Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/145
Sana10.11.2022
Hajmi3,06 Mb.
#863158
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145
Bog'liq
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Qaror turlari. 
Byurokratik tizimda boshqaruv qarorlarini qoidalar asoslab 
beradi. Bunday sharoitlarda boshqaruv tizimining quyi darajalaridagi ko‗p qarorlar 
ancha standart va o‗zgarmasdir. Menejer qarorini asoslab beruvchi qoidalar mavjud 
bo‗lganda, ular uning qaror qabul qilish ma‘suliyatini pasaytiradi, muammoni 
tushunish uchun izlanuvchi yondashuvni talab qilmaydi. 
Bunday qarorlar ba‘zan dasturiy yoki namunaviy (tipovoy) deyiladi. Ular 
ko‗rsatma (instruksiya) bo‗yicha qabul qilinadi, menejer faoliyatida albatta, muayyan 
ulushga ega bo‗ladi. 
Menejer boshqaruv qarorini ishlab chiqishda tashqi va ichki muhit ta‘siri ostida 
bo‗ladi. Tashqi muhit - bu haridorlar, raqobatchilar, siyosiy va umumijtimoiy 
sharoitlar. Ichki muhit - firma tashkiliy muhiti, personal, texnologiya. Shuningdek, 
o‗z martabasini o‗stirish imkoniyati, muhim omillarning o‗zaro ta‘siri qaror tanlashni 
aniqlaydi. 


128 
Qaror qabul qilish jarayoni. 
Qaror qabul qilish jarayoni murakkab jarayon 
hisoblanadi. Bu yerda muammoni tushuntirish asosiy vazifa hisoblanadi. Lekin 
buning uchun holatni, ya‘ni mavjud sharoitni to‗g‗ri baholash va maqsadni aniq 
yuritish zarur. Ayrim hollarda muammo alomatlari uning kelib chiqish sabablari 
noaniqligi tufayli tushunarsiz bo‗ladi. Menejer hamma alomatlarni o‗rganib chiqishi 
zarur, buning uchun esa holatni yaxshi bilish va uni maqsad bilan taqqoslash kerak. 
Hech qaysi bir muammo uning kelib chiqish sabablari aniqlanmaguniga qadar hal 
bo‗lmaydi. Masalan, agar menejerning ishga chiqmaydigan yoki har doim kech 
qoladigan ishchilari bilan muammolari bo‗lsa, bunda bu alomat bilan ishga 
kechiqishni vujudga keltiruvchi sabablarga nisbatan salbiy natijalarga ega bo‗ladi. 
Balki, xizmatchida transport bilan bog‗liq qiyinchiliklar yoki nimadir boshqa 
sabablar bordir; shuning uchun kechikkani uchun ishdan bo‗shatishdan oldin sababini 
aniqlash lozim.
Muammoning tabiatini aniqlash - bu qiyin jarayon. Yakuniy qarorni qabul 
qilishdan oldin muammolarni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga harakat qilish 
darkor.
Muammo sababi belgilangandan va uning tarkibi tushunilgandan so‗ng, keyingi 
bosqich bo‗lib muammoni yechishi mumkin bo‗lgan qarorlarni aniqlash hisoblanadi. 
Hammadan yaxshisi o‗z fikrini yozma shaklda bayon etishga harakat qilish. Ko‗p 
holda bir muammo uchun bir nechta yechimlar mavjud bo‗ladi. Ular yozib 
qo‗yilganda va baholanganda har bir yechim variantining o‗ziga xos ustunliklari va 
kamchiliklari ayon bo‗ladi. Siz faqatgina yechim variantlarini taqqoslaganingizda 
ularning orasidan ratsional va to‗g‗risini topasiz.
Mumkin bo‗lgan yechimlarni tuzishda har bir variant ba‘zi bir baholar tizimida 
o‗lchanadigan ma‘lum bir natijalargan ega bo‗lishi kerak. Menejer o‗zi qabul qilgan
yechim natijalari qanday bo‗lishini prognozlashga harakat qilishi kerak. Oqibatlarini 
aniqlab bo‗lmaydigan yechimlarni qo‗llab bo‗lmaydi.
Yechimlarni tanlashda, baholashda maqsadlarni va yechimlar ularga erishish 
uchun qanday yordam berishini hisobga olish darkor. Menejer yechimning sifatiga 
javobgar bo‗ladi.


