy xarajatlar va ish haqi xarajatlarining
kamayishi, baho oʻzgarmaganda foydani koʻpaytiradi va nihoyat bu koʻrsatkichda
mahsulot sifati namoyon boʻladi. Foyda bir qator muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi:
1.
Oʻlchash vazifasi - foydadan ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini
198
umumlashtiruvchi koʻrsatkichi sifatida foydalaniladi.
2.
Taqsimlash vazifasi - qoʻshimcha mahsulotni taqsimlash vositasi sifatida.
3.
Ragʻbatlantirish vazifasi - iqtisodiy ragʻbatlantirish fondini shakllantirish
manbai sifatida.
Rentabellik darajasining har bir foizi sarflangan bir soʻmlik ishlab chiqarish
xarajati hisobiga olingan foydani bildiradi, ya’ni agarda xoʻjalikning rentabellik
darajasi 73 foizni tashkil qilsa, bu har bir soʻmlik moddiy va mehnat xarajati hisobiga,
ularni qoplagandan soʻng 73 soʻm foyda koʻrganini bildiradi.
Foyda me’yori - bu har bir soʻmlik asosiy va aylanma vositalar qiymati
yigʻindisiga toʻgʻri keladigan foyda, sof daromadning foizdagi ifodasi koʻrsatkichi
hisoblanadi.
Foyda me’yori:
SD, F
FM = ------------------------------------------------------------------ *100
(9.4)
As. i/ch. Fond + Ay. fond. i/ch.
SD - sof daromad;
F - foyda;
As. i/ch. Fond - asosiy ishlab chiqarish fondlari;
Ay. fond. oʻrt. q. - aylanma ishlab chiqarish fondlari.
Rentabellikni oshirish omillari deganda eng avvalo foyda omillari tushuniladi.
Foyda omillari 2 guruhga boʻlinadi:
1.
Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bogʻliq boʻlgan va subʼyektiv xarakterga ega
boʻlgan ichki omillar.
2.
Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bogʻliq boʻlmagan va obʼyektiv xarakterga
ega boʻlgan tashqi omillar.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish qishloq xoʻjaligi tarmogʻini va milliy
iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlib, buning natijasida
quyidagilarga erishiladi:
1.
Mahsulot birligiga mehnat va resurslar qancha kam sarflansa,
mavjudresurslardan koʻproq mahsulot olinadi va ular arzon boʻladi.
2.
Qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish katta iqtisodiy
samara beradi. Agar respublika boʻyicha mehnat unumdorligi oshirilsa, yalpi qishloq
xoʻjalik mahsuloti oshadi. Shuningdek mahsulot tannarxini tushirish ham yalpi
foydaning koʻpayishiga sabab boʻladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini
samaradorligini oshirish esa kapital qoʻyilmani kamaytiradi.
3.
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi samaradorligi qishloq xoʻjalik xom
ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat va keng iste’mol buyumlariga qoʻyiladigan
baholarning darajalariga ham bogʻliq. Chunki xarajat kam boʻlsa, erkin baholar ham
bozorda pastroq boʻladi.
4.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xoʻjaliklar daromadining
koʻpayishga va rentabellikning oshishiga olib keladi. Qancha koʻp sifatli va arzon
mahsulot ishlab chiqarilsa va sotilsa, ishlab chiqaruvchilarning daromadi koʻpayadi,
koʻproq ishlab chiqarishni rivojlantirishga, mehnat haqini oshirishga va madaniy-
maishiy sharoitlarga mablagʻ ajratiladi.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |