174
bo‘yicha javobgarlikni bo‘yniga olgan qatnashchiga beriladi.
3. Riskni sug‘urtalash - loyihalar bo‘yicha risklarni pasaytirishni eng keng
tarqalgan metodlaridan biri bo‘lib, muayyan risklarni sug‘urta
kompaniyalariga
berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida
daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk
darajasini “nol”ga tushurish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini
tushinish mumkin.
4. Riskni pasaytirish - ko‘zda tutilmagan xarajatlarni
qoplash uchun zaxira
mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi.
Mazkur zaxira mablag‘larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy
oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang‘ich
baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zaxira summasini aniqlashga katta yordam
beradi.
5. Diversifikatsiya investitsion portfelni o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin
bo‘lmagan turli usullari o‘rtasida investitsion mablag‘larni
taqsimlash jarayonini
o‘zida ifoda etadi. Turli faoliyatlar o‘rtasida investitsion resurslarni taqsimlashda
risklarning bir qismidan qutulishga diversifikatsiya imkon yaratadi. Diversifikatsiya
ishlab chiqarishda maxsulot assortimentini ko‘paytirish, moliya bozorida – turli
emitentlar qimmatli qog‘ozlariga
kapital sarflash, valyuta bozorida – turli
mamlakatlar valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Masalan, bitta kompaniyaning qimmatli qog‘ozini sotib olgandan ko‘ra
bir nechta kompaniyaning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishning o‘zi
bir vaqtning
o‘zida fond bozoridan daromad olish ehtimolini bir necha bor oshiradi va tegishli
ravishda risk darajasini pasaytiradi.
6. Qo‘shimcha informatsiyani qo‘lga kiritish – hozirgi zamonda informatsiya
eng kerakli va qimmat tovardir. U qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi.
7. Limitlash – limit o‘rnatish, ya’ni sarflar, sotish, kredit, maxsulot bahosi va
h.k. chegarasini belgilash. Haqiqiy ko‘rsatkichlarni o‘rnatilgan limitga yaqinlashish
– bu investor uchun xavfni yaqinlashayotganligi haqida signaldir.
8. Zaxiralar yaratish – bu shunday metodki, qachon risk hodisasi uchun
175
javobgarlikni butunlay va to‘lig‘icha o‘z bo‘yniga oladi. Korxona asosiy faoliyatiga
riskning ta’sirini pasaytirish uchun unda zaxira fondi tashkil qilinadi va risk sodir
bo‘lganda ushbu fonddan ko‘zda tutilmagan xarajatlar qoplanadi.
O‘zbekiston bank tizimida amaliyotida kredit
berish barcha operatsiyalar
tarkibida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu bois kredit riskini minimallashtirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolaveradi. Bu
tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi (8.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: