Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini


 Nazoratni tashkil qilish mexanizmi



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/145
Sana10.11.2022
Hajmi3,06 Mb.
#863158
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
Bog'liq
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

6.5. Nazoratni tashkil qilish mexanizmi 
Texnologiyani boshqarish menejeri ishini royal sozlovchining ishi bilan 
taqqoslash mumkin. U asbob torlari yetarlicha tortilganmi, asbob (bizning sharoitda, 
aytaylik, korxona) yaxshi ovoz chiqarib bera oladimi kabi savollarni tekshirib 
ko‗radi. Xo‗p, texnologiyani samarali boshqarish uchun nimalar zarur? 
Birinchidan, xatolarga murosasizlik. Texnologiya to‗xtamaydigan va benuqson 
bo‗lishi kerak. Aks holda, yangi muammolar paydo bo‗ladi. 
Ikkinchidan, texnologiya sarf-xarajatlar nuqtai nazaridan samarali va 
raqobatbardosh bo‗lishi kerak. Bu yerda boshqaruv va nazorat vazifasi juda ko‗p 
muqobil variantlardan birini, birinchi navbatda xarajatlar mezoni bo‗yicha eng 
maqbulini tanlab olish bilan belgilanadi.
Uchinchidan, boshqaruv doimiy ravishda texnologiyani takomillashtirishga 
qaratilgan bo‗lishi kerak. Agar menejer erishilgandan qanoatlanish sezmasa, bu 
yaxshi. 
Nihoyat, to‗rtinchidan, boshqaruv raqobatchilar tomonidan amalga oshirilgan 
revolyusion sakrashni qarshi olishga tayyor bo‗lishi kerak. 
Yaxshi texnologiya boshqaruvchisi, albatta, o‗z olim va injenerlariga tayanishni 
istagan bo‗lar edi. Boshqa tomondan, olim va injenerlar so‗zsiz boshqalarning 
yutuqlarini ko‗chirma qilish emas, balki, o‗zlarining ilmiy izlanishlari natijalarinigina 
ishlab chiqarishga tatbiq etilishini xohlagan bo‗lar edilar. 
Bu faoliyatni samarali boshqarish olimlarning ijodiy faolligini, ularning 
tashabbuskorligi va tadbirkorligini rag‗batlantiradigan tashkiliy choralar o‗tkazish 
bilan ifodalanadi. Kompaniya olimlariga, ko‗pincha, maoshdan ko‗ra ham o‗z ilmiy 
e‘tiqodi imkoniyatlari, ilmiy mehnat natijalaridan qanoatlanish, g‗oyaga qiziqishlik 
va uni ilmiy jamiyat a‘zolari tomonidan tan olinishi kabi omillar muhimroq bo‗ladi. 


131 
Bir kompaniya umuman olganda yangi bir texnik yechimni ishlab chiqishda 
omadliroq bo‗lib chiqishi mumkin. U bilan raqobatni davom yettirish uchun boshqa 
firmalar ana shu yanada progressivroq bo‗lgan yangi texnologiyaga o‗tishga majbur 
bo‗ladilar. Boshqaruvchining roli shundaki, u o‗z kompaniyasi tadqiqotchilari 
ambitsiyalarini, ya‘ni orqada qolganligini ko‗rsatuvchi fakt ularning izzat-nafsiga kat-
tik tekkanligini engib o‗ta oladimi yo‗qmi. 
Bu yerda boshqaruv siyosati bir tomondan ilmiy-tekshiruv faoliyati tematikasini, 
boshqalar tomonidan erishilgan bo‗lsa ham, ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
yaqinlashtirish, ikkinchi tomondan, o‗z kompaniyasi olimlarining istiqbolli ilmiy 
natijalarni tatbiq qilishini tezlashtirish bo‗yicha choralar ko‗rish masalalarini ko‗zda 
tutadi. 
Ilg‗or korxonalarga e‘tiborni ko‗p qaratish odati ishi yurishmagan omadsizlar 
unchalik ko‗p emas degan taassurot hosil qilishi mumkin. Ammo ma‘lumki, yangi 
g‗oyaning tug‗ilishidan boshlab, to uning muvaffaqiyatli tatbiq qilingunicha bo‗lgan 
mashaqqatli yo‗lni sharaf bilan mustaqil engib o‗tgan firmalar soni bir foiznigina 
tashkil qiladi. Taxminiy statistika bo‗yicha, ana shu bir foizga qo‗shilish uchun ikki 
mingga yaqin urinish qilib ko‗rish kerak ekan. 
Agar menejer texnologiya yangiliklariga doim yo‗q deyaversa, ko‗p hollarda 
haq bo‗lib chiqadi. Ammo bor – yug‗i bir necha xatodan keyinoq uning xo‗jaligi tez 
orada bankrotlik xavfi ostida qoladi. 
Shuning uchun u an‘anaviy texnologiyani barkamollikka etkazish kafolatini 
oluvchi barqarorlik bilan eng yangi texnologiyani tatbiq qilishga harakat o‗rtasidagi 
balansni juda chuqur sezishi kerak. Tabiiyki, savol tug‗iladi, ―yangi texnologiyaning 
o‗z korxonasidagi taqdiri haqida qaror qabul qilishda menejer nimaga tayanishi 
kerak? Nahotki, faqat subyektiv his-tuyg‗ularga

. Yo‗q, albatta. Qaysi loyihalarni 
tanlash zarurligini tushunishda menejerga yaxshiroq imkon beruvchi bir nechta asosiy 
qoidalar mavjud: 

Yangi texnologiyani tanlashda menejerlar uning yoqimliligi va ulardan 
kutiladigan ulkan imkoniyatlardan kelib chiqadilar. Aslida esa ular qanchalik 
iste‘molchi talablariga javob berishidan kelib chiqishi kerak. Sizdan bozorda kichik 


132 
oilaga mo‗ljallangan oddiy malolitrajli avtomobil Kutishayotgan vaqtda, jozibador 
poyga mashinasi bilan kirib borsangiz, kerakli natijaga erisha olmaysiz. Bu yerda 
boshqaruvchi o‗rniga iste‘molchi hal qiladi. 

Yangi degan so‗z doim ham eng yaxshi degan so‗z emas. Shuning uchun 
umuman olganda yangi texnologiyalar yutib chiqadi deyish noto‗g‗ridir. Evolyusion 
yo‗l revolyusion yo‗ldan farqli ravishda tavakkalchi emas, amaliy natijani tezroq 
beradi va xarajatlarning shunchalik keskin ko‗payishini talab qilmaydi. Menejer 
hushyor bo‗lishi kerak. Ko‗pincha u yangi ixtiro istiqboliga berilib, an‘anaviy 
texnologiyadagi hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar yashirinib yotganini 
yoddan chiqarib qo‗yadi. 

Tez-tez uchrab turadigan adashish bu yangi texnologiyani qo‗llash istiqboli 
uning muvaffaqiyatli tatbiq etilishini oldindan aniqlab beradi, degan fikrdir. Aslida 
esa hal qiluvchi omil uni tatbiq qilish uchun zarur bo‗lgan infrastrukturadir.
Agar ishlab chiqarish uchun xomashyo, malakali injenerlar va ishlab chiqarish 
kuchlari etishmasa, noyob xossalarga ega bo‗lgan yangi materialning ixtiro qilinishi 
hech nima emas. Ana shu texnologiyalarni boshqarish timsolida bozor sharoitida 
o‗zgarib turadigan boshqaruvchilik strategiyasining keng va egiluvchan holda 
o‗zgarib turishining ahamiyati yaqqol ko‗rinib turibdi. 

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish