Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsulot haqida tushuncha



Download 277,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi277,05 Kb.
#901270
1   2   3   4
Bog'liq
11-Mavzu. Agrobiznesda ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi

2. Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsulot haqida tushuncha. 
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. 
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorining yigʻindisi tushuniladi. Uning tarkibiga 
faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi. 
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat koʻrsatkichlarda hisobga 
olinadi. Natural koʻrsatkichlar qishloq xoʻjaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning 
tarkibi va miqdorini aks ettiradi. Sentner, tonna va boshqa oʻlchovlarda hisoblanadigan 
yalpi mahsulot koʻrsatkichiga, dehqonchilikda – alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi 
qishloq xoʻjaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh koʻp yillik daraxtlarning va 
dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va 
kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) oʻsishidagi oʻzgarishlar, shuningdek tarmoqning 
boshqa (qoʻshimcha) mahsulotlari (somon, pohol va boshqalar); chorvachilikda – 
tayyor mahsulotning alohida turlari boʻyicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi 
tushum: bola, mollar va parrrandalarning tirik vaznining oʻsishi, shuningdek, 
tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (goʻng va boshqalar) kiradi. 
Tarmoqlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagicha 
boʻladi: 
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti: 
I. Dehqonchilik mahsulotlari: 
a) qishloq xoʻjalik ekinlari asosiy mahsulot yalpi hosili; 
b) koʻp yillik daraxtlarni oʻstirish; 
v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldigʻidagi oʻzgarish (kuzgi ekinlar 
xarajati); 
g) qoʻshimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar)
II. Chorvachilik mahsulotlari 
a) qoramol va parrandalardan xoʻjalikda foydalanishdan olingan, mahsulotlar 
(sut, jun, tuxum, pilla, qorakoʻl teri va boshqalar); 
b) qoramol va parrandalarning oʻsishi (tirik vaznda); 
v) buzoqlar, qoʻzi, uloq va boshqa olingan bolalar; 
g) qoldiq mahsulotlar ( goʻng va boshqalar )
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotini qishloq xoʻjaligi korxonalari yalpi mahsuloti 
bilan almashtirmaslik kerak. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining yalpi mahsuloti ancha 
keng ma’noga ega boʻlib, u oʻz ichiga qishloq xoʻjaligi mahsulotidan tashqari 
yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni, ish va xizmatlari oladi. Masalan: 


191
xoʻjalikda qayta ishlangan ( un, oʻsimlik, mol yogʻi va h.k) dehqonchilik va 
chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xoʻjaligi mahsuloti emas, balki sanoat 
mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xoʻjaligi korxonalari yalpi mahsuloti 
tarkibiga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va joriy 
baholarda, shuningdek mahsulot tannarxi boʻyicha baholanadi. Mahsulotning 
umumiy hajmini, uning yilar boʻyicha. dinamikasidagi oʻzgarishlarni, aniqlash uchun, 
shuningdek, yillik va soatlik mehnat unumdorlik darajasini, fond qaytimini hisoblash 
va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot taqqoslama baholarda baholanadi. Yalpi 
mahsulotni joriy baholarda baholash sof daromadni hisoblash uchun foydalaniladi. 
Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotlari qiymati uning tannarxi boʻyicha hisoblanadi. 
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti koʻrsatkichi(DYaM) qishloq 
xoʻjaligi ekinlari yalpi hosili qiymati (EYaHK), koʻp yillik daraxtlarni oʻstirish 
xarajatlari qiymati (KYDOʻQ), tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidagi 
oʻzgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab chiqarish va BMQ)dan tashkil 
topadi.
m
mln.so'
2777654
=
BMQ
i/ch va
T
+
Q
KYDO'
+
EYaHQ
=
DYaM
Chorvachilik yalpi mahsuloti (ChYaM) esa, mollar va parrandalardan xoʻjalikda 
foydalanish natijasida olingan mahsulotlar qiymati(MPMQ); mol va parrandalar tirik 
vazni oʻsishining qiymati (TVOʻQ), olingan bola qiymati(OBQ) va boshqa mahsulot 
qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.
m
so'
mln.
2135334
=
BMQ
+
OBQ
+
Q
TVO'
+
MPMQ
=
ChYaM
Pulda ifodalangan qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti tarmoqda barcha yaratilgan 
moddiy boyliklarga umumlashgan tavsif beradi. U qishloq xoʻjaligining jami ijtimoiy 
mahsulotdagi salmogʻini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining 
darajasi va dinamikasini, alohida kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab 
chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash 
uchun zarur, umum iqtisodiy koʻrsatkich sifatida harakat qiladi. 
Qishloq xoʻjalikda - pulda ifodalanadigan yalpi mahsulot koʻrsatkichlarining bir 
qator kamchiliklari mavjud boʻlib, ular quyidagilardir:
1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyumlashgan mehnatning ham 
natijasidir. Shuning uchun yalpi mahsulot boʻyicha hisoblangan koʻrsatkichlar, jonli 
mehnatni tejash hisobiga yuqori boʻlmasdan, balki moddiy resurslarni koʻp sarflash 
hisobiga amalga oshadi; 
2.Yalpi mahsulotni hisoblashning hozirgi - ya’ni dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlari summasini qoʻshib hisoblash metodikasi takroriy hisoblashga yoʻl 
qoʻyadi. Masalan: yem dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi 
moddasida ikki marta hisobga olinadi; 
3.Yalpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash, uning haqiqiy qiymatini 
pasaytiradi, ya’ni yalpi mahsulotning tovar boʻlmagan qismi tannarx boʻyicha 