129 
Keyingi bosqich - yechimlarni namoyon etish bo‗yicha tashkiliy-amaliy faoliyat. 
Bu ham murakkab jarayon. Yechim personalda tanish bo‗lmagan, ma‘lum bir 
ziddiyatni vujudga keltirishi mumkin. Ko‗pchilik hollarda xizmatchilarga ba‘zi bir 
muammolar yechimlarini e‘lon qilishga shoshilmaslik kerak. Yaxshisi buni asta-sekin 
realizatsiya qilish jarayoni singari xizmatchilar bilan mulohaza qilish bilan birga 
o‗tkazish kerak. Menejer umumiy qoida -―ehtiyotkorlik
‖d
an tashqari, yechimlarni 
qo‗llash bo‗yicha masalaga qanday yondashishi kerakligi haqida qoidalar majmuasi 
yo‗q. Yechimlar xizmatchilarni tepadan majburlab yuborilgan deb emas, balki 
o‗zlarinikidek qabul qilgan holda ularni tuzishda ishtirok etganlarida tez va yaxshiroq 
qo‗llaniladi.
Keyingi bosqich deb qarorlar bajarilishi va natijalar olinishini nazorat qilish 
hisoblanadi. Qabul qilingan qarorlarning natijalarini har doim ham oldindan qanday 
bo‗lishini yetarlicha aniq aytib bo‗lmaydi. Faqatgina qarorlar qo‗llanishini nazorat 
qilish ularning nimaga arzishini ko‗rsatadi.
Ilgari ―lider

(yo‗lboshchi) va ―управляющий

(boshqaruvchi) so‗zlari ko‗p 
ishlatilar edi. Lider va boshqaruvchilarning qaror qabul qilish jarayonini yaxshi 
tushunish uchun ularni o‗zaro bir-biridan farqlash kerak. 
Komanda lideri va bo‗lim boshqaruvchisining vazifalaridagi farq lider bilan 
rahbar, boshliqlar vazifalari o‗rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. 
Rahbar boshqarishni shaxsan o‗zi xohlagan qaror qabul qilish va mehnat 
jarayoni ustidan nazorat asosida olib boradi. Lider qaror qabul qilish huquqini tortib 
olmaydi, balki aksincha, bu huquqni brigada yoki komandaning har bir a‘zosiga 
topshirib qo‗yadi. Uning asosiy maqsadi - qaror qabul qilish emas, komandaning 
boshqa a‘zolari yechishi zarur bo‗lgan muammolarni qidirish, jamoa faoliyatining 
maqsad va vazifalarini shakllantirish bo‗yicha yordam ko‗rsatishdan iboratdir. 
Shunga mos ravishda mehnat jarayonini nazorat qilish vazifasi (ya‘ni ma‘muriy 
majburlashga asoslangan, xodimlar ustidan hukmronlik) muvofiqlashtirish vazifasi, 
ya‘ni har xil, xodimlarning ko‗pincha o‗zaro zid bo‗lgan manfaatlarini kelishtirish 
yo‗llarini qidirish bilan almashtiriladi. 


130 
Qaror qabul qilish jarayonidagi yoki boshqacha aytganda, boshqaruv uslubidagi 
bunday o‗zgarishlar birinchi navbatda hozirgi zamondagi odamlar o‗rtasidagi 
munosabatlarning o‗ziga xos tomonlari va ishlab chiqarishning obyektiv zaruriyatlari 
bilan asoslanadi. 

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish