Tayanch iboralar
Boshqarish (menejment), institutsional aspekt, funktsional va instrumental
aspektlar, boshqaruv jarayoni, boshqaruv stili, avtoritar uslub, aloqadorlik uslubi,
avtonom uslub, boshqaruv mexanizmining fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash
vositalari, rahbarlikning avtoritar, demokratik va erkin (liberal) tiplari, tanqid, kadrlar
tanlash va ko‗tarish tizimi, qarorlar qabul qilish jarayoni, xodimlami rag‗batlantirish
137
tizimi, nazoratni tashkil qilish mexanizmi, rahbar mehnati va vazifalari.
Nazorat va mulohaza uchun savollari
1.
Boshqarishning mohiyati nimada?
2.
Nazoratni tashkil qilish mexanizmi deganda nimani tushunasiz?
3.
Qaror qabul qilish jarayoni va muammolami hal qilish usullari qanday?
4.
Qanday boshqarish uslublarini bilasiz?
5.
Boshqamv vositalarining qaysi turlarini bilasiz?
6.
Ishbilarmon rahbar qanday bo‗lishi kerak?
7.
Karyerani rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?
8.
Nazorat tizimi qanday tashkil qilinadi?
9.
Rahbar mehnati va vazifalari nimalardan iborat?
10.
Rahbar mehnati qanday tashkil etilgan bo‗lishi kerak?
138
7-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH JARAYONIDA ISH
FAOLIYATINING SIFATI VA MIQDORINI BAHOLASH MUAMMOLARI
7.1. Sifatni nazorat qilish tizimi.Sifatni boshqarish
Sifatni boshqarish juda jiddiy va murakkab muammo hisoblanadi. Shuning
uchun eng yaxshi sifatni kafolatlash uchun ishlatiladigan usullarni keng o‗rganish
zarur. Avvalo, sifatni aniq ifodalab berish zarur. Texnik shartlar tomonidan qo‗yilgan
talablarga javob berganda mahsulot sifatli hisoblanadi. Biroq haqiqiy sifat faqat
texnik shartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni emas, balki bu texnik shartlar
bozor talabiga javob berishini ham taqozo etadi. Shuning uchun sifat mahsulotni
ishlab chiqargandan so‗ng uni taqsimlash va xaridorga xizmat ko‗rsatishni ham o‗z
ichiga oladi. Ishlab chiqarish maqsadi xaridorga zarur bo‗lgan va uning tannarxi
hamda ishlab chiqaruvchining foydasiga haq to‗lashga tayyor bo‗lgan mahsulotni
ishlab chiqarishdir. Buning uchun har bir ishlab chiqarish va sotish bosqichi mahsulot
sifatini ta‘minlash uchun xizmat qilishi kerak.
Boshqaruv amaliyotida zaruriy sifatni ta‘minlash muammosi menejer uchun eng
murakkab muammolardan biridir. U barcha ishlab chiqarish jarayonlarining sifatni
kafolatlash mezonlari bo‗yicha nazorat qilishi kerak. Mahsulot sifati - zamonaviy
bozor uchun eng muhimdir. Kishilar bozorda kam sifatli tovarga kam haq to‗lashdan
ko‗ra, yuqori sifatli tovar uchun ko‗p haq to‗lashga tayyor.
Yomon sifatli tovar ishlab chiqarishdan ko‗ra uni umuman ishlab chiqarmagan
afzal. Buning sabablari:
1. Har bir tovarning tannarxi bor. Agar Sizda sotish orqali xarajatlarni qoplashga
umid yo‗q bo‗lib, biroq yomon sifatli mahsulotni sotish imkoniyatlari mavjud bo‗lsa
ham, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan deyarli barcha resurslar yo‗qotilgan
hisoblanadi. Agar bu kichik xajmda va arzon mahsulot bo‗lsa, sizning zararingiz katta
bo‗lmas. Biroq Siz uzoq vaqt davomida va ko‗p mahsulot yoki avtomobil singari
katta xarajatli mahsulot ishlab chiqarsangiz, va u texnik shartlarga javob bermasa,
muammolarga duch kelasiz. Hozir albatta sifatli mahsulot ishlab chiqarish zarur.
139
2. Ikkinchi sababi bu mahsulot uchun javobgarlik. AQSH va boshqa g‗arbiy
mamlakatlarda mahsulot yomon sifatli va qo‗yilgan talablarga javob bermasa,
mijozga etkazilgan zarar uchun kompaniya javobgar bo‗ladi. AQSHda kishilarga
yomon konstruksiyalangan yengil va xatto yuk avtomashinalari jiddiy zarar keltirgani
haqida misollar ko‗p. Buning natijasida javobgar firmalar sud da‘volariga ko‗ra ko‗p
million dollarli to‗lovlarni to‗lashga majbur bo‗ldi. Bu muammo shunchalik jiddiyki,
ayrim firmalar yomon sifatli mahsulot ishlab chiqarishga bo‗lgan javobgarlikni
sug‗urtalash orqali yuqoridagi holatlardan himoyalanmoqdalar. Mahsulot uchun
mas‘uliyatning boshqa tomoni ommaviy axborot vositalarining yuqoridagi kabi
hollarni keng yoritishi natijasida firma imidji (obro‗si) va bozorda tovar obro‗siga
etkaziladigan qo‗shimcha zarar.
3. Ishni yo‗qotish mumkin. Agar mijozingiz qoniqmasa, uning ehtiyojlarini
yanada samarali qondiruvchi boshqa manbalarni izlaydi. Mahsulotning yomon sifati
va yomon xizmat ko‗rsatish xaridorlar sovib ketishining eng asosiy sabablardandir.
Bu elementlar, ya‘ni xarajatlar, javobgarlik va mijozni yo‗qotish bir-biriga katta ta‘sir
ko‗rsatadi.
4.Ishlab chiqarishning qisqartirilishi. Bu nuqsonli (brak) yoki yomon
konstruksiyalangan mahsulot bilan shug‗ullanish uchun ishlab chiqarish liniyasini
to‗xtatish zarur bo‗lganda sodir bo‗lishi mumkin. Bu esa xarajatlarni oshiradi.
Sifatni boshqarish tarixi ikki yuz yil avval, ya‘ni 1810-yilda bug‗ dvigateli
ishlab chiqarilishi bilan boshlangan sanoat inqilobi davriga borib taqaladi deb o‗ylash
mumkin. Biroq sifatni zamonaviy boshqarish 70 yildan beri mavjud. Shunga ilk bor
e‘tibor bergan mashhur kishilardan biri janob Shuart ―Bell telefon laboratori
z‖
ning
ilmiy xodimi bo‗lib, 1930-yillarda mahsulot sifati muammolari bilan shug‗ullangan.
Bu sohadagi misolga Yaponiyada V.Edvards Deming faoliyatini keltirish mumkin.
Deming amerikalik bo‗lib, sifat nazorati konsepsiyasi bo‗yicha uzoq vaqt va samarali
mehnat qildi. Uning faoliyati Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‗ng o‗z e‘tiborini
Yaponiyaga qaratishi bilan boshlanadi. Urushgacha Yaponiya boshqa asosiy g‗arbiy
mamlakatlar singari yuqori samarali sanoatga ega emas edi va urush natijasida ishlab
chiqarish imkoniyatlariga ancha putur etdi.
140
Do'stlaringiz bilan baham: |