192
baholanadi. U xarid bahosidan sof daromadning miqdoricha kam boʻladi, ya’ni yalpi 
mahsulotning qiymati qishloq xoʻjalik yalpi mahsulotining tovar boʻlmagan qismini 
ishlab chiqarishga ketgan, qoʻshimcha mehnatni hisobga olmaydi; 
4.Yalpi mahsulot koʻrsatkichi har doim ham ma’lum korxona kollektivining real 
mehnat hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan 
material resurslarning hajmiga ham bogʻliq; 
5.Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot koʻrsatkichi, uning sifatini 
toʻliq aks ettirmaydi.
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki qismga boʻlinadi. Bir 
qismi (urugʻ, yem, buzoqlar uchun ajratilgan sut, inkubator uchun tuxum va boshqalar) 
bevosita qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol qilinadi. 
Boshqa qismi esa pirovard mahsulot deyiladi va sotish uchun foydalaniladi. Shu sababli 
qishloq xoʻjaligida «yalpi oborot» tushunchasi ham ishlatiladi. Yalpi mahsulotdan farq 
qilib, yalpi oborot oʻz ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi, ya’ni ichki ishlab
chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham, sotiladiganini ham. Yalpi oborot yalpi 
mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining miqdoriga koʻpdir. Qishloq 
xoʻjaligida, boshqa tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga 
teng. Chunki, yalpi mahsulot yalpi oborot usuli boʻyicha hisoblanadi, ya’ni unga ichki 
xoʻjalik oboroti ham kiradi. Shuning uchun qishloq xoʻjaligida yalpi oborot 
koʻrsatkichi hisoblanilmaydi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarining toʻxtovsiz va oʻsib
borayotgan iste’moli uni ishlab chiqarish jarayonini takrorlanib va yangilanib turishini, 
ya’ni takror ishlab chiqarishni zarur qilib qoʻyadi. Takror ishlab chiqarish ikki xil: 
oddiy va kengaytirilgan boʻladi. Oddiy takror ishlab chiqarishda jamgʻarish 
boʻlmaganligi uchun ishlab chiqarish jarayoni ilgarigi hajmda, ya’ni oʻzgarmagan 
holda takrorlanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish hajmi, 
jamgʻarmadan foydalangan holda, kengaygan holda takrorlanib, yangilanib turadi. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda ekstensiv va intensiv yoʻllaridan 
foydalaniladi.
Qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarishni oʻstirish uchun quyidagi 
omillardan foydalaniladi. 
Qishloq xoʻjaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish 
kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperasiyasi, qishloq aholisiga, dehqon 
bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotadigan qismiga 
aytiladi. Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot 
deyiladi. Shuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» 
tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi 
teng boʻladi. Xoʻjaliklarning hozirgi hisobotlarida tovar mahsulotning real miqdori va 
qiymati aniqlanmaydi. Sotish paytida sotilgan mahsulot natural shakldan pulda 
ifodalangan qiymat shakligaoʻtadi. Sotilgan mahsulotning bir qismi oʻsha zahotiyoq 
qiymat shaklini oladi. Bu chetga koʻrsatilgan xizmatlar yoki boshqa korxonalar uchun 
bajarilgan ishlarga olingan pul tushumidir. Bir butun qishloq xoʻjaligining hamda 
alohida qishloq xoʻjalikkorxonalari va alohida mahsulot turlarining tovarliligi ikki
koʻrsatkichda ifodalanadi: 
1. Tovar mahsulotining massasi; 
2. Tovarlilik darajasi. 


193
Bu koʻrsatkichlarning har biri oʻzi mustaqil ahamiyatga ega, ammo tovar 
fondining absolyut miqdori hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega 
boʻlib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga boʻlib topiladi va foizlarda 
ifodalanadi. Alohida mahsulot turi boʻyicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi 
mahsulot va tovar mahsulot natural koʻrinishda foydalaniladi. Ma’lum bir tarmoqning
yoki butun qishloq xoʻjaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki har xil mahsulot 
chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi sotilgan
mahsulotning qiymat koʻrinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot va sotilgan 
mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda tovarlilik 
darajasi quyidagicha hisoblanadi: 
100
*
YaMK
YaM;
SMK
SM;
Td

Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining tovarlilik 
darajasi 2 ta omil: talab va taklif bilan aniqlanadi. koʻpchilik qishloq xoʻjaligi tovar 
ishlab chiqaruvchisi mahsulotga boʻlgan ichki ishlab chiqarish iste’molini chegaralab, 
chegaralab tovarlilik darajasini koʻtarishga harakat qiladi. Tovar mahsulot miqdorini
koʻpaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
1.Qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish 
hisobiga yalpi mahsulot ishlab chiqarishni oʻstirish. Masalan: 1 yilda 1 ta sigirdan 2500 
kg sut sogʻib olinsa, uning tovarlilik darajasi 80% - 85% boʻlsa, 5000 kg sogʻib 
olinganda, u 90% - 95% koʻtarilishi mumkin; 
2.Mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonida sarflanishini qisqartirish; 
3.Urugʻlik va yemning sifatini yaxshilash, shuningdek sanoat ishlab chiqaradigan 
sun’iy va omuxta ozuqalardan foydalanish;
4. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida, uni saqlashda va sotishda yoʻqotishlarni 
qisqartirish. 
Korxonada mahsulot sotishga katta imkoniyat boʻlishi mumkin, lekin har bir 
ma’lum davrda mahsulotga bozor talabi chegaralangan boʻladi. Bu esa mahsulotning 
toʻliq sotilmasligiga, sotilmagan qoldiqning vujudga kelishiga olib keladi. Shuning 
uchun mahsulot tovarlilik darajasini koʻtarish yoʻllaridan biri yaxshi tashkil qilingan 
marketingdir. 

Download 277,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish