91
9- BOB.
XALQARO BOZORGA YO‘NALTIRILGAN MARKETING
XIZMATINI YARATISH
9.1. Xalqaro marketingda xizmat turlari haqida tushuncha
Eksport narxini hisoblash mexanizmi o‘z ichiga quyidagilarni
kiritadi:
mavjud ma’lumotlardan eksport qilinishi lozim bo‘lgan
tovarga o‘xshash tovarlarning oxirgi yillardagi narxlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar to‘g‘ri tanlab olinadi;
sotish tavsiya etilayotgan tovarning asosiy texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari, jumladan, etkazib berish shartlari va narxlar oldindan
tayyorlab qo‘yilgan jadvalga
kiritiladi;
tijorat o‘zgartishlari yordamida sotish taklif etilayotgan tovar
narxi tanlangan bozorda sotish shartlariga keltiriladi. Bunda mazkur
tovarning raqobatchi tovaridan texnik-iqtisodiy farqlari hisobga
olinadi (agar farq sizning foydangizga bo‘lsa, narx o‘sadi, aks holda
esa - kamayadi);
raqobatchi tovarlardan bir nechtasini tanlash maqsadga muvofiqligi
sababli o‘rtachalashtirilgan narxni olish zarur.
Bu narx xaridor bilan
muzoqaralarda boshlang‘ich narx vazifasini o‘taydi. Eksportchi
o‘zining tijorat takliflarida boshlang‘ich narxni 10-20 %ga oshirib
qo‘yadi va asta-sekinlik bilan xaridor uchun maqbul darajagacha
tushiradi.
Import narxni hisoblashda uning shakllanishidagi o‘ziga
xosliklarni hisobga oluvchi boshqacha tartib belgilangan:
Xaridor asosiy ishlab chiqaruvchi firmalardan o‘ziga kerakli
tovarni etkazib berish bo‘yicha takliflarni so‘raydi.
Bu maqsadda
ishlab chiqaruvchilar manziliga kerakli mahsulotga bo‘lgan texnik-
iqtisodiy talablar va uni etkazib berishning asosiy shartlari yuboriladi.
Javob tariqasida olingan tijorat takliflari (oferta) oldindan
tayyorlab qo‘yilgan va taklif etilayotgan tovarga qo‘yilgan talab
bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek,
xaridor firmalar
tomonidan taklif etilgan narx va etkazib berish shartlari ko‘rsatilgan
jadvalga kiritiladi.
92
Bu ma’lumotlar har bir firma bo‘yicha to‘g‘irlashlar yordamida
yagona bazisga keltiriladi va uning asosida tovarning keltirilgan narxi
yaratiladi.
Jadvaldagi eng kichik narx sotuvchi bilan kelishishda asos qilib
olinadi va xaridor uchun qulay narxga kelguncha tushiriladi.
Narxni hisoblash bo‘yicha barcha jadvallar har bir firma
tomonidan tovarning eksport va import narxining shakllanishi va
tijorat aylanmasidagi kontragentlarning xususiyatlarini hisobga olgan
holda alohida tuziladi. Bazis narxni aniqlab olgach, firma muzokaralar
jarayonida uning darajasini va boshqa tijorat shartlarini dastlabki
kelishuvlarga
nisbatan
o‘zgartirishi
mumkin.
Shartnomada
muzoqaralarda kelishib olingan bazis narx
va uning tarkibiy qismlari
ulushi, materiallar narxi va inflyasiyani hisobga olga holda ish haqi
stavkalari, shuningdek, belgilangan davr uchun bu kattaliklarni
aniqlash tartibi, narx o‘zgarishlari qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi
manbalar qayd etiladi
24
.
Narxlar indeksi narx dinamikasini aks ettiruvchi nisbiy
ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek,
hukumat
statistika organlari alohida tovar guruhlari bo‘yicha ichki va tashqi
savdo indekslarini muntazam chop etib boradilar. Narxlar indeksi
doimo bazis yilni ko‘rsatgan holda keltirilib, unda indeks qiymati 100
ga teng deb olinadi. Individual va umumiy (guruh) indekslarni ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Individual indeks (T) hisobot davridagi (Ya) muayyan tovar
narxining bazis davridagi (Yar) narxga nisbati sifatida aniqlanadi.
Umumiy indeks agregat indeks asosida aniqlanadi va maxraj hisobot
davrida ishlab chiqarilgan tovarlar narxi summasi, maxraji esa hisobot
davrida ishlab chiqarilgan tovarlar summasining bazis davrdagi narxga
nisbatini aks ettiradi. Guruh indeksini aniqlash esa “tortib ko‘rish”
sxemasi asosida amalga oshiriladi.
Tijorat o‘zgartishlaridan foydalanish
hisob-kitob uchun jalb
qilinuvchi barcha raqobatchi materiallar narxining tovarni sotib
olishga yagona tijorat shartlariga keltirilishini anglatadi. Bu maqsadda
raqobatchi materiallardan biri etalon deb qabul qilinadi, qolganlari esa
shu darajaga keltiriladi, ya’ni etalon sifatida qabul qilingan tovarga
24
Маркова В.Д. Маркетинг, менеджмент: учеб.пос. – М.: «Омега - Л», 2017. – 204с.
93
o‘xshash tovarni sotib olish uchun tijorat shartlariga o‘zgartishlar
kiritishni hisobga olgan holda korrektirovkalanadi.
Eng muhim va
keng tarqalgan tijorat o‘zgartishlar qatoriga savdolashishi o‘zgartishini
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: