1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI
KAFEDRASI
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISH
fanidan
MAʻRUZALAR MATNI
Bilim sohasi:
200000
-
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Taʼlim sohasi:
230000
- Iqtisod
Taʼlim yoʻnalishi:
5233300 - Agrobiznes va investitsiyaviy faoliyat
Samarqand – 2021
189
11-MAVZU. AGROBIZNESDA ISHLAB CHIQARISH IQTISODIY
SAMARADORLIGI
Reja
1. Ishlab chiqarishning samaradorlik mohiyati.
2. Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsulot haqida tushuncha.
3. Yalpi mahsulotni koʻpaytirish, uning tovarlilik darajasini oshirish yoʻllari.
4. Yalpi mahsulotini koʻpaytirishning ekstensiv va intensiv yoʻllari.
Tayanch iboralar:
Ishlab chiqarishning samaradorlik. Samara va samaradorlik.
Korxona foydasi. Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsuloti. Yalpi mahsulot.
Tovarlilik darajasi
1. Ishlab chiqarishning samaradorlik mohiyati.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mahsulot yetishtirish jarayonida jonli va
buyumlashgan mehnat xarajatlari sarflanib, qishloq xoʻjaligi ishlab chikarishi iqtisodiy
samaradorligi umumiy koʻrinishda ishlab chiqarishning natijasi, jonli va buyumlashgan
mehnat xarajatlari oʻrtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Qishloq xoʻjaligi
ishlab
chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirishning obʼyektiv zarurligi mamlakat
iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichidagi bir qator xususiyatlar va doimiy
harakatdagi omillarning yigʻindisiga bogʻliq. Qishloq xoʻjalik
ishlab chiqarishi
samaradorligini oshirish oziq-ovqat va xom ashyoga boʻlgan talabning oʻsib borishi,
mahsulot sifatiga boʻlgan talabning kuchayishi, ba’zi ishlab chiqarish resurslarining
chegaralanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining oʻzgarishi
va boshqalarni
koʻrsatib turadi.
Hozirgi bosqichdagi jamiyatning rivojlanishi qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
Mamlakatda toʻplangan iqtisodiy potensial, fan
va texnikaning rivojlanishi,
malakali kadrlar, ommaning faolligi, ularni tajribasi,
shuningdek yuqori pirovard
natijalarga ommaning moddiy qiziqishining oʻsishi oʻsimchilik va chorvachilik
mahsulotlari ishlab chiqarishini koʻpaytirishga sharoit yaratadi,
tannarxni pasaytirish
va rentabellikni oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oʻrganishda
«Samara» va «Samaradorlik» - tushunchalarini bir-biridan farqlash kerak.
«Samara» tushunchasi qandaydir jarayonning natijasini bildiradi. Umumiy
koʻrinishda har qanday ishlab chiqarishning samarasi shaklida uning vazifasi - ishlab
chiqarishda biror bir tadbirni qoʻllash natijasida ishlab chiqarishning maqsadini amalga
oshiruvchi pirovard mahsulot yuzaga chiqadi.
Bir tomondan, u oʻz tarkibiga ma’lum
davrdagi harakatdagi ishlab chiqarish resurslarining moddiy natijasi yigʻindisini oladi,
boshqa tomondan - ishlab chiqarishning pirovard maqsadi faqat bevosita ishlab
chiqarilgan moddiy boyliklarning hajmida mujassamlashgan boʻladi.
«Samara»- qishloq xoʻjalik mahsulotlari shaklida (natura va pulda) ishlab
chiqarish resursi, xarajat, foyda tarzida esa iqtisodiy, shuningdek xodimlarning yashash
va ishlash sharoitini ham aks ettiruvchi ijtimoiy oʻsish boʻlishi mumkin.
Lekin samara qanchalik muhim boʻlsa ham, oʻz-oʻzidan
kishining mehnat
190
faoliyatini toʻliq xarakterlamaydi, qanday resurs (xarajat)lar evaziga olinganligini
koʻrsatmaydi. Bir xil samara turli usul bilan, resurslardan turlicha darajada foydalanish
orqali olingan boʻlishi
mumkin va aksincha, bir xil resurslar turli samara berishi
mumkin. Shuning uchun erishilgan samarani shu samarani olishda qatnashgan resurslar
bilan taqqoslash zaruriyati kelib chiqadi.
Bundan koʻrinadiki, samara(natija) deb atalgan absolyut miqdor bilan bir
qatorda yana bir absolyut miqdor - qoʻllanilgan yoki iste’mol qilingan resurslarni(joriy
ishlab chiqarish xarajatlari) hajmini bilish zarurligini keltirib chiqaradi.