94
mahsulotlariga talab bo‘lishi, hali ishlab chiqarilmagan yangi
mahsulotlariga talab bo‘lishini prognoz qilish mumkin. Chunki
kompaniya bozorda yetarlicha reputatsiyaga egadir.
Savdolashish o‘zgarishi dastlabki yuqori ko‘tarilgan
narxdan
chegirmalar berilishini ifodalaydi. Uning hajmi odatda ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari, jumladan, tijorat va valyuta tavakkalchiliklari.
Mahsulotni tayyorlash va sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
xatolar, shuningdek, raqobatchilarning narxi va firmalarning aynan
sizning buyurtmangizni olishdan manfaatdorligiga bog‘iq bo‘ladi.
Bunga firmaning moliyaviy barqarorligi,
uning nufuzi va jahon
bozorida ommaviyligi, imidji, xaridorga munosabati, mamlakatdagi
siyosiy va iqtisodiy vaziyat, hukumat subsidiyalarini olish ehtimoli va
shu kabilar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Yetkazib berish muddatiga o‘zgartish kiritish ham juda muhim
bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari darajasini aniqlab beradi va ayniqsa,
o‘ziga xos mashinasozlik qurilmalari haqida gap borganda muhim
ahamiyat kasb etadi. tovarni etkazib berish
muddatiga kiritiluvchi
o‘zgarish kattaligi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarida nominal ish
haqi stavkalari dinamikasi ishlab chiqarish davrida materiallar narxini
hisobga olish buyurtma berilgan mahsulotni ishlab chiqarish
jaayonining uzoqligi va ishlab chiqaruvchi mamlakatdagi inflyasiya
suratlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Raqobatchi material sanasiga o‘zgartish kiritish. Jahon narxlari
darajasini aniqlash va keyinchalik shu
asosda eksport yoki import
narxlarini hisoblashda o‘xshash tovarlarning o‘tgan yillardagi narxlari
jalb qilinadi. Bu narxlar etkazib beruvchi mamlakatning mos keluvchi
eksport narxlari indeksi yordamida va valyutaning xarid qilish
qobiliyatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tashqi savdo narxi
belgilangan yildagi narx darajasiga yaqinlashtiriladi.
Yetkazib berishning seriyaligiga to‘g‘irlash koeffitsiyenti
quyidagicha aniqlanadi:
S+I+YA
bu yerda S— asbob-uskuna narxi; S — loyihalash va tayyorlash
qiymati; I ishlab chiqarish xarajatlari; Ya —narxning o‘zgarmas
qismi (foyda, amortizasiya chegirmalari, yuklama xarajatlar).
1
95
Mahsulotni donalab etkazib berishdan ommaviy etkazib berishga
o‘tishdagi narx o‘zgarishlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
S= p+K
j
-M-I+Az-R-I+N,
bu erda S —ommaviylik o‘zgartishini hisobga olgan holda narx
darajasi; p —
seriyadagi mashinalar soni; Kj — buyurtmaningi
seriyaliligi hisobiga materiallar va butlovchi qismlarga sarflanuvchi
o‘rtacha qiymatning pasayishini
hisobga oluvchi koeffisient; M —I
kattaligida material va asbob-uskunalar ulushi; I — mashinalar ishlab
chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari; az — mehnat
xarajatlarining kamayishini hisobga oluvchi koeffisient; R — I
kattaligida ishchi kuchi xarajatlari ulushi; N — narxning o‘zgarmas
qismi.
To‘lov shartlariga o‘zgartish kiritish. SHartnoma munosabatlarini
rasmiylashtirishda tomonlar hisob-kitob shakllariga katta e’tibor
qaratadi: to‘lov naqd pul ko‘rinishida amalga oshiriladimi, avans
ko‘rinishida amalga oshiriladimi, kreditgami yoki boshqa shakldami?
Xalqaro narx shakllanishida kredit berish bo‘yicha o‘zgartishlar
ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: