Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti I. I. Xamidov xalqaro marketing



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/82
Sana03.06.2023
Hajmi4,47 Mb.
#948384
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Bog'liq
ARM Xalqaro Marketing O\'quv Qo\'llanma 4 6 2 2

 
Mustaqil topshiriq. Keys Satdi: 
 
FUJIFILM kompaniyasi 
FUJIFILM
kompaniyasi dunyo foto-
video uskunalari, fotoapparat, videokamera-
lari 
ishlab 
chiqaruvchi 
eng 
yetakchi 
kompaniylardan biri hisoblanadi. Yaponiyalik kompaniya bugungi 
kunda tibbiyot uskunalari, diagnostika uskunalari ishlab chiqarishda 
ilg‘or kompniyadir. Oxirig yigirma yillik faoliyati davomida ko‘plab 


98 
o‘zgarishlar va iqtisodiy maummolarni yengib o‘tgan, AQSHning 
KODAK va boshqa yirik kompaniyalarni bozordan siqib chiqarishga 
erishgan, innovatsiya va ilmiy ishlanmalar jihatidan yetakchi 
hisobanadi.
Fujifilm kompaniyasining yutuqlari, marketing faoliyati, 
xalqaro bozordagi o‘rni va marketing siyosati haqida tahliliy, ilmiy 
hisobot tayyorlang. Shunigdek, Yevropa bozoriga kirish tajribasi 
o‘rganilsin. Hisobot ilmiy formatda tayyrolansin va qo‘shimcha 
prezentatsiya shaklida taqdimot materiallari ishlab chiqilsin.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


99 
10- BOB. 
XALQARO SAVDO BITIMLARI 
 
10.1. Xalqaro savdo bitimlari haqida tushuncha 
Xalqaro marketing bevosita xalqaro savdo aloqalari bilan 
bog‘liq holda rivojlanadi. Xalqaro ssavdo bu xalqaro aloqalarning 
negizini tashkil qiluvchi munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro savdo 
aynan xalqaro bozorning taraqqiy etishi va kengayib borishidagi 
muhim omil sirasiga kiradi. Xalqaro savdosiz bugun biror mamlakat 
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi imkonsiz deyish mumkin. Aynan 
xalqaro savdoni tartibga solish va amalga oshirish, tomonlarning 
manfaatlarini ta’minlash va kafolatlashga erishishda xalqaro savdo 
bo‘yicha bitimlarning ahamiyati katta.
Korxona xalqaro faoliyatini tashkil etishning asosiy 
shakllaridan biri xalqaro savdo bo‘lib, u eksport va import hajmi, 
savdo aylanmasi, savdo saldosi bilan tavsiflanadi. Xalqaro bozorda 
tovarlar oldi-sotdisi tovarni pul mablag‘lariga yoki boshqa narsaga 
ayirboshlashni nazarda tutadi va bitim xarakteriga ega bo‘ladi. 
Xalqaro savdoda bitim bu — bozor sub’yektlarining yaxshi 
tushunilgan, maqsadli yo‘naltirilgan va irodali harakatlari bo‘lib, 
ularni amalga oshirar ekan, bozor sub’yektlari belgilangan huquqiy 
natijalarga erishishga intiladilar. Xalqaro savdoda bitimlarni bir qator 
belgilarga ko‘ra quyidagi turlarga taqsimlash mumkin: 

oldi-sotdi bitimlari; 

tovarayirboshlash bitimlari; 

barter bitimlari; 

Yetkazib berish xizmatlari. 
Xalqaro bitimlar vaqt ko‘rsatkichlariga ko‘ra quyidagi turlarga 
taqsimlanadi: 
uzoq muddatli; qisqa muddatli; muddatsiz; darhol etkazib berish 
shartli bitimlar. 
Xalqaro bitimlarni tomonlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar 
taqsimlanishiga ko‘ra quyidagicha taqsimlash mumkin: bir 
tomonlama; ikki tomonlama; ko‘p tomonlama. 
Xalqaro savdo valyuta operasiyalari (bitimlari) bilan bog‘liq, 
chunki bir savdogarning valyutasi ikkinchi savdogar uchun xorijiy 
valyuta hisoblanadi. Valyuta operasiyalari ikkita valyuta nisbatidan 


100 
iborat bo‘lgan valyuta kurslari bo‘yicha amalga oshiriladi. Valyuta 
kursi turli xil milliy valyutalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, ularni 
taqqoslash va operasiyalarni amalga oshirshga imkon beradi. Valyuta 
kursi doimiy emas, ya’ni bir valyuta turi pasayib borsa, 
ikkinchisining kursi o‘sadi. Valyuta kursining tebranishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular talab va taklifga 
bog‘liq bo‘ladi. Valyuta kursini aniqlash uchun to‘g‘ri va teskari 
kotirovkadan foydalanish mumkin. 
Savdo bitimlarini tuzish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish har 
qanday iqtisodiy hamkorlik va savdo aloqalarini rivojlanishida muhim 
bosqichdir. Xalqaro marketing aynan shu bosqichga e’tibor beradi.
O‘zbekiston uchun yangi hisoblanayotgan Yevro Osiyo Iqtisodiy 
Ittioqini keltirish mumkin. Xalqaro marketingning vazifasi, bizneslar 
uchun ushbu ittifoqning foydalari, afzal jihatlari, bozor imkoniyatlarini 
aniqlash, tadqiq etishdan iborat.Birinchi savol quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: O‘zbekistonda mavjud maxalliy bizneslar uchun, yirik 
kompaniyalar uchun ham birdek ahamiyatli hisoblanadi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish